Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

1.4.
 
Marketing elementlari tarkibi va jarayoni. 
Marketing – “MIKS” tushunchasi 
 
Marketing nazariyasi va amaliyotining rivojlanishida marketing –bu 
kompleks tizim bo‘lib, boshqarilishi ishlab chiqarish – tijorat metodlari 
birlashmasi (birikmasi)dan foydalanishni ko‘zda tutadi, degan tushunchaga 
olib keldi. Masalan, 1980-1990-yillarda xaridorlarga quyi- dagi yo‘nalishlar 
bo‘yicha ta’sir etishni ko‘zda tutuvchi marketing – miks konsepsiyasi paydo 
bo‘ldi: 
-
tovar (tovar siyosati, tovar marketingi); 
-
savdo, tarqatish (savdo siyosati, savdo marketingi); 
-
oldinga harakatlanish (kommunikatsiya siyosati, kommunikatsiya 
marketingi); 
-
odamlar (kadrlar siyosati, munosabatlar marketingi). 
Bugun rivojlangan mamlakatlarda ustuvor ravishda bir martalik bitim 
tuzishga 
mo‘ljallangan bitim marketingidan o‘zaro munosabatlar 
marketinggiga o‘tilmoqda. Ko‘pchilik kompaniyalar bozorning to‘yi- nishi, 
yangi iste’molchilarni egallash uchun qattiq raqobat sharoitlari, eski mijozlar 
bilan munosabatlarni saqlash, xaridorga yo‘naltirilgan personalni tanlash va 
o‘qitish ancha arzonga tushishini tushuna boshladilar. 
Munosabatlar marketingi – yuqori iste’mol qimmatliklari bilan xizmat 
ko‘rsatish yo‘li orqali iste’molchilar va boshqa manfaatdor shaxslar bilan 
mustahkam o‘zaro foydali munosabatlarni yaratish, saqlash va kengaytirish 
jarayonidir. Agar butun dunyoda bugun marketingning ijtimoiy-etika 
konsepsiyasi umum tan olingan hisoblansa,O‘zbekistonda marketing sezilarli 


27 
darajada hayotga kirib kelmoqda. Tashkilotlarda marketing xizmatlari 
yaratilmoqda, marketing tadqiqot- lari o‘tkazilmoqda, O‘zbekiston bozorlari 
o‘rganilmoqda. Turli xil tovarlar bozorlarida yuzaga keladigan vaziyatlarga 
bog‘liq holda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish ko‘rib chiqilgan 
konsepsiyalardan biri asosida amalga oshirilmoqda. Marketingning jahon 
tajribasi O‘zbekiston bozorlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan 
holda 
bugungi 
iqtisodiy 
vaziyatda 
mamlakat 
korxonalari 
muvaffaqiyatlarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadbirkorlik sohasida marketing qarorlarini ishlab chiqish va ularni 
qabul qilish juda ko‘p omillarga bog‘liq. Marketing tadbirkorlikfaoliyatining 
falsafasi va instrumentariysi (usuli, vositalari) sifatida shakllanib, ular 
faoliyatiga uzluksiz ta’sir etadi. O‘zaro ta’sir nazariyasi amalda bu 
tushunchaning uch aspektini (falsafa, firmalar faoliyatini tashkil etish usuli, 
vositalari) chambarchas bog‘liqlikda qo‘llashni talab etadi. 1973-yilda 
F.Kotler marketingni falsafa va marketingning hunar sifatidagi farqini 
ko‘rsatib berdi. Agar barcha e’tiborni marketingni hunar, deb qarab, uning 
usullari, vositalari (dastaklari) va tadbirlariga qaratadigan bo‘lsak, o‘sib 
borayotgan raqobat sharoitida buning o‘ziyetarli emas. Marketing bilimlarini 
firmaning barcha ishchi-xodimlari bilishiva tadbirkorlik faoliyatining 
falsafasi, deb qarashi bugungi kun talabidir. Biznes faoliyatining yagona 
maqsadi sari intilishda barcha xodimlar faoliyatining muvofiqlashganligi, 
axborotlar almashinuvining tezkor va obyektivligi samarali faoliyatga 
bevosita ta’sir etadi. Ko‘zda tutilgan rejalar va ularning bajarilganlik darajasi 
barcha bo‘limlarning samarali va uzluksiz ishlashiga bog‘liqligi amalda 
tasdiqlangan. Masalan, xomashyoning o‘z vaqtida yetib kelmasligi ishlab 
chiqarish ttsexining ish grafigiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qadoqlash tsexi ham 
kun bo‘yi ishsiz o‘tirishi, sotuv bilan shug‘ullanuvchi ishchi – xodimlar ham 
o‘z vaqtida chakana va ulgurji xaridorlarga mahsulotni yetkazib berolmay 
shartnoma shartlarini buzish hollariga duch keladilar va h.k. Ko‘rib 
turibmizki, muvofiqlashmagan ish firmaning natijaviy faoliyatiga putur 
yetkazadi. Shuning uchun chambarchas bog‘langan jamoa sifatida 
ishlashgina ko‘zlangan maqsadga olib boradi. Samarali tadbirkorlikni amalga 
oshirishda biznes g‘oyalarni to‘g‘ri boshqarish juda muhimdir. Mahsulotni 
tovar shaklida iste’molchiga yetkazib berish, samarali sotuv kanallarini izlab 
topish, xaridorni firma mijoziga aylantirish tadbirkordan juda ko‘p sa’y – 
harakatlarni talab etadi. 
1964-yilda Garvard universitetining professori Neyl Borden marketing 
nazariyasiga ilk bor MARKETING – MIKS tushunchasini kiritdi. Bu 
tushuncha o‘z ichiga marketingning barcha usul va tadbirlarini olib, ular 
yordamida iste’molchiga ta’sir ko‘rsatish, firma tovariga qiziqish uyg‘otish, 
tovarga bo‘lgan talabni ko‘tarish, raqobat- bardosh tovarlarni yaratish kabi 
vazifalarni bajarish orqali firma 


28 
maqsadiga erishishni nazarda tutadi. 1960-yilda esa P.Makkarti marketing 
kompleksi modelini, ya’ni 4P ni taklif etadi. Bu “product”, “price”, “place”, 
“promotion”, ya’ni tovar, narx, sotilish joyi, tovarni siljitish tushunchalari 
majmuyidir. X.Meffertning ta’kidlashicha bu to‘rt ko‘rsatkichning sotuv 
jarayoniga ta’siri haqida juda ko‘p nazariyalaryaratilgan. Dastlabki vaqtlarda 
tovar narxi birinchi omil sifatida xaridorga ta’sir etib, uni sotib olish yoki 
olmaslik haqida qaror qabul qilsa, keyinchalik u tovarning sifati va naflilik 
darajasiga e’tiborini kuchaytirdi. Sotuv siyosatining muhim omili sifatida 
mahsulot sifati oldingi o‘ringa chiqdi. Keyinchalik iste’molchining xulq- 
atvori nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga asosan, xarid qilish haqida qaror 
qabul qilishi uchun xaridorga aynan qaysi omil unga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Uy xo‘jaligi yuritishnining neoklassik nazariyasidan kelib chiqib, iste’molchi 
xulq-atvori nazariyasi xarid qilishga ta’sir etuvchi omillarni va sotib olish 
haqida qaror qabul qilish jarayonini batafsil yoritgan. Sotish siyosatining 
takomillashtirish juda ko‘p omillarga bog‘liqligi bozorni segmentlash 
konsepsiyasining yaratilishini taqozo qildi. Bozorni turli omillarga qarab 
bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish, iste’molchilarning yoshi, millati, ish faoliyati, 
jinsi va boshqa ko‘rsat- kichlariga qarab segmentlash ishlab chiqaruvchiga 
kim uchun, qanday tovarni, qanday narxda ishlab chiqarishni asoslab beradi. 
Marketing nazariyasi va marketing miksdan to‘g‘ri foydalanish 
tadbirkorlikda juda muhim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
davlatlarda marketing-miks konsepsiyasidagi 4Pni cheklangan, deb unga 
qo‘shimcha elementlarni kiritishmoqda. Masalan, 5-P-odamlar (People). 
1986-yilda 
F.Kotler pablik 
rileyshenz 
va siyosat 
elementlarini 
kiritib, 4P ni 6P – modeli sifatida taklif etgan bo‘lsa, bank sohasi 
tadqiqotchilari 7P ni taklif etdilar. 1980-yillarda marketing faoliyatini 
modellashtirishga 
yangicha 
yondashish shakllandi. 
O‘zaro 
ta’sirnazariyasi va tarmoqlar asosida sanoat marketingi 
(Xokanson,1982-y.),xizmatlar marketingi (Grenroos, 1983-y.) shakllandi. 
Sohalar marketingiasosida o‘zaro ta’sir, sotuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi 
munosabatlargaalohida e’tibor berilib, marketing faoliyatini boshqarish 
mumkinligita’kidlab o‘tilgan. 4P modelidagi ko‘rsatkichlar ba’zi olimlar 
fikrichacheklangan bo‘lishiga qaramay, marketing nazariyasi va 
amaliyotiningrivojlanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ayniqsa, 
qadoqlangan kengiste’mol tovarlarini sotishda ana shu 4-omil iste’molchi 
uchun judamuhimligi amalda o‘z tasdig‘ini topdi. Bozor munosabatlariga 
o‘tishdavrida marketing — miks 4P marketing tadbirlarini rejalashtirish 
va o‘tkazishda qo‘llanildi. Hozirgi vaqtda ko‘proq marketingning 4-submiks 
shakli qo‘llaniladi. Marketing siyosatining vositalari 1.4- jadvalda berilgan 
bo‘lib, unda har bir marketing siyosatiga mos keluvchimarketing chora- 
tadbirlari batafsil aks ettirilgan. 


29 
1.4-jadval 
 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish