Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. S. Abdullayeva, N. Sh. Ruzikulova



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/89
Sana28.06.2022
Hajmi5,61 Mb.
#715425
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
fayl 1505 20210818

Savol va topshiriqlar 
1. Boshlang‗ich sinflarda algoritmlar haqida tushunchalarni shakllantirishning 
qanday afzalliklari bor? 
2. Boshlang‗ich sinf oʻquvchilariga algoritm qadamlari, uning buyruqlar 
tushunchalarini 
о‗rgatishda 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalanishning 
ahamiyatini tushuntiring. 
3. Boshlangʻich sinflarda algoritm tuzishga о‗rgatishda muayyan еchimga 
olib keluvchi masalalarni еchishga о‗rgatishning ahamiyatini tushuntiring. 
26 - §. XORIJIY MAMLAKATLARDA BOSHLANG„ICH SINFLARDA 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. 
Tayanch sо‘z va iboralar: 
boshlang‗ich sinf о‗quvchilari, xorij va 
xamdо‗stlik davlatlarida boshlang‗ich ta‘limda axborot texnologiyalari.
 
Boshlang‗ich 
sinf 
о‗quvchilarini informatika ta‘limiga tayyorlash 
muammolarining muayyan jihatlari xorij va xamdо‗stlik davlatlari olimlari 
tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, boshlang‗ich sinflarda axborot texnologiyalari 
alohida о‗quv fani sifatida joriy etish masalalari A.V.Goryachev, M.A.Plaksin, 
Yu.Pervin, A.L.Semenov, S.N.Tur, S.Peypert va boshqalarning ishlarida о‗z aksini 
topgan. 
Boshlang‗ich sinf о‗quvchilarining turli о‗quv fanlarini о‗rg‗anishda 
kompyuterdan 
vosita 
sifatida 
foydalanish 
masalalari 
N.L.Koroleva, 


213 
N.A.Piontkovskaya, V.I.Varchenko, N.N.Bulgakov, T.Sergeeva, B.Sidiqov, 
B.Xanter va boshqalarning ishlarida aks ettirilgan. 
Boshlang‗ich sinf о‗quvchilari о‗quv-bilish faoliyatining universal turlarini 
(yozuv, xisob, rasm,...) о‗zlashtirishda kompyuter va axborot texnologiyalardan 
vosita sifatida foydalanish N.D.Shetkina, Yu.Ivanov va boshqalarning ishlarida о‗z 
aksini topgan. 
Boshlang‗ich sinf о‗quvchilari bilan ishlashda kompyuterdan foyda- 
lanishning psixololik xamda pedagogik jixatlari, shuningdek, psixolog va 
pedagoglarning ta‘lim jarayonini kompyuter vositalaridan foydalangan xolda 
tashkil etish muammolariga bag‗ishlangan tadqiqotlar taxlili asosida chiqarilgan 
xulosalar 
G.G.Brusnitsina, 
T.Yu.Ilina, 
Ye.V.Kuznesov, 
Ye.I.Mashbis, 
S.V.Krapivka va boshqalarning ishlaridan о‗rin olgan. 
Kompyuter texnikasi kо‗pgina davlatlarning boshlang‗ich ta‘lim tizimiga 
о‗tgan asrning 80-yillar oxirida о‗qitish vositasi sifatida kirib keldi.
Buyuk Britaniyada, jaxonda ilk marotaba Angliya, Uels, Shotlandiya 
maktablarida kompyuter darslarini kiritish davlat dasturlari ishlab chiqilgan edi. 
Avstraliyada kabi bir qancha davlatlarda boshlang‗ich sinf о‗quvchilariga 
kompyuter saboqlarini berish mahalliy ta‘lim tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan.
Sharqiy va Markaziy Yevropada joylashgan mamlakatlar (Chexiya, 
Slovakiya, Vengriya, Polsha, Rossiya va boshq.) sо‗nggi besh yil ichida kompyuter 
texnikasi, dasturiy ta‘minotlarni sotib olish, texnik vositalarga xizmat kо‗rsatish va 
maktablarni kompyuterlashtirishga xarajatlar xajmi sezilarli darajada oshgan. 
Bularning barchasi ta‘lim jarayoniga, jumladan, boshlang‗ich ta‘lim 
jarayoniga xam kompyuter texnikasini tatbiq etish yildan yilga kuchayganligini 
kо‗rsatmoqda. Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega 
bо‗lgan kompyuter texnikasiga qiziqishning о‗ta kuchayishiga ikkita asosiy sabab 
bor. Birinchisi, jahonning xar qanday davlati iqtisodining xozirgi va kelajakdagi 
rivojilanishida axborot ta‘minoti, shuningdek, axborot texnologiyalarning strategik 
axamiyatida о‗z aksini topgan. Amerikalik mashxur pedagog Ant.Mallanning 


214 
ta‘kidlashicha, ikkinchisi, kompyuter ta‘lim tizimiga ta‘limni rivojlantirish vositasi 
sifatida qarash kerak. 
Bundan kelib chiqib G‗arb siyosatida ikkita jihatni kо‗rish mumkin: 
kompyuterni axborot texnologiyalarning muhim bandi sifatida qarash va ommaviy 
ravishda maktablarda kompyuterdan maktab dasturidagi turli о‗quv fanlarni 
о‗qitishda vosita sifatida foydalanish. 
Xorij davlatlar boshlang‗ich ta‘lim tizimida kompyuter texnikasidan 
foydalanish tajribasining taxlili bu boradagi ishlar ikki yunalishda olib 
borilganligidan dalolat beradi. Xususan, AKSh, Kanada, Angliya, Germaniya va 
Daniya kabi davlatlarda kompyuter savodxonligi asoslari, dasturlash tili 
elementlariga ustuvor tarzda karapsa, ikkinchi yо‗nalishga mansub Fransiya, 
Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreyada turli fanlarga doir о‗rgatuvchi dasturlar 
ishlab chiqish va ulardan dars jarayonida keng foydalanish, internet tarmogi va 
masofaviy ta‘lim xizmatidan keng foydalanishga alohida e‘tibor qaratilgan. 
Bir qancha olimlar asosiy yondoshuvlar sifatida quyidagilarni kо‗rsatadi: 
- О‗quvchilarning 
kompyuter 
imkoniyatlari 
haqidagi 
tasavvurlarini 
kengaytirish, tafakkurini rivojlantirish, tizimli va faol ijodiy salohiyatni 
rivojlantirish; 
- moddiy ta‘minot uchun sarflanuvchi xarajatlarni, laboratoriya jixozlari va 
tajriba о‗tkazish uchun vaqtni tejash. 
Xorij pedagog olimlari tomonidan qilingan tahlillar mazkur davlatlarda 
kompyuter vositalarining ta‘lim rivojiga ta‘siri va uning istiqbollari haqida 
quyidagi xulosalarga kelish imkonini berdi: 
- kompyuterning maktab dasturiga kiritilgan turli fanlarni о‗qitishda 
rivojlantiradigan vosita sifatida foydalanish tendensiyasi yaqqol kо‗rinadi; 
- an‘anaviy о‗qitish vositalarini bosqichma-bosqich axborot texnologiyalari 
bilan almashtirish (videomatnlar, videodisklar, о‗qitish uchun interaktiv 
multimedia dasturlari va b.). 


215 
Xorij va MDX, davlatlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish, 
kompyuter imkoniyatlari, dasturiy ta‘minot va pedagogik maqsadlardan kelib 
chiqqan xolda ta‘limning turli bosqichlarida qо‗llaniladi: 
- informatikaning propedevtik kurslarida о‗rganish ob‘ekti sifatida; 
- bolani rivojlantirish vositasi sifatida; 
- turli fanlarni о‗qitish, darslarni va boshqa turdagi mashg‗ulotlarni qо‗llab-
quvvatlash vositasi sifatida; 
- turli xil faoliyat turlarini amalga oshirish vositasi sifatida; 
- turli fanlar bо‗yicha yangi integrallashgan kurslarni yaratishda, axborot - 
kommunikatsion predmet muhiti sifatida (о‗qitish texnologiyasi sifat jihatdan 
о‗zgaradi, kurs materiallarini о‗rganishda kompyuter doimiy ravishda ishlatiladi). 
Boshlang‗ich 
ta‘limda 
kompyuterdan 
foydalanish 
yо‗nalishlari 
axborotlashtirish jarayonini xar tomonlama tavsiflaydi va bunday xolat ijobiy 
jixatdan baholanadi. Bundan kelib chiqqan xolda, о‗ylaymizki о‗qituvchi doimiy 
ravishda о‗z pedagogik faoliyatida yuqorida kо‗rib chiqilgan yunalishlarni amalga 
oshirishga tayyor turishi kerak. 

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish