312
Radioeshittirishlar va televideniye qo‘mitasi raisi,Matbuot,
poligrafiya va kitob
savdosi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda
sidqidildan mehnat qildi. U 1980 yildan boshlab Qoraqal-pog‘iston Respublikasi
Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borib, qoraqalpoq
adabiyoti va san’atini rivojlantirish, yosh shoir va adiblarni tarbiyalash ishiga katta
hissa qo‘shdi. T.Qaipbergenov jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, bir necha bor
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar kengashi deputatligiga
saylandi.To‘lepbergen Qaipbergenov o‘zi-ning yarim asrdan ziyod davom etgan
yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yo‘lini bosib o‘tdi. O‘z
asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va an’analarini
yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Kaipbergenovning birinchi kitobi 1958-yil
dunyo yuzini ko‘rgan. Ketidan 80 dan ortiq asarlari chop etilib, rus, o‘zbek va boshqa
tillarga tarjima qilingan. Uning “Qoraqalpoq qizi” kitobi asosida “O‘zbekfilm”
studiyasi tomonidan vatanimizning yetakchi aktyorlari ishtirokida badiiy film suratga
olingan. Oltin fondga tegishli bo‘lgan asar orqali muallif kitobxonni XX asr
boshidagi qoraqal-poq hayot tarzi va oilaviy-turmush-ning alohida jihatlari bilan
tanishtiradi. 1951 yil “Jas Leninshi” gazetasida “Tilegim” nomli uning birinchi
dostoni chop etildi. 1955-yil uning “Pochtalon kelgende” nomli asari “Jas Leninshi”
gazetasida bosib chiqiladi. 1956-yil esa “Kotib” nomli birinchi qissasi chiqadi. Shu
vaqtdan e’tiboran, u nasr janridagi asarlar yaratadi. Umumiy hisobda, u qoraqalpoq,
o‘zbek, rus, turk va boshqa tillarda (sobiq SSSRning, deyarli barcha tillarija) 100 ga
yaqin kitoblar yozgan. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir
tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”,
“Gumrohlar” singari qissa va romanlar,“Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz
xazinasidan munosib o‘rin egalladi.
Bu asarlarning aksariyati jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilinib, bir qator nufuzli
adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi.Jonkuyar adibning keyingi yillarda e’lon
qilingan publitsistik chiqishlarida mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini
mustahkamlash, qoraqalpoq zaminida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarish va
yangilanishlar jarayonini aks ettirish, bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik
mehnatini ulug‘lash, Orol muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish mavzulari
alohida o‘rin egalladi.
313
Atoqli yozuvchining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz
tomonidan munosib taqdirlandi. U “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston
xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati”
ordenlari hamda Vatanimizning oliy mukofoti — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni
bilan taqdirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: