Bog'liq Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish (1)
3.6 - rasm. Foydaning ehtimoliy zararlar taqsimoti egri chizig‘i Uchinchi nuqta (
F=VR va
V=V kr ) zararlar hajmi muvofiq ravishda
Vr tushumga teng ekanini ko‘rsatadi. Bu kabi zararlar ehtimolligi
V kr ga teng.
2 va
3 - nuqtalar jiddiy risk hududi chegarasini aniqlaydi.
4 - nuqta (
f=IS va
V=V kt ) tadbirkorning mulkiy holatiga teng bo‘lgan
zararlarni xarakterlaydi, uning ehtimolligi
V kr ga teng.
3 va
4 - nuqtalarda fojiali risk hududi joylashadi.
Tadbirkorning mulkiy holatidan oshib tushadigan zararlar ko‘rib chiqilmaydi
va ularni talab qilish mumkin emas. Kutilayotgan risk haqida mulohaza yuritishga
imkon beruvchi zararlar egri chizig‘i muhim ko‘rsatkich hisoblanadi, shuning
uchun qurilgan egri chiziqni risk egri chizig‘i deb atash ham mumkin.
Masalan, agar fojiali zararlar ehtimolligi ko‘rsatkichi o‘ta yuqori xavf haqida
mu’lumot bersa, ehtiyotkor tadbirkor bu kabi ishdan voz kechadi va riskka
bormaydi.
Shunday ekan, tadbirkorlik faoliyatida riskni baholash jarayonida risk
ehtimolligi egri chizig‘ining hamma nuqtasini qurish shart emas, balki to‘rtta xa-
rakterli nuq-tani qurib olish, bu riskni baholashni muvaffaqiyatli amalga oshirilga-
nidan darak beradi.
Risk ko‘rsatkichlari -
V r ,V kr ,V d ,V kt larni bilish tadbirkorlik to‘g‘risidagi qaror-
larni qabul qilishga imkon beradi. Ammo tadbirkorlik qarorlarini baholash uchun
riskning ko‘rsatkichlarini baholash yetarli emas.
Tadbirkor risk ko‘rsatkichlarini belgilashda quyidagi parametr mohiyatiga
ahamiyat qaratsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Unga ko‘ra
K d = K kr = 0,01, K kt = 0,001 bu ko‘rsatqichlarni tadbirkorlik
risklarini tahlil qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan riskning chegaraviy nuqtasini
umumiy shartlari sifatida qabul qilamiz.
A. Risk ko‘rsatkichidan ortib ketmasligi kerak.
B. Jiddiy risk ko‘rsatkichi hajmidan kichik bo‘lishi kerak.
V. Fojiali risk darajasidan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini
rivojlantirish uchun qarorlar qabul qilishda risk elementlarini hisobga olish zarurati
ham ortib boradi. Qarorni qabul qilish uchun har bir loyiha qanday xarakterga ega
ekanligi, xavf-xatar mezonlarida qanday ko‘rsatichlardan foydalanganligiga ham
e’tibor qaratiladi. Eng yaxshi loyihani asoslashni kutilayotgan foydaning matritsali
tahlili asosida amalga oshirish mumkin. Risk asosidagi loyiha
T i bo‘yicha kutila-
yotgan foydaning matematik ifodasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
т i i i i E S T 1