325
5-
masala
Toshkentdagi ayrim yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi mehmon-
xonalarda sotiladigan ba’zi bir tovarlarning narxlari biroz qimmat. Masalan,
plastmassa idishdagi 1,5 litr hajmdagi mineral suvning narxi 3000 so‘m
atrofida belgilangan. Xuddi shu suvni mehmonxona tash- qarisida 1200-1300
so‘mga sotib olish mumkin bo‘lgan taqdirda narxlar- ning bunchalik yuqori
belgilanishiga nimalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin?
6-
masala
«Xushtaom» nomli umumiy ovqatlanish
firmasi oshxona jihozlari,
asboblari sotib olish maqsadida «Maishiy mollar» firmasi bilan shartnoma
tuzdi. Shartnomaga ko‘ra xaridor 100 % to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng
sotuvchi korxona asboblar va jihozlarni yetkazib berishi lozim. Xaridor 50 %
to‘lovni amalga oshira olmasligini ma’lum qildi.Vaziyatni hal qiling.
Tomonlar huquqlarini asoslab bering.
7-
masala
Ekspert jurnalining 2000 yil № 12 sonida shved mebeli chiqaradi- gan
IKEA firmasining Rossiyadagi do‘kon – ombori haqida ma’lumotlar nashr
qilingan.
Firmaning kapitali - 2899
rubl.Tungi lampa - 129 rubl.
Vino uchun bokallar – 146 rubl.
Ushbu firma Rossiyadagi 3 – 4 tadan iborat bo‘lgan oilalarni o‘zi- ning
xaridorlari deb, hisoblaydi. Ularning 1 oylik daromadi 200$ – 400$ gacha
va kvartiralarning umumiy maydoni 52 kv.m. Yarim asrlik kompaniyaning
asosiy shiori-“ommaviylik”, “oddiylik”, “arzonlik”. Butun dunyo bo‘yicha
158 ta kompaniyalarining do‘konida yuqoridagi
talablar bir necha oddiy
uslublar bilan faoliyat yuritadi. Firma tomo- nidan atigi 10 %
assortimentdagi mebel ishlab chiqiladi. Qolgan qismi mol yetkazib
beruvchi yoki ta’minotchilardan sotib olinadi. Shu bilan birga ular bilan
dizayn ishlab chiqiladi va mahsulotning tannarxini
pasaytirish uslublari
izlanadi. Narxlarni tushirish va sifatni ko‘tarish maqsadida IKEA
kompaniyasi eshik ishlab chiqaruvchilarga stolning ustki qismlari
(“Stoleshnitsa”) ni, stolning oyog‘ini va karkasini super- marketlar uchun
metalldan aravachalarni ishlab chiqaruvchi fabrikaga buyurtma beradi.
Firma mebelni ajratilgan turda kam joyni egallashi
evaziga tashish uchun
ham iqtisod qilib past narxlarni ushlab turadi. Engasosiy yangilik mebelni
xaridor do‘kondan o‘zi olib ketadi va mustaqil turda yig‘adi. Bunda
mebelni yig‘ish, chakana sotish va yetkazib berish- dagi iqtisod, ya’ni
tejamlilik yaqqol ko‘rinadi. Barcha do‘konlar
shahar- dan tashqarida
326
joylashganligi evaziga yerlarni egallab turish uchun narx- lar to‘lovi juda
past. IKEA kompaniyasi Rossiya ishlab chiqaruvchilarini ham jalb qiladi.
Shu sababli mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlarining bir qismi ham past
narxlarni ushlab turishda yordam beradi. Shunday qilib IKEA do‘konidagi
o‘rtacha xarid 40$ ni tashkil etib, analitik tahlilchilar fikriga ko‘ra
Rossiyadagi mebel biznesini to‘liq o‘zgarishiga va’da beradi. Quyidagi
savollarga javob berib, vaziyatni tahlil qiling.
Rossiya IKEA maqsadli bozoriga xarakteristika bering (tavsif). IKEAni
narx strategiyasi va narx siyosatining maqsadini aniqlang. IKEA
firmasining mahsulotiga past narxlarga nima evaziga erishiladi.
IKEA mahsulotlarining sifati haqida nima deyish mumkin?
Ushbu mahsulotni maqsadli bozoriga e’tiborni jalb qilishda narx
qanday rol o‘ynaydi?
“Xarid qil va sot” savdo majmuasi “BOBO” mahsuloti narxini 45
rubldan 42 rublgacha tushirdi. Shuning evaziga sotuv hajmi 64200 dan 66100
donaga ortdi. Talabning elastikligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: