Oshpazning lavozim yo`riqnomasi
I. Bajaradigan ish tavsifi
45
1. Turli yoshdagi bolalar uchun: sutli suyuq va quyuq taomlar; turli yormalardan
suyuq, yarim quyuq va sochiluvchan bo`tqalar; qaynatilgan, dimlangan, bug`da
pishirilgan, pyurelar va boshqa sabzavotli taomlar; sabzavotli, mevali, mevali-
sabzavotli va go`shtli- sabzavotli salatlar hamda venegretlar tayyorlash.
2. Go`sht va tovuq go`shti qaynatmalarini tayyorlash, go`shtsiz, bo`tqasimon,
yaxna taomlar hamda suyak qaynatmasida sho`rvalar tayyorlash.
3. Turli xil jazlamalar; tomat, smetana, sutli va mevali qaylalar; teftel, kotlet,
gulyash va boshqa go`sht, tovuq hamda baliqdan tayyorlangan taomlar;
yormalardan singdirib pishirilgan taomlar; sabzavot bilan go`shtli, tuxum va
tvorogli; sutli va tuxumli taomlar; issiq va yaxna ichimliklar; meva va sabzavot
sharbatlari, meva qaynatmalari, kisel, kakao va boshqa uchinchi taomlar
tayyorlash.
4. Har turdagi xamirni qorish va undan bulochka, pirojki oladi, vatrushka va
boshqa kulinariya maheulotlarini tayyorlash.
5. Bolalarni yoshlariga muvofiqravishda, ilk yoshli, o`rta yoshli hamda tayyorlov
guruhi bolalari uchun taomlarni portsiyalarga bo`lish va tarqatish.
6. Har kuni taomnoma tuzishda ishtirok etish.
7. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash va taomnoma asosida
to`g`ri sarflanishini ta`minlash.
Ko`z qorachig`imizdek asraydigan farzandimizni ertalab bog`chaga,
tarbiyachi opalar qo`liga topshirgach, o`z yumushlarimizga sho`ng`ib ketamiz-u
baribir xayolimiz bolada bo`ladi: qorni to`yib ovqatlanayaptimi, och
qolmadimikan? Kechki payt uyga olib qaytayotib «Bog`chada nima eding?», deb
so`rasangiz, «kasha» deb javob beradi. Bola go`yo «bahodirlar bo`tqasi»dan
egandek ovqatdan bosh tortadi.
Bog`chada 10 kunlik taxminiy taomnoma ishlab chiqilgan va bu davrda
asosiy ovqatlarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Bolaning uglevod, oqsil,
yog`larga bo`lgan kunlik ehtiyojiga qarab taomnoma tuziladi. Taomnomani
46
tuzishda
mavsum
ham
hisobga olinadi.
Masalan,
qishda shamollash
kasalliklarining oldini olish uchun S vitaminiga boy tsitrus, quruq mevalar
kiritiladi. Yozda kun uzoqligi va havo issiqligi hisobga olinib, ikkinchi nonushtaga
sersuv mevalar, kefir, sharbatlar, tarvuz beriladi. Bolalar ovqati bog`cha
oshxonasida tayyorlanadi va buning uchun har kuni yangi mahsulot keltiriladi.
Masalliqlar o`ziga xos tartibda dimlab, qaynatib pishiriladi, qovurma taomlar
berilmaydi. Bolada taom turlari bo`yicha tushuncha shakllanayotgani uchun
shirguruchni ham, mosh-guruchli ovqatni ham «kasha» deb ataydi. Vaholanki, sutli
bo`tqalar turlicha, guruchli, manniy yormasi yoki gerkulesli bo`lishi mumkin.
Taomlarni farqlay bilishlari uchun ovqatlantirayotganda ularga «bugun oshqovoq
solingan sutli bo`tqa eymiz», «tushlikka birinchi ovqatimiz guruchli sabzavotli
sho`rva» tarzida ma`lumot berib borish yo`lga qo`yilgan. Bu orqali bola taom
tanlash borasida o`z xohishlarini bayon qilishni ham o`rganadi. 10,5 soatlik va 12
soatlik bog`chalarda 3-4 mahal ovqatlanish uchun taomnoma turlicha tuzilsa-da,
bolaning yosh xususiyatlari, vitamin va mikroelementlarga bo`lgan ehtiyoji bir xil
hisobga olinadi. 3 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun kunlik norma 1540 kkal, 5-6
yoshgacha bolalarga 1900 kkal kaloriya etarli bo`ladi. Bola organizmi juda nozik.
Sanitar-epidemiologik qoida va me`yorlar asosida tuzilgan taomnoma bola
organizmi uchun xavfsiz ham bo`lishi kerak. Bog`cha taomnomasini tuzishda
bolada qandli diabet, oziq-ovqat mahsulotlariga ta`sirchanlik (allergiya) yoki
fermentativ buzilishlar bor-yo`qligi qat`iy inobatga olinadi. Baliqdan taom
tayyorlaganda uni ikki marta go`shtqiymalagichdan chiqarib, suyaklari o`tib
ketmasligi qattiq nazorat qilinadi. Yog`da qovurilgan xamirli taomlar, dudlangan
go`sht, sifati noma`lum mahsulotlarga ham bog`cha oshxonasida o`rin yo`q. Jajji
bolajonlarimiz bog`cha oshxonasida «Yoqimli ishtaha!», «Mazali taom uchun
rahmat!», deb aytishni o`rganishyapti. Bola to`g`ri ovqatlanish, umuman, sog`lom
hayot tarzini aynan bog`cha yoshidan o`rganib borsa, bu uning kelajakda sog`lom
fikrli, jismonan barkamol bo`lib voyaga etishiga xizmat qiladi. Bolalar bog`chasi
taomnomasini o`rganish chog`ida yana bir narsa e`tiborimni tortdi, ya`ni
bog`chaga
qatnaydigan
bolalarda
qondagi
gemoglobin
miqdori
uyda
47
tarbiyalanayotgan bolanikiga nisbatan yuqori ekan. Bu holatga bog`cha mudiralari
va bolalar shifokorlari ko`p marta guvoh bo`lishgan. «Tibbiy ko`rik natijalariga
ko`z yugurtirar ekanman, guruhga yangi kelgan bolani qon tahliliga qarab ajratib
olaman», deydi bog`cha mudiralaridan biri. Ertalabki nonushtaga etiltirib
pishirilgan sutli bo`tqalar (grechkali, oshqovoqli, gerkules, manniy yormasi,
vermishel bilan), tushlikka qaynatilgan yormalar, kartoshka pyuresi, engil xamirli
taomlar, qiyma go`shtdan tayyorlangan quyuq ovqatlar, lavlagi solingan karam
sho`rva, dimlab pishirilgan palov, bolalarbop salatlar, meva-sabzavotlar, kechki
ovqatga engil bo`tqalar, pechen`e, meva pyurelari, keks, pryaniklar kiritilgan
bog`cha taomnomasi bilan tanisha turib, xayolga bir o`y keladi: dam olish kunlari
onalarning o`zlari ham bolasini shunday foydali taomlar bilan siylarmikan yoki
tayyor ugra bilan aldab qo`yadimi?
Ko`plab onalar farzandi ovqat emasligi, ishtahasi yo`qligidan nolib qoladi.
Biroq taniqli psixolog Nayjell Latta fikricha, bolalarni oziqlantirish bilan bog`liq
har qanday muammoni hal etishda quyidagi oltin qoidalarga rioya qilish kifoya:
Och bolalar ovqat eydi. Hadeb tumshug`iga ovqat tiqishtiriladigan erkatoy bolalar
hech narsa emaydi, biroq och bolalar eydi. Organizm «yoqilg`i» zaxiralarini eb
tugatgach, oshqozon miyaga signallar yubora boshlaydi. Tantiq bolani ovqat
eyishga majbur qilishning yagona yo`li — uni och qoldirish. Buning uchun biroz
kutish zarur. Farzandingizga bir qoshiq bo`tqa tutayotganingizda, u uni eyishdan
avval yigirma marta yuz o`girishiga tayyor turing. Ko`plab tadqiqotlar va
kuzatuvlar yosh bolalar o`zini aynan shunday tutishini isbotladi. Bolani yangi
turdagi mahsulotga qiziqtirish uchun, unga buni 17—20 marta taklif qilib ko`rish
kerak.
Buning uchun ota-ona, albatta, sabrli va xotirjam bo`lgan holda, o`z so`zida
qat`iy tura olishi ham kerak. Biroq, shu bilan birga, majburlash ham kerak
emas.Bolalarni o`z oshqozoniga quloq tutishga o`rgatishimiz zarur.
48
Xulosa
Har qanday millatning asosiy boyligi-bu bolalar salomatligi. Farzandlarimiz
salomatligini muhofaza qilish, millat kelajagini muhofaza qilish bilan barobar.
Bolalar salomatligi, barkamol insonning kamol topishida muhim o`rin tutadi.
Umrning shu pallasida shakllangan mustahkam sog`liq hayotimiz so`nggiga qadar
bizga hamroh bo`ladi. Taraqqiyot va texnika asrida faqatgina ruhan hamda
jismoniy sog`lom insonlargina omon qolib, hayotda nimagadir erishadi. Bunga
zamin yaratishda, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta`lim-tarbiya olishlari
jarayonida ularni to`g`ri ovqatlantirish nihoyatda muhimdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni to`g`ri ovqatlantirishga qo`yiladigan asosiy
talab, eng avvalo, rivojlanib borayotgan bola organizmining ulg`ayishi va
rivojlanishini to`liq ta`minlashdan iborat. Bolalar ovqati ratsionini shakllantirishda
asosiy ovqat mahsulotlari, ya`ni oksillar, yog`lar va uglevodlar ovqat tarkibida bir-
biriga to`g`ri nisbatda bo`lmog`i lozim. Anna shu moddalar ovqat tarkibida etarli
va zarur miqdorda bo`lganda, organizmning oziq-ovqat mahsulotlariga hamda
biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondirilgan bo`ladi. Bolalar ovqatini
to`g`ri tashkil etish bolalar muassasalari rahbarlari va ma`sul xodimlarining
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan
ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi
urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga
boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga
kiritish zarur.
Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish bir-
biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi
ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan
xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha
ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi.
49
Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun
tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib
qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik
taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga
mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari
tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga
(shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha
taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar bilan suhbat o`tkazib, bolani
bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib
kelishlarini ogoxlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor,
ovkatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib,
yaxshi nonushta qilmaydi.
Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib
kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva
yoki buterbrod) berish mumkin.
Bolaning maktabgacha ta`lim
muassasasiga ko`nikish davrida uning
ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha
tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar
kuzatiladi.
Bola qancha yosh bulca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin buladi. Bu
davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi,
organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni
to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir.
Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan bog`chada
kuproq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu taomlarni uyda
tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani iste`mol
qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining boshlarida bola
uzi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan ovqatlantirib qo`yish
lozim.
50
Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy
vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa,
bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli
kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin.
Muassasada maxsulotlarni alohida ( go`sht, baliq, sut va hokazo) tartibda
saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari (
go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi.
Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma
holatiga keltirish mumkin.
Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida)
berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish
muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220 S dan past
bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta,
ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi.
Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib
yig`ishtirib qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga
muljallangan maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda
bir marta asosiy yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va
anjomlar zararsizlantirilishi talab etiladi.
51
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
I.A.Karimov Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyotining
poydevori: T. «Sharq», 1997 y.
2.
I.A. Karimov. «O`zbekiston XXI asrga intilmoqda». T.«O`zbekiston»
1999 y.
3.
I.A. Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” - Toshkent,
Ma’naviyat, 2008 y.
4.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni T.1997 y.
5.
O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».T.1997 y.
6.
«Bolajon» tayanch dasturi. T. 2010 y.
7.
O`zbekiston Respublikasi «Maktabgacha ta`lim to`g`risida»gi Nizom.
T-2000 y.
8.
Sh.Sodiqova Maktabgacha pedagogika T. Fan va texnologiya 2012 y.
9.
F.Qodirova Sh.Toshpolatova M.Azamova. Maktabgacha
pedagogika. Toshkent-2013.
10.
«Sog’lom bola yili» Davlat dasturi T.2014y.
11.
Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi».T.: «O`qituvchi» nashriyoti.
1994y.
12.
K.Xoshimov, S.Ochilov O’zbek pedagogikasi antalogiyasi Toshkent-
1995.
13.
A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab
yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo», 2008y
14.
A.N Еrshov, Z.N Sosnina i dr. Sbornik retseptur blyud i kulinarnix
izdeliy
dlya
predpriyatiy
obщestvennogo
pitaniya.
M.,
«Ekonomika»1982.
15.
I.G Kislyakovskaya, L.P Vasil`eva i dr. Pitanie detey rannego
doshkol`nogo vozrasta. M., «Prosveщenie», 1983.
16.
S.S.Salixo’jaev.Bolalar ovqatiga qo’yiladigan gigienik talablar T.,
«Meditsina», 1989.
17.
«Sog’lom ona-sog’lom bola» mavzusidagi xalqaro simpozium
materiallari. 29-mart, 2016-yil.
18.
K. Maxmudov Mehmonnoma. T. «Yosh Gvardiya» 1989.
19.
N.M.Aksarina . «Go`dak bolalar tarbiyasi» - Toshkent «Meditsina» -
1983 y.
20. G.A. Kalyujin., M.P.Deryugina. «Yo`rgakdan maktabgacha» -Toshkent
«O`qituvchi» - 1988 y
21. T.Usmonxo`jaeva., F.Xo`jaev. Ming bir o`yin -Toshkent Ibn Sino
nashriyoti-1990
22. O`.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi. Т.O`qituvchi
1994 y.
23. V.G.Negacheva, T.A.Markova. Bolalar bog`chasida ahloqiy tarbiya. Т.
O`qituvchi - 1990
52
24. V.G. Loginova., P.G.Samorukova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi.
O`qituvchi -1991-1992 yy.
25. «Voyaga etmaganlar nazoratsizligi hamda qarovsizligining oldini olishda
oila, uzluksiz ta`lim muassasalari, mahalla va huquq-tartibot organlarining
o`zaro hamkorligi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
materiallari. - Guliston: Universitet, 2014
26. P.Yusupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. O`qituvchi -1993 y.
27.Bolalar bog’chasining katta tarbiyachisi. Toshkent-1991.
28 «Maktabgacha ta’lim jurnali», 2014-yil, 3-son
29 «Maktabgacha ta’lim jurnali», 2014-yil, 11-son
30 w.w.w. Ziyonet
31 http: // w.w.w //uralrti/ru.
32 www. bankreferatov.ru
53
Ilova 1
MeTODIK IShLARNI TAShKIL ETISh BO`YIChA KO`RSATMALAR
№
Bajariladigan ishlar
Ishtirok
etuvchilar
O`tkazish vaqti
Mas`ullar
I.BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IShLAR MAZMUNI
I.1.
Mashg`ulotlarni ochiq havoda (bezatilgan yozgi
maydonchada) o`tkazish
Barcha guruhlar
Iyun, iyul`,
avgust
I.2.
Sayr, turizm, ekskursiyalarni uyushtirish
Barcha guruhlar
Iyun, iyul`,
avgust
I.3.
“Salom yoz!”, “Yoz o`tadi soz” bayram
tadbirlarini uyushtirish
I.4.
1 iyun - “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
munosabati bilan “Ertaklar ezgulikka etaklar”
bayram tadbirini tashkil qilish, bolalarni
shirinliklar bilan siylash
Barcha guruhlar
Iyun
I.5.
“Yosh rassomlar ” tanlovini o`tkazish, qog`ozga
mo`yqalam bilan rasm chizdirish
Katta va
tayyorlov
guruhlari
Iyun
I.6.
“Yozgi olimpiadani o`tkazish”
Katta va
tayyorlov
guruhlari
Iyun
I.7.
Hayvonot bog`iga tashrif buyurish
Katta va
tayyorlov
guruhlari
Iyun`
I.8.
“Rangli pufaklar” suv bayrami
O`rta, katta va
tayyorlov
guruhlari
Iyul`
I.9.
“Ehtiyotkor piyoda” haftaligi
Barcha guruhlar
Iyul`
I.10.
“Qizil, sariq, yashil” sport musobaqasi
Barcha guruhlar
Iyul`
I.11.
“Oltin baliqcha” suzish haftaligi
Barcha guruhlar
Iyul`
I.12.
“Gullar bayrami” haftaligi
Barcha guruhlar
Avgust
I.13.
“Tabiat qo`riqchilarimiz!” rasmlar va qo`l
mehnati haftaligi
Barcha guruhlar
Avgust
I.14.
“O`z uyingni o`zing asra” hayot xavfsizligi
asoslari
Barcha guruhlar
Avgust
Mudira, metodist, tarbiyachi,
musiqa rahbari va yo`riqchi,
psixolog
I.15.
“Yosh ijodkor” origami bayrami haftaligi
Barcha guruhlar
Avgust
II.SOG`LOMLAShTIRISh VA ChINIQTIRISh IShLARI
II.1.
Ertalabki badantarbiya mashqlarini ochiq
havoda
gilamcha
ustida,
engil
kiyimda,
predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni
suv muolajalari bilan tugallash.
Barcha guruhlar
Avgust
II.2.
Chiniqtirish - xonada engil kiyimda bo`lish,
derazaning kichik darchasini ochib qo`yish.
Kiyim va poyabzalni mavsumga va mashq turiga
muvofiq tanlash. Sochiq bilan tana a`zolarini
artish: avval qo`llarni, keyin badanni quruq
sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib
artish.
Faqat
kattalarning
nazorati
ostida
cho`milishning asosiy qoidalariga rioya qilish.
Yalangoyoq yurganda oyoqni shikastlantirish
xavfi
yo`q
joylarda
yurish.
Chiniqtirish
qoidalarini ongli ravishda bajarishga o`rgatish.
Tabiiy va sun`iy chiniqtirish vositalaridan
unumli foydalanish (qum,suv, havo va quyosh
vannalari)
Barcha guruhlar
Avgust
II.3.
Qomatni to`g`ri tutish ko`nikmasini tarbiyalash -
badantarbiya mashqlari tarkibiga to`g`ri qomatni
Barcha guruhlar
Avgust
Metodist, tarbiyachi, musiqa
rahbari va jismoniy tarbiya
yo`riqchisi, psixolog
54
shakllantiradigan,
yassitovonlikning
oldini
oladigan mashqlarni kiritish, to`g`ri qomatni
mustaqil nazorat qilib borish qoidalariga rioya
qilish: orqa bilan devorga suyanib, tik turish,
devorga elkani tekkizib turish, yurishda ana
shunday holatni saqlashga o`rgatish va doimo
nazorat qilib turish
II.4.
Harakat tartibi - uzoq davom etadigan sayrlar va
ekskursiyalarda
ishtirok
etish.
Harakatli
o`yinlarda faol qatnashish. Mashg`ulotlardan
tashqari harakatli o`yinlar o`ynash. Bolalarni
holatini muntazam kuzatib borish
Barcha guruhlar
Avgust
II.5.
Shikastlanishning oldini olish – bolalar hatti-
harakatlarini nazorat qilish va extiyotkorlikka
o`rgatish
Barcha guruhlar
Avgust
II.6.
Madaniy–gigienik ko`nikmalarni egallash va o`z-
o`ziga xizmat qilishni, umumiy va jamoa
gigienasini tushuntirish: suvga tushish va
chiqqandan avval cho`milish va h.k.
Barcha guruhlar
Avgust
III. TA`LIM-TARBIYa JARYoNINI ReJALAShTIRISh
III.1.
“Bolajon” tayanch dasturi asosida ta`lim-tarbiya
jarayonini rejalashtirish
Barcha guruhlar
misolida
Iyun`, iyul`,
avgust
III.2.
Yozgi mavsumga mashg`ulotlar jadvaliga
o`zgartirishlar kiritish
Barcha guruhlar
misolida
Iyun`, iyul`,
avgust
III.3.
Yozgi mavsumga kerakli adabiyotlar va uslubiy
qo`llanmalar bankini yaratish
Barcha guruhlar
misolida
May
Iyun`
III.4.
Murakkab faoliyatlarni engil, musiqali va
jismoniy daqiqalar bilan almashtirish, erkin
mavzularda suhbatlar uyushtirish
Barcha guruhlar
misolida
Iyun`, iyul`,
avgust
III.5.
Katta tarbiyachi tomonidan maslahat kunini
tashkil eish va tarbiyachilarga tanlangan
yo`nalish bo`yicha tavsiyalarni berib borish.
Barcha guruhlar
misolida
Iyun`, iyul`,
avgust
III.6.
Ziyoratgohlarga va hayvonot bog`iga tashrif
buyurish uchun tegishli joylardan ruxsatnoma
olish va bolalar bilan tayyorgarlik ko`rish.
Katta va
tayyorlov guruh
bolalari uchun
Iyun`, iyul`,
avgust
III.7.
Yozgi mavsumni oqilona tashkil etishda milliy
va harakatli o`yinlar, teatrlashtirilgan sahna
ko`rinishlari
uchun
ertak
qahramonlari
kiyimlarini tayyorlash.
MTM xodimlari
va ota-onalar
uchun
Iyun`, iyul`,
avgust
Metodist, tarbiyachi, musiqa
rahbari va jismoniy tarbiya
yo`riqchisi, psixolog
IV. OTA-ONALAR BILAN OLIB BORILADIGAN IShLAR
IV.1.
Ota-onalarga bolalarining oqilona dam olishlari
uchun
sharoitlarni
hozirlash
yuzasidan
maslahatlar berib borish.
Barcha guruhlar
misolida
Iyun`, iyul`,
avgust
IV.2.
Ota-onalar uchun ajratilgan e`lonlar taxtasini
yozgi mavsumda bolalar faoliyatidan namunalar
bilan doimiy ravishda yoritib borish.
Barcha guruhlar
misolida
Iyun`, iyul`,
avgust
IV.3.
“Otam, onam va men sportchilar oilasimiz”
mavzusida sport bayramlarini uyushtirish.
Katta va
tayyorlov
guruhlari
Iyun`, iyul`,
avgust
IV.4.
“Farzandim-dilbandim”, “Bolangizni qanchalik
bilasiz?!” mavzularida ota-onalar orasida ko`rik-
tanlov va psixologik testlar, so`rovnomalarni
tashkil etish.
Barcha guruhlar,
ota-onalar
Iyun`, iyul`,
avgust
Mudira, metodist, tarbiyachi,
musiqa rahbari va jismoniy
tarbiya yo`riqchisi, psixolog
hamda ota-onalar
IV.5.
V. TAShKILIY MASALALAR
V.1.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning
hayoti va sog`lig`ini muhofaza qilishni tashkil
Barcha xodimlar
Iyun`
55
etish tartibi to`g`risidagi nizom bilan xodimlarni
yana bir bor tanishtirish.
V.2.
Bolalarni sayr chog`ida miriqib hordiq olishlari
uchun yozgi mavsum boshlanishidan bir oy
avval yozgi bolalar maydonchalarini ta`mirlash
va jihozlash hamda bezash.
Barcha guruhlar
uchun
Iyun`, iyul`,
avgust
Metodist, tarbiyachi, musiqa
rahbari va jismoniy tarbiya
yo`riqchisi, psixolog hamda
xo`jalik ishlari mudiri
VI. PROFILAKTIKA IShLARI
VI.1.
Bolalarni ratsional ovqatlanishlarini tashkil etish,
toza ichimlik suvi va sharbatlar bilan ta`minlash.
Barcha guruhlar
uchun
Iyun`, iyul`,
avgust
VI.2.
Bolalarni
oziq-ovqat
mahsulotlaridan
zaharlanishlarini
oldini
olish
maqsadida
iste`molga tavsiya etilgan mahsulotlar sifatini
muntazam tekshirib borish.
Barcha guruhlar
uchun
Iyun`, iyul`,
avgust
VI.3.
Sayr va mashg`ulot chog`ida bolalar hayoti
xafvsizligini
saqlash
maqsadida
hamshira
xonasini va kerakli tibbiy vositalarni
tayyorlash.
Barcha guruhlar
uchun
Iyun`, iyul`,
avgust
VI.4.
Yozgi mavsumda ota-onalar va bolalar bilan
“Yuqumli kasalliklar”, “Iflos qo`llar bizning
dushmanimiz”,
”Yuvilmagan
meva
va
sabzavotlar sog`liq uchun zararli” mavzularida
yakka va jamoa holda suhbatlar uyushtirish
Barcha guruhlar
bilan
Iyun`, iyul`,
avgust
Mudira, hamshira, xo`jalik
ma`muriy ishlari mudiri,
tarbiyachi
Do'stlaringiz bilan baham: |