397
bo’lishlari ham kerak. Shuning uchun oliy ta’lim muassasalarida, xususan, pedagogika
institutlarida psixologiya fani mukammal darjada o’qitiladi. O’qituvchi dars jarayonida
nafaqat ta’lim beradi, shunindek, o’quvchilarning tarbiyasi madaniyatini ham
shakllantirib boradi. Buning uchun o’qituvchi
yetarli darajada mahoratli, bilimli va
qobiliyatli bo’lishi lozim.
Pedagogik mahorat - bu o’quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va
samarali holda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo’naltirish,
talabalarda (o’quvchilarda) dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish,
ularda jamiyat
uchun zarur b’lgan faoliyatga moyillik uyg’otishdir. O’qituvchi malakali va uddaburon
bo’lish bilan birga qobiliyatli ham bo’lishi kerak. Malaka va uddaburonlik yillar
davomida mashq va o’qitish natijasida rivojlanib kelsa, qobiliyat esa iste’dod, layoqat
va zehn, ya’ni inson nerv tizimidagi anatomo-fiziologik xususiyatdir. O’qituvchilarda
quyidagi qobiliyat turlari bo’lishi lozim
[1]:
bilish qobiliyati
kuzatuvchilik qobiliyati
nutq qobiliyati
tushuntira olish qobiliyati
tashkilotchilik qobiliyat
diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
O’qituvchi o’z kasbini mutaxasisi, bilimi yuqori darajada bo’lishi mumkin,
ammo, u darsni mazmunli va qizqarli qilib o’tib berishi kerak. Ya’ni an’anaviy
usullardan qochgan holda, zamonaviylik uyg’unligida dars o’tishlari kerak. O’sib,
rivojlanib kelayotgan yosh avlod bilan ishlaydigan o’qituvchilar o’z-o’zini tanqid
qilishga, o’z
vazifasini anglay olishga, chegarani his qilishga, bolalarga hurmat
ko’rsatishga va tolerantlikka tayyor bo’lishlari kerak. Bugungi kunda o’qituvchilardan
quyidagi burch va mas’uliyatlar talab qilinadi:
1.
O’qituvchi, eng avvalo, mas’uliyatni his qiluvchi tarbiyachi,
tajribali notiq,
madaniyat va ma’rifat targ’ibotchisidir.
2.
O’qituvchi taiatan o’quvchilarni seva olishi, o‘z mehrini, his tuyg’ularini har
lahzad o’quvchilar ichki dunyosi bilan bog’lay olishib ularning ham mehriga
,hurmatiga sazovor bo’lishi kerak.
3.
O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib
borilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib,
bu borada o’quvchilarga to’g’ri asosli ma’lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
4.
Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion
texnalogiyalari yangiliklardan va yutuqlaridan xabardor bo’lib borishi talab etiladi.
5.O’qituvchi o’z mutaxasisligi bo’yicha chuqur va puxta bilimga ega bo’lishi,
barcha fanlar intergratsiyasini o’zlashtirib borishi, bunda o’z ustida tinimsiz ilmiy
izlanishlar olib borishi lozim.
6. O’qituvci ijodkor, ta’lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod
kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
398
7.O’qituvchi nutq madaniyatiga alohida e’tibor
qaratishi lozim, uning nutqi
quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi kerak: turli sheva so’zlardan holi bo’lib,
faqat adabiy tilda ifoda etilishi; o’qituvchining nutqi sodda, ravon, tushunarli bo’lishi;
hikmatli so’zlar, ibora va maqollar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli foydalana olishi
lozim. Jargon( muayyan kasb yoki sohaga oid so’zlar), varvarizm (muayyan millatga
oid so’zlarni noo’rin qo’llash), vulgarizm (haqorat qilish, so’kinish so’zlar),
konselyarizm(o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) kabi
norasmiy so’zlardan holi bo’lishlari kerak. Chunki ta’lim berayotgan o’quvchilari ham
o’qituvchisdan o’rnak oladi va shu narsalarni to’g’ri deb hisoblay boshlaydi.
8.O’qituvchining kiyinish madaniyati o’ziga xos bo’lishi, ya’ni sodda, ozoda,
bejirim kiyinishi,ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchini diqqatini tez jalb qiluvchi turli
xil bezaklardan foydalanmasligi talab etiladi.
[2]
O’qituvchilarga barcha mas’uliyatni yuklayotgan bir paytda shuni ham aytib
o’tish joizki, tarbiya jarayonida ota-onaning roli ham beqiyosdir. O’qituvchilar
maktabda tarbiya bersalar,ota-onalar uyda davom ettirishlari kerak, ya’ni bu jarayonga
ikki taraf ham birdek mas’uldirlar, shunda natija bo’ladi. Aynan shu mavzuda birinchi
prezidentimiz I.Karimov ham fikr bildirganlar: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa
ta’limdan ajratib bo’lmaydi
- bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy
talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizning mustaqil va keng fikrlash
qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish -
ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifai bo’lishi lozim”.
Dars jarayonidagi asosiy masalalardan biri bu - o’qituvchi va o’quvchi
o‘rtasidagi munosabat. O’qituvchi o’quvchilar bilan shunday aloqa o’rnatishi kerakki,
bunda ular fanni ham o’qituvchini ham hurmat qilishlari kerak.
Darsni diqqat bilan
kuzatishlari kerak. Qaysi o’qituvchi qattiqqo’l bo’lsa o’sha o’qituvchining fani
tayyorlanadi kabi fikrar eski tushuncha, hozirgi kunda o’quvchilarga qattiqqo’llik qilib
bilim berish samara bermaydi, bu holatda birinchi o’rinda o’quvchilar bilan bo’lgan
munosabat salbiy tarafga o’zgaradi, muvozanat yo’qoladi va o’quvchilar topshiriqlarni
ko’r-ko’rona bajarib keladilar, tanbex eshitmaslik uchun yoki yomon baho olmasliklari
uchun bir-birlaridan ko’chirib ham kelishlari mumkin. Natijada ta’lim samaradorligiga
putur yetadi va fan o’zlashtirilmay qoladi. Shunday ekan o’qituvchi o’z ustida ko’proq
ishlashi, darsni jamiyatimizdagi har bir yangilik bilan bog’lab, qiziqtirib, mazmunli
o’tishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: