Optik teleskoplar. Chorshamov X


Teleskoplar va ularning vazifalari



Download 288,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana28.06.2022
Hajmi288,83 Kb.
#715660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
KURS ISHI Mavzu Optik teleskoplarning asosiy tushunchalari.

 
Teleskoplar va ularning vazifalari 



Teleskoplar-astrofizik tadqiqotlar qilishda astronomlarning asosiy quroli 
bo’lib xizmat qiladi. Birinchi teleskop 1609 yili italyan olimi Galiley tomonidan 
ishga tushirilib, olim o’z instrumenti yordamida birdaniga bir nechta kashfiyot 
qildi. Xususan u Oyning relefi Yernikiga o’xshashligini, Yupiter atrofidagi 4 
yo’ldoshini, Quyoshning dog’ini va Somon yo’lini yulduzlar tashkil qilganligini 
aniqladi. Bu kashfiyotlar, teleskopning osmon jismlarining tabiatini o’rganishda, 
juda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ma’lum qilib, astronomiyada yangi 
eraning ochilishidan darak berdi. Teleskopning ixtiro qilinishi, astrofizikada 
muhim voqea bo’lib, u Olam tuzilishi haqida ilmiy dunyoqarashning 
shakllanishida katta rol o’ynadi. 
Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1)
Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (ko’z, fotografik plastinka, 
fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hokazolar yordamida);
2)
ob’ektiivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki osmon 
qismining tasvirini yasash;
3)
qurollanmagan ko’z bilan qaralganda ajratib ko’rib bo’lmaydigan, o’zaro 
juda kichik yoy masofada joylashgan ob’ektlarni ajratib ko’rsatish. 
 
Teleskopning asosiy qismi ob’ektiv-qavariq linzadan yoki botiq sferik 
ko’zgudan yasalgan bo’lib, u o’z tekisligiga yoritgichdan tik yo’nalishda 
kelayotgan nurlarni yig’ib, fokal tekisligida, uning tasvirini yasaydi. Agar 
nurni qayd qilish ko’z yordamida bajariladigan bo’lsa, u holda ob’ektiv 
tomonidan yasalgan tasvirga qarash uchun okulyar zarur bo’ladi.
Teleskoplar, ob’ektivining turiga ko’ra, ikkiga 

refraktor va reflektorga 
bo’linadi. Refraktorda ob’ektiv sifatida qabariq linza, reflektorda esa botiq sferik 
ko’zgu ishlatiladi. 
1-rasm 
1 -rasmda oddiy refraktorda nurning yo’li tasvirlangan. Bunda teleskop 
ob’ektivi, yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi F da yig’adi va shu nuqtadan 
bosh optik o’qqa tik o’tuvchi tekislikda (fokal tekisligida) yoritgichning tasvirini 
yasaydi. Yasalgan tasvirga kattalashtiruvchi linza (okulyar) yordamida qarab, 
quzatilayotgan osmon jismining (planeta, Oy yoki Quyosh) burchak o’lchamining 
kattalashganini ko’ramiz. Binobarin teleskop bizga, qaralayotgan osmon jismini 
ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bo’lamiz. Yasalgan 



tasvirning ravshanlashishi, teleskop ob’ektivining diametriga va fokus masofasiga 






F
D
bog’liq bo’lgani holda, uning kattalashtirishi ob’ektiv va okulyarning fokus 
masofalariga bog’liq bo’ladi. Tasvir fotoplastinkada yohud fotoelektrik yo’l bilan 
qayd 
qilinadigan 
bo’lsa, 
okulyar 
kerak 
bo’lmay, 
fotoplastinka 
yoki 
elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal tekisligida 
joylashadi. 
Birinchi refraktor rusumli teleskop italiyalik mashhur olim G.Galiley 
tomonidan 1610 yilda ishga tushirildi. 
Refraktorning ob’ektividan nur sinib o’tganligi tufayli, uning fokal tekisligida 
nuqtali ob’ektning tasviri nuqta o’rniga, rangli konsentrik halqalar ko’rinishida 
bo’ladi. Bu hodisa xromatik aberrasiya deyilib, turli to’lqin uzunlikdagi nurlar 
uchun, linza, turlicha nur sindirish koeffisientiga ega ekanligidan sodir bo’ladi. 
Bunday teleskoplarda xromatik aberrasiya, turli nur sindirish ko’rsatgichiga ega 
bo’lgan ikki xil shishadan tayyorlangan linza-ob’ektiv (axromat) yordamida 
ma’lum darajada kamaytiriladi. Ma’lum nurning qaytish qonunlari uning to’lqin 
uzunligiga bog’liq bo’lmaydi. Shuning uchun ham xromatik aberrasiyani 
kamaytirish maqsadida linzali ob’ektiv qaytaruvchi sferik ko’zgu bilan 
almashtirildi. Sferik ko’zguli birinchi teleskop

reflektor taniqli ingliz fizigi 
I.Nyuton tomonidan ishga tushirildi. 
Sferik ko’zgudan qaytayotgan nurning nuqtaviy tasvir hosil qilmay bunday 
buzilishi, sferik aberrasiya deb yuritiladi. Agar ko’zguga aylanma paraboloid sirt 
berilsa edi, u holda sferik aberrasiya yo’qolib, tasvir nuqtaviy ko’rinish olar edi. 
Shuning uchun ayni zamonning teleskoplarining ob’ektivlari paraboloidal formada 
yasaladi.

Download 288,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish