Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»



Download 379,91 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.06.2022
Hajmi379,91 Kb.
#709765
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi m

Birinchidan,
mavjud umumta'lim dasturlarini to’liq o’zlashtirishga 
intiladigan o’quvchilar uchun o’quv yuklamalarining haddan ortiqligi muammosi 
mavjud. 
Ikkinchidan,
yuqori sinf o’quvchilari (akademik litseylar va kasb-hunar 
kollejlari bitiruvchilari) oladigan bilimlar ba'zan ijtimoiy vaziyatlarga amalda kam 
moslashtirilgan. 
Uchinchidan,
bitiruvchilarda 
tavsiya 
etilayotgan 
bilimlarni 
sifatli 
o’zlashtirish darajasi unchalik yuqori emasligi kuzatilmoqda. 
To’rtinchidan,
ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ajratiladigan dars soatlari 
miqdori deyarli o’zgarmagan holda, o’quv rejasini gumanitarlashtirishga 
intilishning kuchayishi kuzatilmoqda. Yangidan-yangi “kichik fancha”lar yuzaga 
kelishi bilan bir vaqtda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’rganish hajmi tobora 
kamayib 
bormoqda. 
Bularning 
ijtimoiy-gumanitar 
yo’nalishdagi fan 
o’qituvchilarining dars soatlari hajmiga, ularning tayyorgarlik darajasiga va 
o’quvchilarning ushbu fanlarni o’zlashtirishlari sifatiga ta'sir qilishi shubhasiz 
albatta. 
“Shaxs va jamiyat” fanini o’qitish jarayoniga ta'sir qiluvchi boshqa 
muammolar ham mavjud, jumladan, o’rta umumta'lim, o’rta maxsus va kasb- 
hunar o’quv muassasalarida ushbu fanga mutaxasislashgan o’qituvchilarining 
etishmasligi, “jamiyatshunoslik o’qituvchisi” mutaxassisligi bo’yicha talabalar 
tayyorlash hajmining qisqartirilgani, ba'zi oliy pedagogik o’quv yurtlarida 
umuman to’xtatilgani, talabalar pedagogik amaliyotiga ajratilayotgan soatlar 
miqdorining qisqarishi. Shuning uchun ko’pgina o’rta umumta'lim, o’rta maxsus 
va kasb-hunar muassasalarida ushbu fanni asosan tarixchilar o’qitmoqdalar. Lekin 
bunday ixtisosdagi o’qituvchilarning etishmasligi sababli dars berishga ko’p 
hollarda boshqa mutaxassislik o’qituvchilari jalb qilinmoqda. Ular esa o’zlari 
istamaganliklari uchun emas, balki ob'ektiv ravishda “Shaxs va jamiyat” fanidan 
etarli darajada dars o’ta olmaydilar. 
Hozirgi vaqtda ko’rsatilgan muammolarni qisman hal etish uchun 
respublikamiz olimlari va pedagoglari tomonidan “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha 
umumta'lim maktablarining XI sinf o’quvchilari va o’rta maxsus, kasb- hunar 
ta'limi muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari uchun tamomila yangicha, 
amaliyot bilan bog'liq holda dars berishga va bilimlarni o’zlashtirishga qaratilgan 
o’quv adabiyotlarini yaratish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bunday adabiyotlar qatorida N. Jo’raev va Sh. Azizovlarning “Shaxs va jamiyat” 
o’quv qo’llanmasini va bir guruh mualliflar (S. Mamashokirov, A. Hukimov, M. 
Lafasov, S. Shorin, I. Karimov, O. Ovcharenko, S. Sayapin, K. Hayitova, A. 
Hasanov, B. Rahmonov) tomonidan tayyorlangan “Shaxs va jamiyat” o’quv 


14
qo’llanmasini qayd etib o’tish mumkin. 
O’quv qo’llanmasi mazmuniga va materiallarni bayon etishga oid 
kontseptsiya to’g'risida O’quvchilarning ushbu fan bo’yicha dasturiy talablarni 
o’zlashtirishlarini yaxshilash maqsadida o’quv qo’llanmasining mualliflari (S. 
Mamashokirov, A. Hukumov, M. Lafasov va boshqalar) butun materialni ikkita 
yirik bo’limga va uchinchi qo’shimcha-axborot-ma'lumot bo’limiga 
taqsimlaganlar. Birinchi bo’lim o’quv qo’llanmasida “NAZARIY 
MASALALAR”, ikkinchi bo’lim “AMALIY Mashg’ulotLAR” deb nomlangan. 
Matnlarni havola qilish uslublari va materiallarni bayon qilish xususiyatlariga 
ko’ra, ushbu bo’limlar bir-biridan ancha farq qiladi. Ularni tushuntirishga 
to’xtalib o’tamiz. 
Birinchi bo’lim “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha birlamchi nazariy 
axborotlarni etkazuvchi sifatida xizmat qiladi. Bu axborotlarni o’qituvchining 
ma'ruzasidagi va o’quvchilarning mustaqil o’quv-izlanish faoliyatida olinadigan 
materiallar bilan to’ldirish va kengaytirish zarur. 
Ikkinchi bo’lim materiallari o’quvchilarga o’rganilayotgan hozirgi zamon 
dunyosi va jamiyatining murakkab tuzilishini ochib berishga qaratilgan 
muammolarni tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Bu qism nazariy va amaliy 
materiallarni muammoli holda bayon etishni ko’zda tutadi. Shuningdek, uning 
mazmuni nafaqat o’quvchilarning aqliga, balki ularning his-tuyg'ulariga ham 
murojaat qilish imkonini beradi. 
Ikkinchi qism materiallarini tanlash va yoritilish xususiyatlari qo’shimcha 
tushuntirishni talab qiladi. Bu quyidagilardir: 
-nazariy qismning asosiy tushuncha va qoidalari bizni qurshab turgan dunyo 
hodisalari tahlilini kengaytirish uchun xizmat qiladi; 
-ko’tarilayotgan muammolarni “o’tmish-hozirgi zamon” ko’rinishida parallel 
taqqoslab tahlil qilish usuli ularning muhim ekanligini ravshanroq tasavvur 
qilishga yordam beradi; 
-mahalliy va xorijiy materiallar mavjudligi milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar har bir shaxsning hatti-harakatlariga ta'sir ko’rsatishini ochib berishga 
imkon yaratadi; 
-badiiy adabiyot va publitsistik matnlardan parchalar jalb qilinishi materialni 
tushuntirishning emotsional-huquqiy jihatini kuchaytiradi. 
Bu esa xulq-atvor qoidalarini o’rganishda va hamma tomonidan qabul 
qilingan huquqiy me'yorlarga amal qilish zarurligini tushuntirishda ayniqsa 
muhimdir; 
-milliy qonunchilikka oid va turli xalqaro hujjatlardan keltirilgan parchalar 
amaliy qismda ko’tarilayotgan masalalarning umumiyligi va olamshumulligini 
tushunishga ko’maklashadi. 
Ikkala qismni nima birlashtiradi. Qo’llanmaning birinchi va ikkinchi 
qismlari, eng avvalo, umumiy tushuncha-atamali materialga egaligi hamda 
o’qituvchiga mavzular matnini o’zgartirish, materiallardan foydalanishga ijodiy 
yondoshish imkoniyatini berishi bilan birlashtirilgan. 
O’quv qo’llanmasining navbatdagi va asosiy jihati jamiyat va davlat 
hayotining tarixiy va hozirgi muammolariga oid ham milliy, ham g'arb 
mamlakatlariga oid faktologik, adabiy va boshqa materiallarning mutanosib 


15
ravishda mavjudligidir. 
Qo’llanma materiallarini tanlash va bayon qilish kontseptsiyasini yaratishda 
mualliflar “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha darslarda akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarining uchinchi kurs o’quvchilari uchun o’rta maktabning 11- 
sinfidagi o’qishdan farqli ta'lim muhitini vujudga keltirish lozimligidan kelib 
chiqqanlar. Bu, bir tomondan, o’quvchilarning yoshga oid xususiyatlari bilan 
bog'liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, litsey va kollejlardagi o’quv jarayonini tashkil 
etish metodikasi bilan bog'liqdir. Ma'lumki, litsey va kollejlarda mashg’ulotlarning 
sinf-dars shakli emas, balki ma'ruza-amaliy o’quv faoliyati ko’pro bo’lishi nazarda 
tutiladi. O’qitishning ma'ruza-amaliy tizimi darsni katta q hajmdagi 
sistemalashtirilgan ma'lumotlarni o’quvchilarning mustaqil ishiga yo’nalish 
beruvchi asos sifatida uzatish shakliga aylantirish imkonini b eradi. Birinchi qism 
mavzulari o’quvchilarga jamiyatshunoslik muammolarining muayyan ko’lamiga 
kirishda yo’nalish ko’rsatuvchi konspekt, ilmiy kategoriyalarni o’rganishning 
boshlang'ich bosqichi hamda o’qituvchi ma'ruzalarining asosiy qoidalarini 
mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Material tuzilish tartibi o’qituvchiga o’quvchilar e'tiboriga havola qilinadigan 
materialni o’z ma'ruzalarida strukturaviy-mantiqiy sxemalardan, fanlararo 
aloqalardan (masalan, “Ma'naviyat asoslari”, “Umumiy biologiya” va b.), o’zaro 
faollik (interaktivlik) usulidan (masalan, o’quvchilar va pedagogning shaxsiy 
hayot tajribasi) foydalangan holda boyitish va kengaytirish imkonini beradi. 
qo’llanmada qo’shimcha axborot manbalaridan foydalanish bo’yicha muayyan 
eslatmalar bor. Masalan, o’qituvchi tarixiy manbalar, jamiyatshunoslar va 
adabiyotshunoslarning asarlari hamda turli milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro 
hujjatlarni o’rganish bo’yicha ishni tashkil qilishi lozim bo’ladi. 
Ushbu o’quv qo’llanmasi hoshiyalarida eslab qolish uchun sanalar, sitatalar, 
fikrlar keltirilgan, matnga boy hamda o’quvchi o’rganishi talab qilinadigan 
axborotning umumiy ko’lami belgilab berilgan va yagona hujjat hisoblanmish 
odatdagi maktab darsligi emas. Shu bilan birga, o’quv qo’llanmasining tuzilishi va 
unda bayon qilingan materiallar mazmuni “Shaxs va jamiyat” fanining o’quv 
dasturi va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlari 
talablariga mos keladi. 
O’quv qo’llanmasi mavzulariga tavsiyalar tuzishda mualliflar ushbu fan 
o’qituvchilarining aksariyati falsafa, sotsiologiya va huquq kabi fanlar emas, balki 
tarix fani bo’yicha mutaxassis ekanliklarini e'tiborga oldilar. Shu sababli quyida 
bayon qilinadigan materiallarning hajmi turlicha bo’lib, ular birinchi navbatda 
mavjud mavzular bo’yicha maxsus kasbiy qo’shimcha bilimlar zarurligini nazarda 
tutadi. 
Keltirilgan materiallar bir-biri bilan bog'liq va bir-birini to’ldiradi. Ularda 
dunyoni, shu jumladan inson va jamiyatni ilmiy o’rganish muammolari to’g'risida, 
inson vujudga kelishining tabiiy va ijtimoiy omillari, jamiyat rivojlanishining 
qonuniyatlari va sivilizatsiyaviy taraqqiyot bosqichlari to’g'risida ma'lumotlar 
mavjud. 
Ularni o’rganishga uslubiy yondoshuvlarga kelsak, o’quvchilar 
“tsivilizatsiya”, “madaniyat”, “qadriyatlar” kabi tushunchalarni, umuman kursni 
bir butun tizim sifatida tashkil etuvchi asosiy tushunchalarini anglab etishlari juda 


16
muhimdir. Bunda ushbu tushunchalarning ko’p ma'noli ekanligini hisobga olish 
zarur. “Tsivilizatsiya” tushunchasiga keladigan bo’lsak, o’tmishdagi va hozirgi 
zamon tadqiqotchilarining unga bergan ta'riflarini ochib berish kerak. 
Markaziy Osiyo mintaqasining umumtsivilizatsiyaviy jarayondagi o’rniga doir 
masalani muhokama qilish uchun vaqt ajratish zarur. Bunda o’qituvchi mavjud 
ko’plab adabiyotlardan, jumladan, quyidagilardan foydalanishi mumkin: 
- Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana. T., Shark, 2001. 
-S. Norqo’ziev. Inson va jamiyat. Namangan, NamDU. 1997. 
Undan tashqari, o’quvchilaming “jamiyat”, “inson” kabi dunyoqarashning asosiy 
tushunchalarini idrok etishlari uchun hamda jamiyatning murakkab tuzilishga ega 
ekanligini, shijoat bilan o’zgarayotgan voqelikni ko’rsatish uchun ma'lumotlar 
berilgan. Mavjud material hozirgi zamon jamiyatining tuzilishi va rivojlanish 
tamoyillari to’g'risidagi bilimlarni yanada chuqurlashtirish uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi, bu esa o’quvchilarning to’laqonli ijtimoiylashuvi uchun hayotiy 
zaruratdir. 
Shuningdek, o’quvchilarning e'tiborini ushbu fanning boshqa gumanitar 
fanlar (eng avvalo vatan tarixi va jahon tarixi) va tabiiy fanlar (masalan, biologiya, 
ximiya, astronomiya va boshqalar) bilan fanlararo aloqalariga qaratish lozim. 
Ta'lim taraqqiyotining barcha jabhalarida ko’zlangan bosh maqsad- 
Respublika ta'limini o’sib kelayottan yosh avlod ta'lim-tarbiyasini milliy istiqlol 
g'oyalari, talablari asosida tashkil etish; jamiyatimiz qadam qo’ygan XXI asr 
ta'limini taraqqiyot, ma'naviy-madaniy qarashlar ruhida bo’lishini, eng muhimi, 
jahon andozalariga javob bera oladigan darajada bo’lishini ta'minlashdir. Shu 
maqsadlarni amalga oshirish yo’lida bajarilgan dastlabki tashkiliy tadbirlarning 
ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 
Avvalambor, bu ikki qonunni ta'lim muassasalari amaliyotiga tadbiq qilish 
maqsadida alohida istiqbol dasturi ishlab chiqilib, Vazirlik hay'ati majlisida 
tasdiqlandi. Bu hujjatlarning maqsad va mohiyati barcha vositalar orqali ta'lim 
muassasalarida, ota-onalar, aholi o’rtasida keng tushuntirildi. Ta'limga oid 
me'yoriy hujjatlar: kontseptsiyalar, davlat ta'lim standartlari talablari, o’quv 
rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yuqoridagi ikki qonun 
moddalariga muvofiqlashtirildi. Respublikada uzluksiz ta'lim tizimi uzil- kesil 
shakllantirildi. 
“Talim to’g'risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g'risida”gi 
qonunlarning qabul qilinishi mamlakatimiz salohiyatining beqiyos rivojlanishi, 
mustaqil Respublikamizning jahonga keng qamrov bilan chiqishi uchun ulkan 
omildir. Shu boisdan ham O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV 
sessiyasida qayotimizga samarali ta'sir etuvchi jabhalar qatorida ta'lim-tarbiya 
tizimini tubdan o’zgartirish vazifalari ham ustuvor soha sifatida ko’rib 
chiqilganligi bejiz emas. 
Prezident Islom Karimov mazkur sessiyadagi nutqida bu masalaga 
favqulodda katta ahamiyat berib, ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuq va kamchiliklarni 
tahlil etar ekan, tizimda yangilikka intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini 
ta'kidladi. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar 
xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi. 
Ma'lumki, sohaning asosiy bo’g'ini uzluksiz ta'limdan iborat. Davlatimiz rahbari 


17
uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u 
yuksak ma'naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligani ta'kidlar 
ekan, davlat ta'lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish 
naqadar muximligiga e'tiborni qaratdi. Xo’sh, ta'limda davlat standarti nima? 
Ta'limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy ongida ro’y bergan tub 
o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi 
maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan 
kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne 
boisda aynan shu tarzda ro’y berganini anglashi va xis qilishi zarurdir. Bir 
sayyorada bir vaqda turib, bir-birini tushunmaslik ba'zan insonlar o’rtasidagi 
munosabatlarni boshi berk ko’chaga kiritib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham 
iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo’lgan davlatlarda yashovchi 
barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji 
paydo bo’ldi. Bu holat ta'lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga 
chiqardi. 

Download 379,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish