Tadqiqotning maqsadi: Boshlangich sinflarda matematikani o’qitish
samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni
qo’llash usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalarni
o’rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan
foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo’llarini izlashdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
1.Boshlang’ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika
darslarini tashkil etishning mavjud holatini o’rganish .
2.Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil
etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .
3.Boshlang’ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar
asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni
belgilash.
4.Boshlang’ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol
metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlarni tajriba -sinovdan o’tkazish va
uning samaradorligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |