Kichik
mutaxassislarni
kasbiy
tayyorlashda
modulli
o`qitish
texnologiyalarining ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish muammolari.
Respublikamizda «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun asosida 12 yillik majburiy
ta`lim tizimi barpo etildi. Shu asosda ta`lim tizimi yanada mukammallashib
bormoqda. Faqatgina ta`limdagi tub islohotlarning o`zagi hisoblangan akademik
litsey va kasb-hunar kollejlarida 1,167 mln, shu jumladan; kasb-hunar
kollejlarida 1,04 mln o`quvchi tahsil oladi. Umuman, kasb-hunar kollejlarida
yoshlarimizning 90 % tahsil olishi nazarda tutilgan. Jadal sur`atlar bilan barpo
etiladigan kasb-hunar kollejlariga 100 mingdan ortiq o`qituvchi, muhandis-
o`qituvchi talab etiladi. Bunday yuqori darajada ommaviylashgan ta`limning
jadallashgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti sharoitida har bir o`quvchi o`quv
materialini o`zlashtirish imkoniyatiga zamonaviy o`quv jarayonini tashkil etish
asosidagina erishishi mumkin. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida zamonaviy
o`quv jarayonida o`qitishni tabaqalashtirish, individuallashtirish, modul tizimi
asosida tashkil etish talab qilinadi. Modulli o`qitish texnologiyasi o`qitishni
individuallashtirish asosida o`quvchiga fanlarni tabiiy qobiliyatiga yarasha
o`zlashtirishga imkoniyat beradi. Modulli
o`qitish texnologiyasi inson
imkoniyatiga mos kelishi tufayli samarali hisoblanadi. Shu bilan birga
o`qitish texnologiyasining yaratilishi o`quv jarayonida unga xos xususiyatlar
yetarlicha inobatga olinishiga bog`liqdir.
Kasb-hunar kollejlarida o`quv jarayoni murakkabligi va o`ziga xosligi
bilan ajralib turadi. U integratsiyalashgan o`quv jarayoni hisoblanadi, chunki
bunda kichik mutaxassislarni tayyorlash ularni 2-3 ta ixtisoslikka o`rgatish bilan
birga olib boriladi. Kasb-hunar kollejlarida intergratsiyalashgan o`quv jarayoni
kichik mutaxassisni kasbiy tayyorgarligiga asoslanadi, bunda nazariya amaliyot
bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`lanib, o`qitish laboratoriyada, ustaxonalarda, ishlab
chiqarish korxonalarida ma`lum kasb va ixtisoslik bo`yicha ko`nikma va
o`qishlarni shakllantirish asosida amalga oshiriladi.
O`tkazilgan tadqiqotlar asosida ta`kidlash mumkinki, kasbiy faoliyatga
asoslangan
kichik
mutaxassislarni
tayyorlashning
modulli
o`qitish
texnologiyasi hozirgacha ishlab chiqilmagan. Shunday qilib, kasbiy faoliyatga
asoslangan kasbiy fanlarning zamonaviy o`rgatish texnologiyalarini ishlab
chiqishni samarali qo`llash sharoitlarini ularni kichik mutaxassislarni
tayyorlash tizimiga moslash dolzarb muammoga aylandi.
Ushbu muammo quyidagi ilmiy masalalarning yechilishini taqozo etadi:
• Pedagogik texnologiyani va o`qitishning modul tizimini tahlil etish;
• Avtoritar va shaxsga yo`naltirilgan o`qitish texnologiyalarini
baholash;
• Kichik mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligida modulli o`qitish
texnologiyalarini qo`llash sharoitlari, tadqiqotning nazariy aspektlarini asoslash;
• Modulli o`qitish tamoyillarni sintez qilish;
• Fan bo`yicha yondashuv asosidagi modulli o`qitish texnologiyasining
samarali qo`llash sharoitlarini ko`rsatish;
• Tizimli yondashuv asosidagi modulli o`qitish texnologiyasini samarali
qo`llash sharoitlarini ilmiy-pedagogik asoslash;
• Davlat ta`lim standartlari va dasturlar asosida kichik mutaxassislarni
kasbiy
tayyorgarligiga
moslashgan
o`rgatuvchi
modullarni
yaratish
texnologiyasini ishlab chiqish.
Kasb-hunar kollejlarida kichik mutaxassislarni kasbiy tayyorlashda modulli
o`qitish texnologiyalarining ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish tizimli izlanish
asosida amalga oshiriladi.
Modulli o`qitish texnologiyasi kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirishga olib
kelishi uchun quyidagilarni hisobga olish lozim:
• modulli o`qitish texnologiyasi samaradorligining yangi ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarga moslashuvini;
• modulli o`qitish texnologiyasi asosida kichik mutaxassislarni
kasbiy tayyorgarlashda o`quv fanlarining ahamiyati katta ekanligi;
• modulli o`qitish texnologiyasi tarkibi va mazmuni kichik mutaxassislar
tayyorlashning zamonaviy mazmuniga mos kelishini;
• Kichik
mutaxassislarni
kasbiy
tayyorlashda
modulli
o`qitish
texnologiyalarini o`quv fanlarining ahamiyatiga ko`ra quyidagicha qo`llash
tavsiya etiladi:
• ixtisoslikka o`rgatish bilan bevosita bog`liq bo`lgan o`quv fanlarini fan
bo`yicha faoliyat yondashuvi asosida modulli o`qitish texnologiyasini qo`llash;
• ixtisoslikka o`rgatish bilan bevosita bog`liq bo`lgan o`quv fanlarini
tizimli faoliyat yondashuvi asosida modulli o`qitish texnologiyasini qo`llash.
Bizga yaxshi ma`lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz
bo`lib, u o`ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi, zamonaviy ta`lim texnologiyasi
o`quvchining ta`lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo`lsa-da, tarbiya
jarayonida tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki, unda
xarakter, dunyoqarash yetarlicha shakllanmagan bo`lib, u bu borada tarbiyachining
yordamiga ehtiyoj sezadi, shu bois, tarbiya texnologiyasi mantiqiy, ham tarkibiy
jihatdan ta`lim texnologiyasidan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |