Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169
Bog'liq
30 11

 
 


66 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4 - MAVZU: AHOLI TABIIY HARAKATI VA UNING DUNYO 
MIQYOSIDA GEOGRAFIK TAFOVUTLARI 
 
Reja: 
4.1.
Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari 
4.2.
Tug‗ilish jarayonining mintaqaviy jihatlari 
4.3.
Aholi o‗limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar 


67 
4.4.
Aholi o‗limi va hayot davomiyligi 
 
4.1.
 
Dunyo aholisi tabiiy harakati va uning geografik xususiyatlari 
 
Demografik vaziyat ma‘lum davrdagi ma‘lum hududning demografik holati 
bo‗lib, u aholining soni, tarkibi va demografik jarayonlari asosida yuzaga keladi. 
Aholi geografiyasi va demografik tadqiqotlarda aholi soni eng asosiy 
ko‗rsatkichdir. Yuqorida qayd etilganidek aholi soni dinamikasidagi o‗zgarishlarni 
tahlil etganda uning mutloq va nisbiy ko‗rsatkichlaridan foydalaniladi. Aholi 
sonining juda yuqori sur‘at bilan ko‗payib, yoki kamayib kyetishi demografik 
vaziyatni keskin o‗zgarishiga olib keladi. Demografik vaziyatning shakllanishida 
aholining sotsial, yosh, jinsiy va oilaviy tarkibi, muhim omil hisoblanadi. Jinsiy 
mutanosiblik, aholi tarkibida reproduktiv yoshdagi aholi, yoshlar salmog‗ining 
yuqoriligi nikoh va tug‗ilish jarayonlariga ijobiy ta‘sir etib, aholi sonining 
muntazam ko‗payib borishini ta‘minlaydi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar 
salmog‗ining yuqoriligi demografik vaziyatga o‗ziga hos ta‘sir etadi. Bunday 
vaziyatda aholi tabiiy o‗sishi kamayib, mehnat resurslari shakllanishi sustlashadi 
va h.k.
Demografik vaziyatni yuzaga kelishida demografik jarayonlar alohida 
ahamiyatga egadir. Demografik jarayonlar-insonlarning hayotida ularning 
avlodlarini almashuvi bilan bog‗liq bo‗lgan voqealarning kechishidir. Asosiy – 
demografik jarayonlarga tug‗ilish, o‗lim, nikoh va ajralish (nikohning bekor 
etilishi yoki tugatilishi) kiradi.


68 
Demografik jarayonlar o‗z mohiyatiga ko‗ra ikki xil xususiyatga egadirlar. 
Birinchisi, tug‗ilish va nikoh bo‗lib, bu jarayonlar avlodlar almashinuvida, inson 
naslini davom yetishida, aholi sonining ko‗payib borishini ta‘minlovchi-ijobiy 
xususiyatga ega bo‗lgan to‗ldiruvchi omillardir. O‗lim va ajralish esa aksincha, 
aholi sonini qisqarishiga olib keluvchi, avlodlar almashinuviga salbiy ta‘sir 
etuvchi-kamaytiruvchi omillar hisoblanadi.
Demografik jarayonlar ta‘sirida aholida har kuni, har soatda turli demografik 
hodisalar sodir bo‗ladi: ko‗plab chaqaloqlar tug‗iladi, aholining ma‘lum qismi 
hayotdan ko‗z yumadi, qator nikohlar qayd etilib, yangi oilalar tashkil topadi, ba‘zi 
nikohlar esa buziladi, ajralishlar, aholini bir qismi ko‗chib ketsa, yana bir qismi esa 
ko‗chib keladi. Shunday qilib, demografik tarkib yildan-yilga o‗zgarib turadi. 
Bunday jarayonlar bir qaraganda, oddiy bo‗lishi muqarrar jarayonlardek ko‗rinadi, 
lekin mazkur jarayonlarning sodir bo‗lishi juda ko‗p sotsial-iqtisodiy omillar bilan 
bog‗liqdir. 
Ana shu omillarni demografik jarayonlarga ta‘siri, ta‘sir mexanizmi vaqtlar 
davomida jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o‗zgarib turadi. Natijada, 
demografik jarayonlar ham miqdor ham sifat jihatidan har bir davrda, ijtimoiy-
iqtisodiy formatsiyada turlicha kechadi. Shu bois demografik jarayonlarni 
o‗rganishda avvalo: 1) alohida demografik jarayonlar, umuman aholi takror barpo 
bo‗lishi xususiyatlarini o‗zgarishida qanday qonuniyatlar mavjud; 2) alohida 
davrlar formatsiyalar demografik jarayonlarining shakllanishida, aholi takror barpo 
bo‗lishiining sifatiy xususiyatlarida qanday omillar asos bo‗lgan? kabi savollarga 
javob berish lozimdir. Mazkur savollarning javobi esa demografik tahlil yordamida 
aniqlanadi.
Demografik tahlilning asosiy vazifasi eng avvalo, demografik jarayonlar 
aholi takror barpo bo‗lishi rivojlanishining barcha sifatiy qonuniyatlarini, sotsial-
iqtisodiy shart-sharoitlarini, ma‘lum davrda yoki ijtimoiy-iqtisodiy bosqichda 
demografik jarayonlarga ta‘sir etgan omillar tizimini aniqlashdan iboratdir. 
Demografik tahlilda demografik jarayonlarning mutloq (miqdoriy ifodasi) va 


69 
nisbiy (demografik koeffisientlar) ko‗rsatkichlaridan, demografik statistika, 
kartografik va demografik uslublardan foydalaniladi.
BMT tomonidan 1992 yili Rio-de-Janeyroda o‗tkazilgan xalqaro 
konfyerensiyada demografik muammoni hal etish har bir davlatning barqaror 
rivojlanish dasturining asosiy qismi bo‗lishi kerakligi ta‘kidlangan. Har bir davlat 
ichki imkoniyatidan kelib chiqib, o‗sib borayotgan aholisini boqishi, hayoti uchun 
zarur shart-sharoit yaratishda o‗zining demografik siyosatini, maqsadi va 
vazifalarini belgilab olishi zarur. 
Bugungi kunda Yevropa davlatlarida oiladagi farzandlar soni demografik 
mezondan (2,5 ta bola) ancha past bo‗lib, ular ―demografik inqiroz‖ holatidadurlar. 
Yevropa bo‗yicha 2017 yilda tug‗ilishning umumiy koeffitsienti (1000 aholiga 
nisbatan tug‗ilganlar soni) ham 11 promilleni, o‗limning umumiy koeffitsienti 
(1000 aholigi nisbatan o‗lganlar soni) ham 11 promilleni tashkil etib, aholining 
tabiiy o‗sishi 0,0 ga teng bo‗lgan. Qator davlatlarda esa o‗lganlar soni 
tug‗ilganlardan yuqori bo‗lib, aholi sonini kamayishi, ya‘ni aholining qisqargan 
takror barpo bo‗lishi kuzatilmoqda. Bunday davlatlarga Shimoliy Yevropadagi 
Latviya, Litva, G‗arbiy Yevropadagi Germaniya, Sharqiy Yevropadagi 
Belarussiya, Bolgariya, Vengriya, Moldaviya, Ruminiya, Rossiya, Ukraina, 
Janubiy Yevropadagi Xorvatiya, Serbiya kabi davlatlar kiradi. Bugungi kunda 
demografik inqirozning eng yuqori holati Rossiya davlatida kuzatilmoqda. 2017 yil 
Rossiya tug‗ilish 13; o‗lim 13; aholining tabiy o‗sishi -0,0 promilleni tashkil etgan 
(4.1-jadvalga qarang). 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish