chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o‘tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda
nimani o‘rganish qancha vaqt mobaynida o‘rganish kabi muhim muammolar hal
etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi.
Masalan, umumiy psixologiyada kuzatish metodini oladigan bo‘lsak, u sotsial
psixologiyada o‘ziga xos sotsial sharoitlarda o‘ziga xos vaziyatlarda va ma’lum
guruhlarda ishlatiladi. Bunda tadqiqotchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo‘l
bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman,
kuzatuvni qancha vaqt
mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina ilmiy
tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja
asosida kuzatuvchining qiziqtirgan u yoki bu sotsial xulq-atvor shakllari qayd etiladi.
Bu uslub qo‘llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim.
Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo‘lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos
kelishi, kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab
chiqish, ma’lum reja sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish,
olingan
natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko‘rish.
Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko‘ra kuzatish har xil
bo‘ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish ob’yekti bo‘lmish odamlar
guruhi bilan birga yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot
to‘playdi. Bunday kuzatish turi «Birgalikdagi kuzatuv» deb ataladi.
Bunday
kuzatishning klassik misoliga amerikalik sotsial psixolog U.Uaytning o‘smirlar
psixologiyasi, ular guruhidagi sotsial psixologik hodisalarni o‘rganishga qaratilgan
mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi
og‘ir o‘smirlar xulq-atvorining sotsial motivlarini o‘rganish maqsadida ular bilan
uzoq vaqt mobaynida bo‘lib, ma’lumot to‘plagan. U kuzatishlari oqibatida 92%
tarbiyasi og‘ir bolalarning o‘z sinfida va oilasida yaqin kishilari bo‘lmaganligini
aniqlagan.
Boshqa hollarda esa kuzatuvchi o‘z ob’yektini chetdan kuzatadi, shuning
uchun ham bunday kuzatuv turi «chetdan kuzatuv» yoki «ob’yektiv kuzatish» deb
ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tashqi xulq-atvorini qayd
qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l
bilan ilmiy faktlarni
30
isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham sotsial psixologiyada yordamchi usul sifatida
ishlatiladi. Oxirgi paytlarda ob’yektiv kuzatishning «muhim vaziyatlarni qayd etish»
formasi keng qo‘llanilmoqda. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda alohida
shaxs yoki odamlar guruhi kutilmagan,
tasodifiy vaziyatga solinib, ularning shu
vaziyatga munosabati, undan chiqish yo‘llari, ziddiyatlarga munosabati, qiyin holatda
o‘zini qanday tutishi kuzatiladi. Masalan, tabiiy sharoitlarda ham o‘quvchilar
guruhlarida turli munozarali o‘yinlar sharoitini yaratish yo‘li bilan har bir shaxsning
sotsial psixologik sifatlarini kuzatib, qayd etish mumkin.
Bizning fikrimizcha sotsial psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning
xulq-atvorini kuzatish muhim ma’lumotlar to‘plashga yordam beradi, chunki bunda
kuzatish metodiga xos bo‘lgan eng qimmatli narsa sharoitning
tabiiyligi saqlanib
qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: