O‘z
Ўз
Руc En Kz Tj
Qidirish
Suv va suvdan foydalanish, unga boʻlgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan Qonun
maʼqullandi
Mamlakatimizda
21 Oktabr 2021
321
Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mazkur Qonun bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish
sohasidagi vakolatlari kuchaytirilmoqda, suv isteʼmolchilari uyushmalarining faoliyati oʻz aʼzolarining har yillik
aʼzolik badali, shartnoma asosida suvni yetkazish va boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar hamda
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilmoqda.
Shuningdek foydalanuvchilar majburiyatlari qatoriga raqamli texnologiyalarni joriy qilish shartligi
kiritilmoqda.
Shu bilan birga, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga suv obyektlarining suvni muhofaza qilish
va sanitariya-muhofaza zonalari rejimini buzish taqiqlanmoqda.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi suv isteʼmolchilarining
majburiyatlariga
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga doir har bir loyihaga davlat byudjetidan ajratilgan
subsidiyalardan kamida
besh yil samarali foydalanish, shuningdek, suvni
tejash imkonini beradigan
agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish shartligi kiritilmoqda.
Suv yetkazadigan zararli taʼsirdan muhofaza qilish, zararli taʼsirning oldini olish va uni bartaraf etish tadbirlari
davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning balansidagi obyektlarda tegishli byudjet mablagʻlari
hisobidan, suv isteʼmolchilari balansidagi obyektlarda esa oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi
belgilanmoqda.
Mazkur Qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni
jadallashtirish va
suvdan oqilona foydalanilishi, suv isteʼmolchilari uyushmalarining suvdan foydalanishni
tartibga solish boʻyicha
vakolatlari kengayishi, koʻrsatilgan suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlarning oʻz
ʻ
vaqtida undirilishi hamda moliyaviy holatini yaxshilashga, suv xoʻjaligi obyektlaridan
foydalanishda davlat-
xususiy sherikchilik tamoyillarini joriy qilish va davlat byudjeti xarajatlarini kamaytirishga va boshqa
natijalarga erishiladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Nashr etmoq
# Oliy Majlis