Etnologiya uzb



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/86
Sana28.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#712423
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86
«Etnologiya» atamasi- yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) 
va «logos» (swz, ma`no) swzlaridan tashkil topgan. Uning asl ma`nosi «xalqshunoslik» deb tarjima 
qilinadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» swzini boshqa g`ayri xalq (elatlar)ga nisbatan 
ishlanganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha Etnologiya atamasi bilan birga Etnologiya, madaniy 
yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi.
Ba`zi evropalik olimlar Etnologiyani nazariy fan, Etnologiyani esa ta`riflovchi fan sohasi deb 
aytadilar. Aslida ikkala atama ham mazmunan sinonim, ya`ni bir ma`noni anglatuvchi tarix fani 
sohasi desa bwladi.
XIX asrlargacha «Etnologiya» atamasi fanda ba`zan ayrim etnografik jarayonlarni 
tasvirlashda ishlatilib kelingan. Mazkur atamani xalqlarni va madaniyatlarni wrganishdagi yangi 
fan sohasi sifatida birinchi marta frantsuz olimi Jan Jak Amper ishlatgan. U 1830-yilda 
«antropologik», ya`ni gumanitar fanlar umumiy klassifikatsiyani ishlab chiqqan va shu tizimga 
«Etnologiya» swzini kiritgan. Bu atama qisqa muddatda keng tarqalib mustaqil fan sifatida 
tanilgan. 
Rasmiy ravishda Etnologiya mustaqil fan sifatida 1839-yili Parij Etnologiya jamiyatiga asos 
solingan davrdan boshlab tan olingan. Albatta, bunday holat yengil, murosasig` wtmagan, yangi 
fanning predmeti, maqsad va fan olamida tutgan wrni tevaragida, jiddiy ilmiy-nazariy kurashlar 
bwlib, ayrim ywnalish va maktablarni yuzaga keltirgan.
Swnggi vaqtda taniqli tadqiqotchilar Etnologiyani tarixiy fan ekanligini ta`kidlab, uni 
jahondagi barcha elat va xaqlarni, qoloq yoki rivojlangan bwlishidan qat`i nazar, teng, baravar 
wrganuvchi fan sohasi deb tan oldilar. XIX asr wrtalarida G`arbiy Evropa mamlakatlarida 
Etnologiya fanining tez sur`atlar bilan wsishi mustamlakachilik siyosatining keng miqyosida 
wtkazilishi bilan bog`liq bwlgan. Mustalakachi davlatlar Afroosiyo wlkalarida wziga qaram qilib 
olgan wlkalarni boshqarish maqsadida har tomonlama xilma-xil etnografik ma`lumotlarga muhtoj 
edilar. Shuning uchun ham bunday ma`lumotlarni faqat Etnologiya etkazib berishi mumkin edi. 
Shuni ham alohida qayd etish lozimki, bu fan sohasi hozirgacha yagona ta`rifga ega emas. 
Yaqin davrlargacha adabiyotlarda ikki turdagi ta`rif mavjud edi. Barcha entsiklopedik lug`atlarda 
chop etilgan ta`rif asosan, mashhur rus olimi S.P.Tolstovning swzlarini qaytalagan. Uning 
yozishicha, «Etnologiya turli jahon xalqlarining madaniy va maishiy hayoti xususiyatlarini asosan, 
bevosita kuzatish ywli bilan wrganadigan, mazkur xususiyatlarning tarixiy wzgarishi va rivoji
xalqlarning kelib chiqishi (etnogenez), joylashuvi (etnik geografik) va madaniy-tarixiy wzaro 
munosabatlari muammolarini tadqiq qiluvchi tarixiy fan»dir. M.G.Levin, S.A.Tokarev, 
Yu.V.Bromley va G.E.Markov kabi mashhur etnolog olimlarning ikkinchi turdagi Etnologiya 
(Etnologiya) ta`riflari bir oz qisqa ixcham bwlsa-da, ammo mazmunan S.P.Tolstov ta`rifini 
takrorlaydi. 
Har bir fanning wziga xosligi uning tadqiqiy predmeti va uslubi bilan belgilanadi. Etnologiya 
fani shakllana boshlagan davrdan hozirgacha mufassal saqlanib kelayotgan mavzu etnik 
madaniyatlarning wzaro munosabatlarining genezisi muammolari bilan bog`liq bwlgan. 
Hozirgi kunda Etnologiya fanining yutuqlari ijtimoiy hayotning turli ohalarida, siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda, ommaviy mulohatlar, xalqaro savdo va diplomatik 
munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol wynamoqda. Demak, barcha mavjud mulohaza va 
wy-fikrlarni, kontseptsiya va ywnalishlarni umumiylashtirib quyidagi ta`rifni berish maqsadga 
muvofiq: «Etnologiya – har xil elat va xalqlarning kelib chiqishi, etnik tuzilishi va shakllanishi, 
wziga xos moddiy va ma`naviy xususiyatlari, turmush tarzi, etnik tabiati, xarakteri va his-
tuyg`ularini wrganadigan fan sohasidir». 
Etnologiya fanining umumilmiy ahamiyatini kamsitmay, uni umumtarix fani tarkibida 
mustaqil metodologik (dunyoqarash) xususiyatiga ega ekanligini alohida qayd qilish lozim. 


10 
Etnologiya ayrim xalq va elatlarni wrganishda etnik tarixning barcha tomonlari ijtimoiy jarayon 
bilan bog`liq bwlganligi tufayli keng ma`noda madaniyat sohasida milliy-madaniy xususiyatlarni 
tarixiy arxeologik, iqtisodiy-geografik tadqiqotlar wtkazishda eng zarur materiallarni etkazib 
berishi mumkin. Bunday holat fanning boshqa soha vakillari etnologik tadqiqotlar natijalaridan 
foydalanib uni qwshimcha (yordamchi) soha sifatida munosabat bildirishlarida kwzatiladi. Swnggi 
yillarda paydo bwlgan etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnogeografiya kabi egizak fan 
tarmoqlarining paydo bwlishi bejiz emas. 
Demak, Etnologiya zamonaviy fan sohasi sifatida umumilmiy va sotsial ahamiyatga ega 
ekanligini qayd qilib, uni
1) insoniyot tarixi va ayrim xalqlarning etnik muammolarini metodologik jihatdan mustaqil 
hal qilishga qobil dunyoqarash;
2) inson va jamiyatni wrganuvchi boshqa ijtimoiy fanlarga qwshimcha materiallar beruvchi 
ilmiy soha;
3) davlatlar va hukumat arboblari siyosiy jihatdan dolzarb milliy muammolarni twg`ri hal 
qilishda, irqchilik, millatchilik va shovinizm kabi illarlarga qarshi kurashda muhim asos bwlib 
xizmat qiladigan fan hisoblanadi. 
Ma`lumki, tarixiylik va tarixiyq-qiyoslash ilmiy dunyoqarashning butun metodologik negizini 
tashkil qiladi. Tarixiy yondashish har bir predmetni, shu jumladan, ayrim fanni twg`ri 
tushunishning birdan-bir haqqoniy usuli sanaladi. Shu bois Etnologiya fanining mohiyati va 
jimiyatda tutgan wrnini belgilash uchun uning tarixiga bir nazar tashlash zarur. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish