15.1-rasm. Triggerning mantiqiy tuzilma sxemasi
Triggerni bir turg‘un holatdan boshqasiga o‘tkazish kirishlarga aktiv signallarni
uzatish orqali ro‘y beradi.
R = 1 da А elemant chiqishida Q = 0 bo‘lgan holatga o‘rnatiladi,
demak invers
yolida Q=1 va shunday qilib, trigger 0 holatga o‘rnatiladi. Agar trigger R = 1 signal
uzatilganga qadar 0 holatda turgan bo‘lsa, uning holati o‘zgarmaydi. Agar trigger R = 1
signal uzatilganga qadar 1 holatda turgan bo‘lsa, A elementning o‘chib
yonishi sodir
bo‘ladi va uning chiqishida Q = 0 o‘rnatiladi; bu qiymat B elementning kirish qismiga
uzatiladi, element o‘chib yonadi va B elementning chiqishida Q=1 o‘rnatiladi, shundan
so‘ng trigger 0 holatga o‘tadi.
Shunday qilib, triggening bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishida uning elementlari
ham birin – ketin o‘tadi va o‘tish vaqti YOKI-YO‘Q mantiqiy elementda signal
tarqalishining ikkilangan o‘rtacha ushlanish vaqtiga teng: t
n
=2t
з
. Ravshanki, t
n
qancha
kichik bo‘lsa, trigger vaqt birligi ichida shuncha kam o‘chib yonishni amalga oshiradi,
ya’ni, o‘chib yonishning mumkin bo‘lgan chastotasi shuncha yuqori,
boshqacha
aytganda, triggerning tezligi yuqori bo‘ladi.
Triggerning kirish qismiga S=1 ni uzatishda uni 1 holatga o‘rnatish yuqoridagiga
o‘xshash bajariladi.
Ikkita R va S kirish qismiga ham man.1 aktiv darajani bir vaqtda uzatish mumkin
emas, chunki, bunda ikkita kirish qismida ham man. 0 daraja o‘rnatiladi,
kirish
qismlaridan aktiv mantiqiy darajalarni olingandan keyin, triggerning holati noaniq
bo‘lib qoladi; tasodifiy sabablarga ko‘ra trigger yoki 0 holatga, yoki 1
holatga
o‘rnatilishi mumkin. 16.1.b rasmda asinxron RS triggerning shartli belgilashlari
keltirilgan.
RS-trigger
.
15.2-rasmda sinxron RS triggerning mantiqiy tuzilmasi keltirilgan. Bu
tuzilmalardan ko‘rinib turibdiki, sinxron RS trigger to‘g‘ri kirishli asinxron triggerdan
tashkil topgan, R va S kirishlarida VA (VA-YO‘Q) mantiqiy elementlar yoqilgan.
VA (VA-YO‘Q) mantiqiy elementlar yordamida sinxron triggerning R va S axborot
kirishlarining aktiv mantiqiy darajasini uning tarkibiga kiruvchi asinxron triggerning R
va S kirishlariga man.Y darajasida C sinxronlashtiruvchi kirishda uzatish ta’minlanadi.
Shunday qilib, С
=
0 da asinxron triggerning kirishlariga aktiv darajalar uzatiladi va
trigger oldin o‘rnatilgan Q
0
holatni saqlaydi. C=1 da
triggerning holati yuqorida
ko‘rilgan RS-triggerdagi singari kirishga ta’sir o‘tkazayotgan darajalar orqali
aniqlanadi.
Demak, sinxron TS - triggerning ishlashini quyidagi ifoda orqali tavsiflay olamiz:
(15.1)
а)
b)
c)
15.2-rasm. Sinxron RS triggerning mantiqiy tuzilma sxemasi
Sinxron RS-trigger
normal holatda ishlashi uchun, C sinxronlashtiruvchi kirishda
man.1 ta’siri vaqtida, S va R axborot kirishlaridagi darajalar o‘zgarmay turishi kerak.
C=0 va trigger S va R kirishlaridagi darajalaridan ta’sirlanmasa kirishda darajalar
almashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: