3.Elektromagnit maydonini o’lchov asboblari
Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini baholash uchun
elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va
magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o’lchash bilan belgilanadi.
CHunki, elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnit maydonlarining
umumiy ta’siri ostida vujudga keladi (14.2.-rasm).
Elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchaydigan asosiy asbob IEMP-
1 va uning bir necha modifikasiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr
maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs, shuningdek, magnit maydonining 100
kGs-1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchash
imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati
elektr tarkibi bo’yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo’yicha 0,5-300 A/m bo’lganda
aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.
O’lchash davrida asbobning antennasi o’lchashi zarur bo’lgan maydonga
o’rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorini
ko’rsatguncha harakatlantiriladi.
14.2.-rasm. Magnit maydonining kuchlanish oqimi zichligini o’lchash
asbobi.
Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini
kuchlanishini o’lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi.
UVCH-SVCH diapazonidagi kuchlanish oqimi zichligi ko’pincha PO-1
asbobi bilan o’lchanadi.
4. Lazer nuridan himoyalanish
Optik kvant genyeratori «lazer» deb ataladi. Lazer hozirgi zamon
texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri bo’lib, ixtiro qilingandan keyingi o’n yil
ichida juda keng tarqalib ketdi. Lazer asboblari murakkab payvandlash ishlarida,
juda aniq o’lchov ishlarida, osmosli asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat
santimetr yuzada oldingi usullarda olinishi mumkin bo’lgan 50 chiziq o’rniga 600
gacha usullarda olinishi mumkin bo’lgan 50 chiziq o’rniga 600 gacha chiziq chizish
mumkin bo’lgan noyob gravyerlik ishlarida va boshqa ko’pgina sohalarda
qo’llaniladi.
Lazer nurlari inson organizmiga juda zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin,
shuning uchun uning ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya-gigenik normalari
va muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan.
Lazer nurlari elektromagnit to’lqinlarining ultrabinafsha nuridan tortib infra
qizil nurlarigacha bo’lgan spektr sohalarining hammasini o’z ichiga olgan optik
diapazonini qamrab oladi. Lazerning nurlanish oqimi juda kichkina (tashkil qilgan
burchagi 1
o
S) oqim yo’nalishidan iborat bo’lganligidan oqim kuchlanishi zichligi
nurlantirilayotgan yuzaga nisbatan juda katta bo’ladi. Lazer nurlarining kuchlanish
zichligi 10
11
-10
14
Vt/sm
2
ni tashkil qiladi. Har qanday qattiq jism 10
9
Vt/sm
2
kuchlanishda parlanib ketishini hisobga olsak, buning qanday kuchlanish ekanligini
tasavvur qilish mumkin.
Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib kolsa
biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda og’ir ta’sir ko’rsatishi
mumkin. Lazer nurlari inson yurak qon aylanish sistemasini, markaziy nyerv
sistemasini ko’zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. SHuningdek, nurlanish
qonning qo’yilishiga yoki parchalanishiga, qattiq toliqishiga, bosh og’rig’iga,
uyqusizlik dardlariga giriftor qiladi.
Lazer energiyasining birlamchi manbalari sifatida gaz razryadli impuls
lampalaridan, doimiy yonuvchi lampalardan SVCH lampalaridan foydalanilib,
bularni ishlatish o’z navbatida qo’shimcha har xil xavf manbai hisoblanadi.
Lazer nurlarining inson organizmiga ta’sir darajasi va xarakteri nur yo’nalishi,
to’lqin uzunligi, nurlanish quvvati, impuls xarakteri va ularning chastotasiga bog’liq
bo’ladi. Lazer nurlari energiyasi organizm hujayralarida yutilib, ularda issiqlik ajrala
boshlaydi, har xil hujayraning energiya yutish qobiliyati har xil. YOg’ hujayralari
energiyani mutlaqo yutmaydi.
Ko’z hujayralarida yog’simon qavat mutlaqo yo’q, shuning uchun lazer ko’z
uchun nihoyatda xavfli.
SHuning uchun O’zbekiston Respublikasi sog’likni saqlash vazirligi
tomonidan optik vkant genyeratorlari bilan ishlayotgan kishilar uchun vaqtinchalik
sanitariya normalarini belgilashda ko’z qobig’ining intensiv nurlangandagi yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan chegarasi, shuningdek, birmuncha noziq bo’lgan ko’z
qorachig’i uchun chegara miqdorlar belgilangan.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan oqim zichligi rubinli lazerlar uchun 10
-8
-2;
10
-8
Dj/sm
2
, neodimli lazerlar uchun 10
-7
-2; 10
-7
Dj/sm
2
(bularning ikkalasi
impulsli rejimga bog’liq) Geliy neon uchun 10
-6
Dj/sm
2
(uzluksiz rejim) miqdorida
belgilangan.
Lazer nurlaridan saqlanish uchun to’siqlardan va xavfsizlik belgilaridan
foydalaniladi.
To’siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo’lmasligini ta’minlaydi.
Lazer qurilmalari o’rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan
bo’lishikerak.
Bunda lazer nuri asosiy o’tga chidamli devorga qarab yo’naltirilgan
bo’lishikerak. Bu devor va shuningdek xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish
koeffisienti juda oz bo’lgan materiallardan bo’lishikerak. Jihozlarning ustki
qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo’lmasligikerak. Xonaning
yoritilishi maksimal miqdorda bo’lishikerak, chunki bu holda ko’z qorachig’i
minimal kengaygan bo’ladi.
Lazer qurilmalarini ma’lum masofadan turib boshqarishni taminlash va
avtomatlashtirish yaxshi natija beradi.
SHaxsiy muhofaza aslahalari sifatida yorug’lik filtrli muhofaza ko’zoynagi,
muhofaza to’siqlari sifatida xalat va qo’lqoplarni tavsiya qilish mumkin. Nazorat
o’lchovlari maxsus usullar bilan tegishli apparaturalarni qo’llab olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |