150
miqdoriga ko‘ra tabaqalangan holda yondashuv bo‘lib, ularni guruhlarga
ajratishda turli xil mezonlar qo‘llashga asoslanadi. Bozor bir jinsli
hodisa
tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmuyi tarzida, har bir
segment doirasida alohida o‘ziga xos bir talab namoyon bo‘ladigan hodisa
tarzida olib qaraladi. Segmentlarga ajratish mezonlarini tanlash ko‘p
jihatlardan tovar yoki xizmatning turiga, shuningdek, korxona bozor
faoliyatida hal qilmoqchi bo‘lgan masalaga bog‘liq. Shu sababli bozorni
segmentlarga ajratishning universal mezonlari yo‘q. Qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari, sanoat tovarlari va keng iste’mol mollari uchun tanlov
mezonlari bir-biridan juda keskin farq qiladi. Rejalashtirish ehtiyojlariga juda
mos keladigan maqbul mezon tovarni bozorda
joylashtirish masalalariga
umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Segmentlarni aniqlashning ko‘p usullari
bor. Mazkur usullardan biri – iste’molchilar talabiga ko‘ra bozorni bo‘lish.
Faraz qilamiz, muzqaymoq sotib olganlarga 2 ta markaning qaysi birining
ta’mi sifatli va konsistensiyasi yaxshi. Olingan javoblardan tanlashning aniq
strukturasi hosil bo‘ladi. Mabodo muayyan mezon xaridorlar o‘rtasida paydo
bo‘lgan farqlarni izohlab berishga imkon bermasa, unda boshqa mezonni
kiritish va to bu farqlarni ravshan aniqlashga qadar tadqiqotlarni davom
ettirish lozim. Masalan, Kodak yillar davomida 35 mmli kameralarni ishlatib
keldi. Texnik jihatdan tavsirlari juda sifatli. Ranglarni yorqin ko‘rsatadi.
Tanlash uchun kamera turlari juda ko‘p. Lekin, bu bilan ko‘pchilik
professional tasvirchilarni qoniqtirish qiyin edi. Ular uchun bir kamera
boshqasi bilan bir xil edi. Odatda, tasvirlar chiqarilgach
nuqsonlari borligi
bilinardi. Ba’zida obyekt tasvirga to‘la sig‘magan, nur tushib qolgan yoki
ko‘z qizil rangda bo‘lishi va hokazo. Kodak 1996–yilga kelib yuqoridagi
muammolarni hal etish uchun kodak APS (Advanced Photo Sistem) ni
yaratdi. Tasvirga olish oson va 3 xil formatda amalga oshirilar edi.Tasvirlar
kartrijda saqlanar, uni qayta chiqarish mumkin edi. DSLR – digital single
lens reflex, 2005-yillardan boshlab Sony, Nikon, Olimpus, Pentax DSLR
kameralarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Mahsulot nima?
Mijozlar “qanoatlanish” yoki “rohatlanish”ni
sotib oladi, detallarni
emas.
Mahsulot (GM - Malibu) Xizmat (Uzairways) GM va Uzairways
faqatgina mahsulot yoki xizmat sotmaydi, balki “rohatlanishni” sotadi.
Shuning uchun iste’molchilarni to‘laqonli guruhlarga bo‘lib o‘rganish zarur.
Bozor segmentlarining aniq bir turi yo‘q, bozorning holatiga yaxshi
moslashish uchun bozorni segmentga ajratishning bir necha usullarini
birdaniga yoki alohida-alohida qo‘llash mumkin. Bozorni jo‘g‘rofiy,
demografik va psixografik xususiyatlariga ko‘ra
segmentlarga ajratish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: