21
Yaqiniy – tabiatida bo‘lgan ―beadabona so‘zlardan tavba qilib, oxir damida
to‘g‘ri yo‘lga o‘tgan‖, deb yozadi Navoiy u haqda. Shoirning ―O‘q va Yoy‖
munozarasi bor.
Atoiy – turkigo‘y shoir, xushxulq bo‘lgan, she‘rlari turklar orasida ko‘p shuhrat
tutgani aytilib, uning quyidagi bayti keltiriladi:
Ul sanamki, suv yaqosinda paridek o‟lturur,
G‟oyati nozukligidin suv bila yutsa bo‟lur. (MN.63)
Muqimiy – hirotlik, darvesh mashrab shoir. Tasavvuf istilohlarini yaxshi bilgan.
Turkiy tarje‘bandidan bayt keltirilgan:
Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin o‟zga vujudda ne vujud. (MN.63)
Kamoliy – Balxda yashagan, turkigo‘y shoir, she‘rlari shuhratdan xoli
bo‘lmagan. Matla‘i:
Do'stlaringiz bilan baham: |