79
davrda shakllangan. Evropaliklar kelgunga qadar Amerikaning tub aholisi asosan, qadimiy
dehqonchilik madaniyati markazlari janubiy Meksika va And tog`larida joylashgan.
Hozir AQSh va Braziliyada 100 dan ortiq turli xalqlar, Kanada, Meksika va Argentika 50 dan
kwproq, Boliviya, Venesuela, Peru, Kolumbiya va Chilida 25 ga yaqin xalq va elatlar yashaydi. 30
dan ortiq xalq bir milliondan kwp sonli aholi 1985-yili AQShda (240 mln.), Braziliyada (135,5
mln.), Meksikada (78,5 mln.), Kolumbiyada (28,4 mln.), Kanadada (25,3 mln.), Argentinada (30,5
mln.), Peruda (19,7 mln.), Venesuelada (17,3 mln.), Chilida (12,1 mln.) yashaydi. Tub aholi
hisoblangan hindilarning avlodlari butun aholining taxminan 6|1 qismi tashkil qiladi. Shulardan eng
kwp sonli xalqlar: kuchaya 13,2 mln. (Peru, Ekvador, Boliviya), guarani 2,9 mln. (Paragvay),
aymara 2 mln. (Boliviya, peru), atseklar 1,3 mln. (Meksika), algonkinlar 350 ming, atapasklar 285
ming, chibcha-muiska 270 ming va boshqalar.
Evropada mustamlakasi natijasida kwp asrlik murakkab etnik jarayon rwy berib tub aholining
faqat lingvistik va antropologik tuziishidagina emas, uning turmush tarzida ham jiddiy wzgarishlar
bwlib wtadi. Albatta, mazkur jarayon tabiiy bir holat bwlmasdan, balki zwrlik va vahshiylik bilan
amalga oshirilgan. Mustamlakachilarning hindilarni ochiqdan-ochiq qirib tashlash siyosati Amerika
tarixining eng fojiali sahifalaridan hisoblanadi.
Istilochilar keltirgan qirg`in, og`ir mehnat va turli yuqumli kasalliklar millionlab hindilarning
yostig`ini quritgan edi. Ayniqsa, Vest-Indiya aholisi XVI asrning birinchi yarmidayoq fodiali
taqdirni
boshdan kechirgan, oqibatda hindilar wsha davrda deyarli butunlay qirilib ketgan va
ularning avlodlaridan nomu nishon qolmagan. Faqat kwp sonli qadimiy madaniyat yaratgan xalqlar
(aymara, guarani, Janubiy Meksika hindilari) va Janubiy Amerikaning ichki twqayzorlarida,
Amazonka va Oriniko daryolarining vohalaridagi tropik wrmonlarda yashaydigan hindilar qisman
etnik hududini hamda madaniy xususiyatlarini saqlab qolganlar.
AQShning aholisi qurama bwlib, uning asosiy tili inglizcha, faqat 10 foiz aholi wz ona tilida
gapiradi. Bir necha asrlik assimilyatsiya natijasida hozirgi ingliz tillik Amerika millati shakllangan.
Shunisi qiziqki, qit`ada yashovchi roman-german tillarida gapiradigan kishilarning soni shu
tillarning vatanidagi aholiga nisbatan bir necha marta kwp. Masalan,
ingliz tilining vatani
Angliyada 56 mln. kishi shu tilda gapirsa, Amerikada inglizchada 200 mln.ga yaqin kishi gapiradi.
Ispaniyada 36 mln.dan ortiq kishi ispancha gapirsa, shu tilda gapiradigan kishilar Amerikada 200
mln. dan oshadi. Partugaliya tili vatanida 10 mln.ga yaqin portugalcha gapirsa, Braziliya shu tilda
115,5 mln. aholining tiliga aylangan. Umuman, qit`adagi aholining kwpchiligi roman tillarida
(ispan, portugal va frantsuzcha – 54 foizdan ortiq) v agerman tillaridagi xalqlar (inglizcha 35 foiz),
qolgan aholi hindilar va boshqa kelgindi mayda millatlardan iborat.
Evropaliklar bilan negrlar aralashmasidan paydo bwlgan avlodlar «mulat», deb nom olgan.
Ular negrlar kwproq bwlgan joylarda tarqalgan. Vest-Indiyada bunday avlodlar hatto maxsus
terminlar bilan atalgan. Masalan, avlodda 4|1
qismi negr hisoblansa, «kvarteron», 8|1 qismi
«oktron», 16|1 qismi «musti», 32|1 qismi «mustefino» deb nom berilgan. Mazkur tizim asosida
kishining ijtimoiy wrni belgilangan. Agar «oq tanli» bilan «Mustefino»dan bola tug`ilsa, u oq tanli,
deb tanilgan va erkinlar qatoriga kirgan (hatto ota-onasi qul bwlsa ham).
Markaziy Amerika, Kolumbiya va Ekvadorda hindi bilan negrlar nikohidan paydo bwlgan
avlodlarni «sambo» deb ataganlar. Bulardan tashqarii, XIX asrning 30-yillarida
qllik mann
qilingandan keyin Amerikaga Hindiston va Xitoydan kontrakt asosida yllamnma ishchilar keltirila
boshlandi. Ularning kwpchiligi Vest-Indiya mamlakatlariga joylashib yangi etnik guruhlarning
shakllanishida ishtirok qilganlar.
Shimoliy Amerikada juda kwp frantsuzlar, italyanlar, nemislar,
slavyan xalqlari va boshqa
millatlar yashaydi. Masalan, Kanadada frantsuzlar aholining 3|1 qismini tashkil qiladi. XIX asr
oxirlaridan boshlab Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga arablar, Livan va Falastindan kwchib kela
boshlaganlar.
80
Hozirgi Amerika mamlakatlarida barcha elat, qabila va xalqlar millat bwlib shakllanmoqda.
Muayan iqtisodiy, hududiy, ruhiy va ma`naviy madaniyat birligi negizida Amerika, Kanada,
Meksika,
Braziliya, Venesuela, Kuba, Kolumbiya va boshqa wnlab zamonaviy millatlar paydo
bwlmoqda. Amerika aholisining, ayniqsa, Markaziy va Janubiy qismida joylashgan davlatlarning
tarixiy taqdiri,
til birligi, bir din (katolitsizm)ga taalluqli ekanligi v atabiiy sharoitining nisbatan
yaqinligi mazkur jarayonni ancha tezlashtirmoqda. Lekin Shimoliy Amerika bilan Lotin Amerikasi
orasidagi sotsial-iqtisodiy, etnik va madaniy tafovutlar qit`a aholisining wziga xos xususiyatlarini
belgilab, ularning demografik rivojiga ham zwr ta`sir qilib kelmoqda.
Hozirgi davrda Lotin Amerikasining aholisi Shimoliy Amerikaga nisbatan uch hissa tez
sur`atlar bilan wsmoqda. Lotin Amerikasi dahonda eng
yosh mintaqa, uning aholisining yarmidan
kwpi 20 yoshga ham yetmaydi. 1960-yillarda Amerikaning shimoliy qismi bilan Lotin Amerikasi
aholisining soni taxminan teng bwlgan bwlsa, 1875-yilga borib shimolga nisbatan 3|1 qism
kwpaygan. XX asr oxiriga kelib, Lotin Amerikasining aholisi Shimolga
qaraganda taxminan ikki
baravar oshdi. Bunday hodisa qit`aning etnik qiyofasiga ham ta`sir qilmay qolmaydi, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: