Nazorat savollari
1.
Kadmiy birikmalarning xususiyatlari va ularni texnologik ta'siri?
2. Kadmiy birikmalarning xususiyatlari?
3. Tanlab eritish talabi?
4. Misning eritmadagi qoldik miqdori qancha?
187
4 BOB. QO‘RG‘OSHIN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
4.1.
Qurg‘oshin va uning birikmalarining xususiyatlari, hom ashyo va qayta
ishlash usullari
Hozirgi zamonda dunyoda 4 – 7 mln.t qo‘rg‘oshin ishlab chiqariladi. Ishlab
chiqarishning xajmi bo‘lgan talablargabog‘liqdir. Xajm bo‘yicha qo‘rg‘oshin 5
o‘rindaturadi (temir, alyuminiy, misvaruxdankeyin). Qo‘rg‘oshinni 30 – 50%
ikkilamchi xom-ashyodan ishlab chiqariladi.
Deyarlik hamma qo‘rg‘oshin sulfidli rudalardan olinadi. Rudada
qo‘rg‘oshinni miqdorligi 0,5 dan 10% gacha uchraydi. Masalan, AKSH rudada 1,5
% Pb. Kanadada 3 – 4% Pb, Avstraliyada 5 – 10%, O‘zbekistonda 1,5 – 2% Pb
bor.
Qo‘rg‘oshinni katta xajmda chiqaruvchilar: AKSH (23-25%), Olmoniya
(9 – 10%), Angliya (8 – 9%), YAponiya (7 – 8%), Avstariliya (6,5 – 7,5%),
Meksika (5,5 – 7,0%), Fransiya ( 5,5 – 6,4%), Kanada (5,0 – 6,0%). Bu davlatlarda
dunyoda ishlab chiqariladigan qo‘rg‘oshin 70 – 80% joylashgan. O‘zbekiston
rudasida bog‘liqligiga qaramay, qo‘rg‘oshin zavodlari qurilmagan.
Qo‘rg‘oshinni asosiy iste’molchilari, %: AKSH 29 – 31; Angliya 8,3 – 9,3;
Olmoniya 8,1 – 9,3; YAponiya 8,0; Fransiya 6 – 7; Italiya 5,6 – 6,2; Ispaniya 3,5 –
4,0. Dunyoda ishlab chiqarilgan qo‘rg‘oshinni 75% shu davlatlarda iste’mol
qilinadi. O‘zbekiston o‘ziga kerak bo‘lgan qo‘rg‘oshinni 20 ta davlatlardan eksport
qiladi.
Qo‘rg‘oshinni asosiy iste’mol qiluvchi sohalari: akkumlyator yasash (30 –
45%), kabel ishlab chiqarish (5 – 25%), har xil quymalar (6 – 20%), benzinga
qo‘shiladigan tetraetil qo‘rg‘oshin ishlab chiqarish ( 6 – 22%) va boshqalar.
Qo‘rg‘oshin ishlab chiqarishida asosiy xom ashyo – bu kompleks
polimetallik rudalarda. Rudada qo‘rg‘oshindan tashqari, Zn, Cu, Fe, Cd, Bi, Sn,
As, Au, Sb, TI, Ge va boshqa eleementlar bor
.
Qo‘rg‘oshin rudalarda asosan sulfid shaklida uchraydi. Sulfidli rudalarda
asosiy sulfidlar: galenit PbS, sfalerit ZnS, xalkoperit CuFeS, pirit FeS, pirrotin Fe
188
x – 1 S, arsenopirit Fe ??? S
2
, argentit Ag
2
S. Sulfidli rudalarda 85 – 90% dan
ziyod qo‘rg‘oshin galenit shaklida uchraydi.
Rudalarda qo‘rg‘oshinni tarkibi kam bo‘lgani sababli boyitiladi. Boyitishda
qo‘rg‘oshinni ajratib olish darajasi 83 – 94% tashkil qiladi.
Qo‘rg‘oshin - periodik Mendeleev jadvalining 4 gurux elementi, atom
nomeri 82, atom og‘irligi 207,2, zichligi 11,336 g/sm
3
, erish harorati 327,4
0
S,
qaynash harorati 1745
0
S. Ko‘pchilik kimyoviy birikmalarda qo‘rg‘oshin ikki
valentli. Qizitish davrida qo‘rg‘oshin engil oksidlanadi. Oldin Pb
2
O payda bo‘ladi,
keyinchalik Pb
2
O = Pb
2
O + Pb reaksiyasi natijasida giet hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |