23
I.3. Maktabgacha ta`lim muassasacidagi yoz oylarida o`tkaziladigan
sog`lomlashtirish ishlari mazmuni
Maktabgacha
ta`lim
muassasacidagi
yoz
oylarida
o`tkaziladigan
sog`lomlashtirish, ta`lim-tarbiya jarayonlarining asosiy maqsad va vazifalari bola
shaxsini sog`lom, jismonan barkamol va tetik qilib, yangi o`quv yiliga
tayyorlashdan iboratdir. Fasllarning ichida eng ajoyib taassurotlarga ega bo`lgan
yoz oyi bolalarda atrof – olamga bo`lgan munosabatlarini oydinlashtirib, o`z
ishlaridan va tabiatdan zavqlanish imkoniyatlarini yaratish bilan birga, ularning
jismoniy va aqliy salohiyatlarini yana bir karra oshiradi. Bola organizmining
jismonan sog`lom bo`lishi va chiniqishi uchun zaruriy sharioitlardan foydalanish
maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta`lim muassasasida va oilada bolalarni kichik yoshidan
boshlab sayrga, ochiq havoga tez-tez olib chiqish, suv muolajalarini o`rinli qo`llash
va kun tartibiga qat`iy amal qilish tavsiya etiladi. Tabiatning tabiiy omillaridan
foydalangan holda bolaning salomatligini mustahkamlash va chiniqtirish lozim.
Chiniqtirish ishlari bosqichma-bosqich va muntazam amalga oshirilib,
chiniqtirish davomida bolalarning asab tizimini tez qo`zg`atadigan havo harorati
va boshqa tadbirlarni ehtiyotkorlik bilan qo`llash kerak. Jismoniy rivojlanishda
ortda qolgan bolalarga esa ko`proq e`tibor qaratib, chiniqtirish ishlari bilan birga
tetiklashtiruvchi tadbirlarni ham amalga oshirish zarur. Bu tadbirlarni maxsus
shifokor nazorati bilan amalga oshirish esa tadbirlar samaradorlikni oshiradi.
Shuningdek, reja asosida maqsadli sayr va bayram tadbirlarini uyushtirish
bolalarning e`tiborini jalb etib, o`zlari yaratgan ijod namunalaridan zavqlanishga
imkoniyat yaratadi.
Yoz mavsumida ta`lim-tarbiya jarayonlarini to`g`ri tashkil etish bolaning
barkamol bo`lib voyaga etishishida beqiyos o`rin egallaydi. Yozgi mavsumda
maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar:
-Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilash;
-Kichkintoylar orasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish;
24
-Ta`lim-tarbiya
jarayonini
oqilona
va
metodik
jihatdan
to`g`ri
tashkillashtirish;
-Bolalarning atrof-olam haqidagi qarashlarini tarbiyalash hamda ularning
qiziqishlarini oshirish;
-Bolalarni turli hildagi faoliyatlar bilan mashg`ul bo`lishlari uchun
sharoitlarni hozirlash;
-MTMning barcha xodimlari bilan yozgi mavsumga tayyorgarlik ko`rish;
-Ota-onalarni yozgi sog`lomlashtirish va chiniqtirish ishlariga jalb etish;
-Bolalarga erkin, ijodiy muhit va sharoitni yaratish;
-Milliy o`yinlarni o`ynashga bo`lgan ehtiyojlarini uyg`otish;
-Chiniqtirish ishlarini muntazam va izchil yo`lga qo`yish;
-Harakat faolligini nazorat qilish (aktiv-passiv);
-Sport tadbirlarida jonbozlik ko`rsatish;
-O`zini va jamoani hurmat qilishga o`rgatish;
Yozgi mavsumda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirish bo`yicha
ko`rsatmalar berilgan, jadvallarga maktabgacha ta`lim muassasasining pedagog-
xodimlari ijodiy yondoshgan holda ta`lim jarayonini mazmunan boyitishlari
mumkin. (ilova 1)
Maktabgacha yoshdagi bolalarni (6-7 yosh) sport to`garaklariga jalb
qilishda birinchi navbatda bolalarning yoshi, jismoniy ko`rsatkichlari va albatta
qobiliyatiga qarab yo`naltirish maqsadga muvofiqdir
8
. Hozirgi zamon
globalashuvi tez suratlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda bolalarda ham
akseliratsiya jaryoni tezlashib bormoqda, zamonaviy sport turlariga, jumladan,
gimnastika (u o`z ichiga sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatikani
oladi), badiiy gimnastika elementlari; gardish bilan, lenta bilan, ayniqsa to`p bilan
va arqonchalar bilan mashq bajarish kabi turlariga qiziqish katta. Shuningdek,
engil atletika - masofaga yugurish, marraga etib kelish, yugurib kelib uzunlikka
sakrash, balandlikka sakrash mashqlariga qiziqtirish va bajartirish hamda
8
O`.Otavalieva. Bola tarbiyasida bog`cha va oila hamkorligi. O`qituvchi 1994 y
25
bolaning holatini kuzatib borish lozim. Yana bir keng tarqalgan sport turi
suzishdir. Ota-onalar orasida farzandining yutug`ini ko`rishni istaganlari ko`proq
suzish sport turini tanlashadi. Haqiqatdan ham suzish bolalarni nafaqat jismonan,
balki ruhan tarbiyalashi isbotlangan, chunki organizmni chiniqtiruvchi vositalardan
biri bu suvdir. Suzish orqali bolalarning muskullari rivojlanib, o`pka faoliyatining
ishi yanada yaxshilanadi, tana praportsiyalari bir tekisda rivojlanadi.
Kurash - bu o`zbek xalqining, Surxon vohasining qadimgi sport turlaridan
biri hisoblanadi. Bu o`yin boladan epchillik va chaqqonlik hamda bardoshlilikni
talab etadi. Kurash bu mard, paxlovon, epchil ikki yigit o`rtasida o`tkaziladigan
olishuv, kuch sinashishdir. Kurashda halollik, mardlik va kuchlilik mezon bo`lib
hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim muassasasida jamoa bo`lib ishtirok etish mumkin
bo`lgan sport turlaridan voleybol, basketbol va futbol o`yinlari ham tashkil etilgan
bo`lib, reja asosida to`garaklar olib boradi. Shuningdek mavsumiy o`yinlar, suv
estafetalari va qishki qor o`yinlari bolalarda zavq uyg`otadi, eng muhimi
faoliyatni to`g`ri tashkillashtirish va bolalar uchun qulay bo`lgan jihoz va
vositalardan foydalanishdir. Yuqorida sanab o`tilgan sport turlariga bolalarni jalb
qilishda, albatta, murabbiylarning ma`lumoti, ish tajribasi va mutaxassisligi
inobatga olinib, faqat maxsus tayyorgarlik asosida tayyorlangan trenerlargina jalb
etiladi.
Ertalabki badantarbiya bolalarni kayfiyatini ko`tarib, tetiklik baxsh etadi va
keyingi faoliyatlarga ham tayyorlab beradi. Ertalab badantarbiyani ochiq havoda
sport kiyimida o`tkazgan ma`qul. Umumrivojlantiruvchi mashqlarda qo`l, oyoq
va gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to`g`ri
tutishga ahamiyat berish lozim. Ertalabki badantarbiya mashqlari 10-15
daqiqagacha olib borish mumkin. mashqlarni muntazam bajarish bola sog`lig`ini
mustahkamlab, mushaklarni bir tizimda rivojlantiradi. Bolalar yoshiga qarab URM
(umumrivojlantiruvchi mashqlar) soni tanlanadi, masalan kichik guruhda 3-4 ta,
tayyorlov guruhi bolalari uchun 6-8 tagacha yana bolalarning jismoniy
yuklamasini, muntazam, izchil shug`ullanganligini ham hisobga olish maqsadga
muvofiq.
26
I- Bob bo`yicha Xulosa
Maktabgacha ta`lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-
tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablariga muvofiq sog`lom va etuk, maktabga
o`qishga tayyorlangan tarzida shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu mavzuda
bolalarni maktabga tayyorlashda xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va
umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma`naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash
milliy g`urur, vatanparvarlikni shakllantirish, bilim olishga, o`qishga ehtiyojni,
mayllarni shakllantirish va jismoniy, ruhiy sog`ligini ta`minlash maqsadini vazifa
qilib qo`ygan.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari ta`lim-
tarbiyada ham ko`pgina yangiliklarni amalga oshirish ehtiyoji tug`ildi. Buning
uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma`lum maqsad va vazifalarni o`zida
mujassamlashtirgan istiqbolli dastur talab etilar edi. Prezidentimizning
mustaqillikning ilk yillaridan boshlab ushbu sohaga bo`lgan alohida e`tibori, uning
taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagini, davlatimizning buyukligi
tasavvur etganligining natijasi o`laroq 1997-yilda «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun
hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» dunyoga keldi. Unda uzluksiz davom
etadigan bir butun ta`lim-tarbiya jarayonning belgilovchi ilk turi-maktabgacha
ta`lim, deya ataladi. Birgina ushbu yondashuvning o`ziyoq bu ta`lim turiga har
tamonlama ehtiyotkorlik, e`tiborlilik va mehribonlilik bilan qaramoqni talab etadi.
Negaki, bugungi bolakay yoki qizaloq XXI asrda kuchga to`lib, sog`lom, bilimli,
aqlli bo`lib jamiyatimizning faol azolariga aylanishdek ulkan fazifa turibdi. Bunda
ular siz-u bizga-kattalarga ishonishadi. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-
quvvatni, bilimdonlikni, fidoiylik va vatanparvarlik bilan uyg`unlashtira olsak,
bundan-da ziyoda qudratni topa olmaymiz.
Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta`lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va
vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat,
shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda voyaga etib borishni taminlash,
27
ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yilgan davlat talablariga
muvofiq maktab ta`limiga tayyorlashdan iborat.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik
jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining
tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim
berish orqali, ijodiy va qoidali o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning
o`z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish,
sayrlar o`tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi
pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir.
Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muxim axamiyat kasb etadi va
u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga oshiriladi.
Mashg`ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi
xayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o`stirish va savod o`rgatish, matematika,
jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo`yicha eng oddiy tasavvur va
bilimlarni, malaka va ko`nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab
olishlari kerak bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar bolalar bog`chasi dasturida
belgilab berilgan bo`lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab
ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg`ulotlarda ta'lim berish
didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini
e'tiborga
olib
ma'lum
izchillikda
olib
boriladi,
mazmuni
sekin-asta
murakkablashtirib boriladi
28
II-bob. Maktabgacha ta`lim muassasasida ovqatlantirishning muvofiqligi
II.1.Bolalar ovqatini tashkil etishning asosiy usullari
Bolalar ovqatini tashkil etishda, eng avvalo, kunlik me`yorlarda belgilangan
ozik-ovqat maxsulotlarini ratsionga to`g`ri kiritishdir. Buning uchun birinchi
urinda, bola organizmining fiziologik extiyojlarini qondiruvchi, oziq moddalarga
boy, yuqori quvvatli bulgan asosiy oziq-ovqat maxsulotlarini kunlik ratsionga
kiritish zarur, bunday maxsulotlarga go`sht, go`sht maxsuloti( shu jumladan,
parranda go`shti), balik va tuxum (oksil, yog, A, V
12
, darmondori, mineral modda,
temir kabilar manbai), sut va sut maxsulotlari (oksil, kal`tsiy, A, V
2
darmondori
manbai), sariyog` va usimlik moyi (yog kislotasi, A va e darmondori manbai), non
va non maxsulotlari, yorma va makaron maxsulotlari ( uglevod, V
1
, V
2
, RR
darmondori, temir, magniy manbai, sabzavot va mevalar ( S,R darmondori, beta-
karotin, kaliy, va organik kislota manbai) xamda shakar va qandolat maxsulotlari
kiradi
9
.
Gurux tarbiyalanuvchilarining jushkin va yaxshi kayfiyatli bo`lishlarida
ovqatlantirish to`g`ri tashkil etilishining muxim axamiyati bor. Bolalarni
ovqatlantirishda idish-tovoqlar etarli bo`lishi va stol atrofida utirishlari uchun
qo`lay shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi, taomlarni tarqatishda esa did bilan
chiroyli bezatib, juda issik yoki sovuk bo`lmagan xolda berilishi kerak.
Bolalarni stol atrofida tozalikka va saranjom-sarishtalikka e`tiborli
bo`lishlarini uqtirmoq lozim. Shuningdek, bolalar ovqatlanish uchun stol atrofiga
utirganlarda, taomlar qo`yilishi yoki bir taomni iste`mol qilib bo`lganlaridan keyin,
ikkinchisi tortilishini kutib qolmasliklari kerak.
Bolalarni maktabgacha ta`lim muassasasi va oila sharoitida ovqatlantirish
bir-biriga mos ravishda amalga oshirilishi lozim. Buning uchun uyda bog`chadagi
ovqat ratsionini to`ldirishga intilmog`imiz zarur. Muassasada xamshira tomonidan
xaftalik taomnoma (9-10.5 soatlik guruxlar faoliyat yuritadigan maktabgacha
ta`lim muassasalarida) nonushta, tushlik, kechki tushlik uchun rejalashtiriladi.
9
N.M.Aksarina . «Go`dak bolalar tarbiyasi» - Toshkеnt «Mеditsina» -1983 y.
29
Shu vaqtning o`zida xaftalik taomnomaga mos ravishda, kechki ovqat uchun
tavsiya sifatida aloxida xaftalik taomnoma tuzilib, ota-onalar burchagiga ilib
qo`yilishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ota-onalar bog`chadagi kunlik
taomnomaga kiritilgan taom va mahsulotlar bilan tanishib borishlari hamda shunga
mos ravishda kechki ovqatni tashkil etishlari ham mumkin Bundan tashqari
tarbiyachi va bog`cha xamshirasi tomonidan ota-onalarga kechki ovqatga
(shuningdek, dam olish va bayram kunlariga xam) qanday taom berishlari bo`yicha
taklif va tavsiyalar berib borish yo`li bilan xam amalga oshirsa bo`ladi
10
.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalar bilan suhbat o`tkazib, bolani
bog`chaga olib kelishlaridan oldin, ya`ni ertalab ovqatlantirmasdan olib
kelishlarini ogoxlantirib qo`yish lozim. Bola ertalab uyda ovqatlansa, avvalombor,
ovkatlanish tartibi buziladi, qolaversa, bog`chaga kelganda, ishtaxasi susayib,
yaxshi nonushta qilmaydi.
Bolani bog`chaga juda erta, ya`ni ertalabki nonushtadan 1-2 soat oldin olib
kelishga to`g`ri kelsa, u holda uyda engil nonushta(choy, kakao, sharbat, meva
yoki buterbrod) berish mumkin.
Bolaning maktabgacha ta`lim muassasasiga ko`nikish davrida uning
ovqatlanishiga alohida e`tibor berish zarur. Bola oila tarbiyasidan bog`cha
tarbiyasiga o`tishida, bolalar utrasida deyarli xar doim ma`lum ruxiy qiyinchiliklar
kuzatiladi. Bola qancha yosh bo’lca, bogcha sharoitiga kunikishi shuncha kiyin
buladi. Bu davrda bolaning ishtaxasi bug`iladi, yaxshi uhlamaydi, asabi buziladi,
organizmning kasallikka qarshi kurashish qobiliyati susayadi. Bu vaqtda bolalarni
to`g`ri ovqatlantirish ularning tezroq bog`cha sharoitiga ko`nikishiga bog`likdir.
Bola bog`cha sharoitiga kirib kelishdan oldin ota-onalar tomonidan
bog`chada kuproq tayyorlanadigan taomlar bilan tanishib borish hamda ushbu
taomlarni uyda tayyorlab ( asosan, bola uyda iste`mol qilmagan taomlarni), bolani
iste`mol qilishiga ko`niktirib borishlari tavsiya qilinadi.Ko`nikish davrining
10
A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm
Ziyo», 2008y
30
boshlarida bola uzi eyishni bilmasa yoki xoxlamasa, tarbiyachilar tomonidan
ovqatlantirib qo`yish lozim.
Bola agar ovqat eyishni xoxlamasa, uni zurlab ovqatlantirish yaramaydi. Bu
bolaning taomga va maktabgacha ta`lim muassasasiga kelishga bo’lgan
munosabatini yomonlashtiradi.
31
II.2.Maktabgacha ta`lim muassasalarida taomnomaning tuzilish tartibi
Bolalar salomatligini saqlash har bir kishining asosiy vazifalaridan biri
sanaladi. Bunda ovqatlanishni to`g`ri tashkil etish ham muhim ahamiyatga ega.
Endigina maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagan bolaning ovqat
ratsioni uning ulg`ayishi va rivojlanishini qay darajada ta’minlay olayapti?
Mamlakatimiz Maktabgacha ta`lim muassasalari oshxonalarida tayyorlanayotgan
ovqatlar talab darajasidami? Taomnomalarni kim tuzishi kerak, bu borada
mutaxassislar yetarli bilimga egami? Ushbu savollarga javob olish istagida
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish
respublika
o`quv-metodika
markazi
metodisti
Akmaljon
Mirzaaxmedovning ma`ruzalariga murojaat qildik
11
.
– Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini to`g`ri
tashkil qilishda asosiy mas’uliyat kimning zimmasiga yuklanadi? Har bir ota-ona
farzandini maktabgacha ta’lim muassasalariga olib kelishda ularning jismoniy va
aqliy sog`lom bo`lib ulg`ayishini maqsad qiladi. O`z o`rnida ta’kidlash joizki,
bolaning bu yoshida muassasa oshxonasi ratsionidagi taomlar ushbu maqsadning
qay darajada amalga oshayotganligini belgilaydi. Bolalar ovqatlanishini to`g`ri
tashkil etish orqali o`sib kelayotgan bolalar salomatligini saqlash, ularning
rivojlanishini namunali ta’minlash ko`zda tutiladi. Asosiy oziq moddalar, ya’ni
oqsil, yog` va uglevodlar ovqat tarkibida bir-biriga to`g`ri nisbatda bo`lgandagina
ovqatlanish to`g`ri tashkillashtirilgan hisoblanadi. Ana shu moddalar ovqat
tarkibida yetarli va zarur miqdorda bo`lganda organizmning oziq-ovqat
mahsulotlariga hamda biologik birikmalarga bo`lgan ehtiyoji to`liq qondiriladi.
Bolalar ovqatlanishining to`g`ri yo`lga qo`yilishi shifokor va hamshiralarning
asosiy vazifalaridan biri bo`lib, ular taomnomaga kiritilayotgan oziq-ovqat
mahsulotlarining energetik qiymati va tarkibining xilma-xilligiga bevosita mas’ul
shaxslar hisoblanadi. Ular kunlik va haftalik taomnomalarning taxminiy rejasini
tuzadi va oshpazlar shu asosida bolalar uchun ovqatlar tayyorlaydi.
11
«Maktabgacha ta’lim» jurnali 4 son 2014 y
32
Shifokor yoki hamshira bolalar ovqati uchun zaruriy bo`lgan texnologiyani
yaxshi bilishi shart. Unga ko`ra, ovqat tayyorlash texnologiyasi va tibbiy me’yorlar
bir-biriga muvofiq kelishi talab etiladi. Taomnomaga kiritilayotgan taomlar
maxsus retseptlar asosida ko`rsatilishi yoki belgilangan holda tuzilishi,
shuningdek, shu tartibda tavsiya etilayotgan taomnoma bolalar uchun belgilangan
tibbiy me’yorlarga mos kelsa, ularning salomatligi ta’minlanadi. 1 nafar bola
uchun belgilangan 1 kunlik oziq-ovqat mahsuloti miqdori kamaysa yoki ko`payib
ketsa, tibbiy me’yor buziladi. Ovqat tayyorlash texnologiyasi qat’iy tartib asosida
olib borilishi kerak. Masalan, choy damlash texnologiyasi – bu jarayon oddiy
ko`ringani bilan o`ziga xos murakkabliklarga ega. Ovqat tayyorlash texnologiyasi
ham xuddi shunday. Shu bois bir bolaga bir kunlik taom me’yorining ham tibbiy,
ham texnologik me’yorini aniqlash hamshira (ayrim hollarda shifokor)ga katta
mas’uliyat yuklaydi.
– Kunlik va haftalik taomnomalar qanday tartibda tuziladi va buning ahamiyati
nimalarda o`z aksini topadi? Maktabgacha ta’lim muassasalarining yo`nalishiga
qarab taomnomalar 5-6 yoki 7-10 kun uchun tuziladi. Taomnomalarning oldindan
tuzilganligining qulayligi shundaki, sarflanishi zarur bo`lgan oziq-ovqat
mahsulotlarining oldindan hisoblanishi va muassasaga o`z vaqtida yetkazib
berilishi ta’minlanadi. Haftalik taomnomani tuzishda muassasa rahbari, bosh
hisobchi, ombor mudiri, bosh oshpaz va hamshira ishtirok etadi. Bosh hisobchi
kerakli idoralar bilan shartnoma tuzilishini tashkil etadi, ombor mudiri esa
muassasa zaxirasidagi mahsulotlar haqida ma’lumot beradi. Hamshira shunga
qarab taomnoma ro`yxatini tuzadi va bosh oshpazga taqdim etadi. Muassasa
rahbari bu jarayonni nazoratga oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanish rasioniga kunlik me’yorlarda
belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi muhim. Chunki bu mahsulotlar
orqali bola organizmi asosiy oziq moddalar bilan ta’minlanib tursa, u tashqi muhit
ta’siriga chidamli bo`ladi, ayniqsa, uning yuqumli kasalliklarga qarshilik
ko`rsatishi hamda jismoniy va aqliy ish qobiliyati ortib boradi. Zero, bunda
bolaning yoshiga qarab uning oziq moddalarga bo`lgan ehtiyoji qondiriladi. Shu
33
nuqtai nazardan taomnomadagi mahsulotlarning kimyoviy tarkibi va kaloriyasi
alohida e’tiborga ega. Taomnoma ikki nusxada tuzilib, muassasa rahbari va
hamshira tomonidan tasdiqlangan holda oshpazlarga beriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida haftalik taomnomalar bilan ishlashning
bir qator afzalliklari bor. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning vitaminlar, mineral
modda va kaloriyaga boy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to`laqonli ta’minlanish
darajasi yaxshilanadi. Shuningdek, ushbu taomnoma ovqatlanishni tashkil etish
bo`yicha bilim va tajribaga ega bo`lgan mutaxassis tomonidan tuzilganda ovqat
tayyorlash texnologiyasi hamda sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilinishi
ta’minlanadi.
Bundan tashqari, shahar, tuman xalq ta’limi bo`limlari tasarrufidagi
maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasida bir xil taomlar tayyorlanadi va bu
bilan hududdagi barcha tarbiyalanuvchilarning ovqatlanish darajasi yaxshilanishiga
erishiladi.
– Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishiga doir
qanday me’yoriy hujjatlar yuritiladi? Taomnomalar xalq ta’limi bo`limi mudiri va
bosh hisobchisi tomonidan imzolanib, muhrlanib, ro`yxatdan o`tkaziladi.
Taomnomani tuzuvchi mas’ul shaxslar uchun eslatmalar har bir Maktabgacha
ta`lim muassasalarida ilingan bo`lishi kerak. Unda kunlik taomnomalarning tibbiy
me’yorlarga asoslangan holda to`g`ri tuzilishi, bir kishilik ovqat hajmi, bir bola
uchun kunlik sarflanadigan mahsulot miqdorining bog`cha va yasli guruhlari uchun
alohida belgilanishi, taomlarning xilma-xilligiga e’tibor qaratish, taomnomada
oziq-ovqat mahsulotlarini to`liq ko`rsatish lozim. Bundan tashqari ombor daftari
bo`lib, u tikilgan, sahifalangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan bo`lishi
shart. Unda har bir mahsulot uchun alohida varaq ochiladi, kirim-chiqim qilinib,
qoldiqlar ko`rsatiladi. Brakeraj daftarida ovqatlarning sifati, mazasi, kunlik
sinamalar olinganligi hamda ovqatning iste’molga tarqatilishiga ruxsat berilganligi
haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda yozib boriladi. U xom va tayyor
mahsulotlar uchun alohida yuritiladi. Me’yoriy hujjat sifatida yana sifati tez
buziluvchi mahsulotlarni qayd etish daftari yuritiladi. Bu daftarda sifati tez
34
buziluvchi mahsulotlarning ishlab chiqarilgan va qabul qilib olingan sanasi hamda
oxirgi saqlanish muddati belgilanadi. Shuni hisobga olgan holda olib kelingan va
so`nggi saqlanish muddatlari sana va soat bo`yicha qayd etiladi.
– Bolalar uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish qat’iy tartibda
taqiqlanadi? Bolalar ovqatlanish ratsionini tuzishda ehtiyotkorlik talab etiladi.
Ularning organizmi ta’sirchan bo`lib, bir bola kasallansa, ikkinchisiga tez yuqishi
mumkin. Shuni hisobga olgan holda, birinchi navbatda, yuqumli kasalliklar kelib
chiqishi va tarqalishining oldini olish maqsadida bolalar ovqati uchun xavfsizligi
va sifatini kafolatlovchi hujjati bo`lmagan oziq-ovqat mahsulotlari va
xomashyolar; saqlanish muddati tugagan va sifatsiz ko`rinishda bo`lgan
mahsulotlar; veterinariya ko`rigidan o`tmagan barcha turdagi go`sht mahsulotlari,
jumladan, mol, baliq, parranda go`shti; yovvoyi hayvonlar go`shti; suvda suzuvchi
parrandalar go`shti va tuxumi; yorilgan, oqqan, po`chog`i ifloslangan, shuningdek,
uy xo`jaliklaridan olingan tuxum; shishib qolgan, germetik berkitilishida
kamchiligi bo`lgan, yorliqsiz hamda qopqog`ida zang paydo bo`lgan konserva
bankalaridagi mahsulotlar; har xil aralashmalar bilan ifloslangan, ombor
zararkunandalaridan zararlangan yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlar;
tashqi ko`rinishida mog`or, chirik bo`lgan sabzavot va mevalar; krem va kremli
qandolat mahsulotlari (pirojniy, tort); go`sht mahsulotidan tayyorlangan rulet
hamda liver kolbasalar; pasterizasiya qilinmagan sutdan tayyorlangan tvorog,
flyagali tvorog va smetana; qo`ziqorin va undan tayyorlangan mahsulotlar,
qo`ziqorin buloni hamda konsentrati; issiqlik ishlovi berilmagan salqin ichimliklar
(mors, kvas va boshqalar); okroshka va sovutilgan sho`rvalar; makaron (go`sht
qiymasi bilan), makaron bilan maydalangan tuxum; bir tomonlama chala
qovurilgan tuxum; go`shtli va tvorogli blinchiklardan foydalanish va muassasaga
qabul qilib olish taqiqlanadi.
35
II.3. Oshxonaga qo`yiladigan sanitariya talablari
Ovqatlantirishni to’g’ri tashkil etishda, muassasa xodimlarining eng asosiy
vazifalaridan biri oshxonaga hamda taomlarni tayyorlash va saqlashga qo`yilgan
sanitariya-gigiena talablariga rioya qilishlaridir. Bu talablarga rioya qilinmasa,
bolaning sog`ligiga jiddiy ta`sir ko`rsatishi, jumladan, ovqatdan zaxarlanish, turli
kasalliklarga chalinish xolatlari sodir etilishi mumkin
12
.
Muassasada maxsulotlarni alohida ( go`sht, baliq, sut va hokazo) tartibda
saqlanishi talab qilinadi . Shuningdek, gusht va baliq yarim tayyor ma`hsulotlari (
go`sht va baliq qiymalari)ni xattoki, muzlatgichda saqlashga ru`hsat etilmaydi.
Go`sht va baliq ma`hsulotini faqat kulinariya ishlovi berishdan oldin qiyma
holatiga keltirish mumkin.
Turli hildagi oziq-ovqat mahsulotlariga issiqlik ishlovi (kovurish shkafida)
berishda, ularning pishirish uchun belgilangan harorat va ishlov berish
muddatlariga amal qilish lozim. Qovurish shkafidagi xarorat 220 S dan past
bo`lmasligi kerak. Qaynatilgan go`shtdan ikkinchi taom tayyorlansa, albatta,
ikkinchi issiqlik ishlovi berilishi talab etiladi.
Har kuni oshxonada ish tugatilgandan so`ng, xonalarni orasta kilib yig`ishtirib
qo`yishlari lozim. Buning uchun yig`ishtirish vaqtida kiyishga muljallangan
maxsus kiyimlar ( xalat, fartuk va boshq.) bo`lishi kerak. Har oyda bir marta asosiy
yig`ishtirish-tozalash ishlarini o`tkazish va barcha xona, jixoz va anjomlar
zararsizlantirilishi talab etiladi.
Ovqat ratsionini shakllantirishda, qo`yidagilarga amal qilish tavsiya etiladi.
I Taomnoma tuzishni tushlikdan boshlash. Chunki asosiy oziq-ovqat
mahsulotlarining ko`p qismi tushlikda sarflanadi. Shuningdek, me`yordagi go`sht
mahsuloti to`liq tushlikda, asosan, ikkinchi taom uchun sarflanadi.
12
A.R. Sodikov, A.M.Mirzaaxmedov Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni ovqatlantirish T. «Ilm Ziyo»,
2008y
36
2. An`anaga ko`ra, tushlik tarkibiga: yaxna taom (salatlar), birinchi taom (issiq
sho`rvalar), ikkinchi taom (go`shtli yoki baliqli taom garnir bilan) va uchinchi
taom (ichimlik) kiradi.
3. Yaxna taom sifatida ko`proq turli xil sabzavotlardan (bodring, pomidor, yangi
karam, sabzi, qizil lavlagi va hokazo) ko`kat qo`shib tayyorlangan salatlardan
foydalaniladi. Salatning mazasini yanada yaxshilash uchun unga yangi yoki
quritilgan meva (olma, qora olxo`ri, mayiz) qo`shish mumkin. Salatlarga faqat
o`simlik moyi (makkajo`xori, kungaboqar, zaytun) qo`shiladi.
4. Maktabgacha ta`lim muassasalarida birinchi taomlarning turi keng bo`lishi bilan
birga ular tarkibiga, karam sho`rva hamda turli xil go`sht, baliq va tovuq
qaynatmalarida tayyorlangan sho`rvalar kiritilishi lozim. Bundan tashqari, birinchi
taomlar tarkibiga go`shtsiz, jumladan, sabzavotli, yormali, frikadelkali sho`rvalar,
yorma oshlar, shuningdek, sutli va mevali suyuq oshlar kiritilishi kerak. Biroq
ovqat ratsionining hozirgi davr talabiga mos kelishini hisobga olganda, go`sht
qaynatmasida tayyorlangan birinchi taomlar ratsion ga hafta davomida uch
martadan ortiq kiritilmagani ma`qul. Haftaning qolgan kunlari go`shtsiz va sutli
suyuq ovqatlar berilishi lozim.
5. Ratsionga ikkinchi taom sifatida kotlet, bitochka, gulyash, qaynatilgan,
dimlangan va boshqa shu kabi ko`rinishdagi go`sht yoki baliqdan tayyorlangan
taomlarni, shuningdek, go`shtli, go`shtli-sabzavotli, go`shtli-yormali taomlarni
kiritish tavsiya etiladi. Garnir tayyorlashda, kartoshka, sabzavotlar, yorma va
makaron mahsulotlaridan foydalaniladi. Murakkab garnir sifatida yorma va turli xil
sabzavotlar berilishi mumkin.
6. Tushlikda ichimlik sifatida meva va quritilgan mevalardan tayyorlangan kompot
yoki kisel berilishi mumkin. Shuningdek, qadoqlangan meva va sabzavot
sharbatlari, na`matak ichimligi berilishi tavsiya etiladi.
7. Ertalabki nonushta va kechki ovqat, odatda, yaxna taom, issiq taom va issiq
ichimliqtsan iborat bo`ladi. Yaxna taom sifatida pishloq (pishloqli buterburod),
37
salat, portsiyali sabzavotlar, meva, yangi sabzavot va mevalardan tayyorlangan
salatlar beriladi.
8. Albatta, ertalabki nonushta va kechki ovqatga issiq taom sifatida—sutli, baliqli,
tvorogli, tuxumli yoki yormali taomlardan kiritilishi zarur. Bolalarga ko`proq turli
hil sutli bo`tqalar, sabzavot yoki mevalar, sabzavotli taomlar (dimlangan karam
yoki qizil lavlagi, sutli suosli sabzi, sabzavot ikralari va boshq.), toblab qizartirib
pishirilgan taomlar, yorma va sabzavot kotletlari, tvorogli taomlar, baliq yoki
tuxumdan tayyorlangan taomlar, shuningdek, yormali-sabzavotli aralash taomlar
(sabzavot va guruchli golubtsi, qayla bilan sabzi, kartoshka yoki karam kotleti,
singdirib qizartirib pishirilgan taomlar), asosiy issiq taom sifatida baliq (qaynatib
dimlangan, qaynatilagan yoki dimlangan holda) berilishi mumkin. Hafta davomida
bir-ikki marta sosiska yoki sardelka berilsa bo`ladi.
9. Ichimlik sifatida ertalabki nonushtaga — sutli kakao, qahva (tarkibida kofe va
kofein bo`lmagan), sut, sutli choy, kechki ovqatga — sut, qatiq, choy, sutli choy,
limonli choy berilishi tavsiya qilinadi. Ertalabki nonushta va kechki ovqatga
o`simlik damlamalaridan (na`matak kabi) tayyorlangan choy, kechki ovqatga yangi
yoki quritilgan mevalardan tayyorlangan kompotlar berilishi mumkin.
10. Ikkinchi tushlik, asosan, ikki taomdan: sut mahsuloti (nordon sut ichimligi) va
yog`, tuxum, sut hamda shirinliklar solib tayyorlangan bulochka mahsulotlari yoki
unli qandolat mahsulotlari (pechene, suxari, vafli)dan iborat bo`ladi. Ikkinchi tush-
likka turli xildagi meva yoki rezavor mevalar berilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.
12 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar uchun (agar ular uch mahal
ovqatlantirilsa) ikkinchi tushlikda qo`shimcha sabzavotli yoki yormali taom,
masalan, qizartirib toblab pishirilgan taom, puding, tvorog va tuxumdan
tayyorlangan taomlar berilishi lozim.
11. Kechki ovqat, odatda, sutli, yormali, sabzavotli, tvorogli taom va tuxumli
taomdan iborat bo`ladi. 24 soatlik ta`lim muassasasida tarbiyalanuvchi bolalar
uchun ikkinchi tushlikda sutli ichimlik berilishi tavsiya qilinmaydi, balki ushbu
ichimlikni bola uyquga yotishdan oldin (non, bulochka, olma, pechene kabilar
38
bilan birga) beshinchi ovqatlanish sifatida berilgani ma`qul. Bunday holatlarda
ikkinchi tushlikda sharbat yoki darmondoriga boyitilgan ichimliklar beriladi.
Bolalar ovqatini tashkil etishda, ratsionga kiritiladigan taom, kulinariya va
qandolat mahsulotlarining ozuqaviy qiymati «Oziq-ovqat mahsulotlarining
kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamiga hamda «Taom, kulinariya, qandolat va
bulochka mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» jadvalida keltirilgan texnologik
me`yorlarga asoslanib aniqlanadi.
Ovqat ratsionining ozuqaviy va energetik qiymati taomnoma- taqsimotga
asoslanib hisoblanadi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilotlar
tomonidan etkazib berilgan qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotining ozuqaviy va
energetik qiymati ko`rsatilishi lozim.
Oziq-ovqat
mahsuloti
tarkibidagi
mineral
moddalar
va darmondorilar miqdorini to`g`ri baholash.
Oziq-ovqat mahsuloti tarkibidagi mineral moddalar va darmondorilar miqdori
qadoqlangan idishda qayd etilmagan bo`lsa, u holda «Taom va kulinariya
mahsulotlarining kimyoviy tarkibi» hamda «Oziq-ovqat mahsulotlarining
kimyoviy tarkibi» ma`lumotlar to`plamida keltirilgan jadvallar asosida hisoblanadi.
Shuningdek, taom va kulinariya mahsulotlariga ishlov berishda, mahsulotning oziq
modda va energetik qiymatini yo`qotishini aniqlash ham ushbu ma`lumotlar
to`plami va unda keltirilgan jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Texnologik xaritalar kartotekasi.
Har bir maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar ovqati ratsioniga
kiritilayotgan barcha taom va kulinariya mahsulotlarining texnologik xaritadan
iborat bo`lgan kartotekasi bo`lishi lozim. Texnologik xaritaga taom yoki kulinariya
mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlar to`plami (taom yoki kulinariya
mahsuloti uchun sarflanadigan mahsulotlarning chigitli va chigitsiz miqdori hamda
tayyor taom va kulinariya mahsulotining sof vazni aks etgan), shuningdek, taom va
kulinariya mahsulotining tayyorlanish texnologiyasi kiritilishi lozim.
39
Texnologik xaritada mahsulotlarning ozuqaviy va energetik qiymatlari, albatta,
ko`rsatilishi shart. Shunda, texnologik xarita yuritilishining afzalligi, bir taomni
ikkinchi bir taom bilan almashtirishga to`g`ri kelsa, har ikki taomning tarkibi va
energetik qiymatining muvofiqligini solishtirishda qo’lay bo`ladi.
Bola yoshligida etarli miqdorda darmondori iste`mol qilmasligi, uning
salomatligi salbiy holatga tushishining eng asosiy sabablaridan biridir. Ya`ni
bolaning sog`lig`i yomonlashib, turli kasalliklarga chalinishi va organizmning
fizologik rivojlanishi susayishi mumkin. Darmondorilar etishmasligi, asosan, kuz
va bahor fasllarida vujudga keladi. Bunda bolalarning e`tiborliligi va o`zlashtirish
qobiliyatlari susayadi.
Mineral moddalarning bola organizmiga ta`siri
Mineral moddalar etishmasligi xavfi darmondori tanqisligidan kam emas.
Shuning uchun bolalar yoshiga qarab, jadvalda belgilangan kunlik ehtiyojlari
qondirib borilishi lozim.
Bolalar organizmining bir kunlik ehtiyojiga ko`ra, tavsiya etiladigan makro va
mikroelementlar miqdori (mg hisobida)
Bolaning
Yoshi
Kal`
tsiy
Fos
for
Mag
niy
Te
mir
Rux Mis
Yod Selen Xrom
1-3
Yoshli
800
800
150
10
5
0,34 60
20
11
4-10
900-
1350-
200-
10-
0,44- 70-
30-
15-
. yoshli
1100
1650
250
12
10
0,6
100
40
20
Kal`tsiy — organizmda suyak va mo`shak to`qimalarining asosiy tarkibiy
qismi hisoblanadi. Bola organizmida kal`tsiy bilan fosfor tuzi hamda D, S va V
guruhlariga
mansub
darmondorilari
etishmasligi
suyakning
noto`g`ri
rivojlanishiga, raxit, tish kariesi va markaziy asab tizimi faoliyati buzilishiga olib
keladi.
40
Magniy — moddalar almashinuvida yurak faoliyatiga, organizmdan ortiqcha
xolestirin moddasi chiqarishda muhim vazifani bajaradi. Magniy moddasi
etishmasligi
organizmda
asab
to`qimalarining
bezovtaligiga,
immunitet
pasayishiga, turli xil teri kasalliklariga olib keladi.
Temir moddasi — to`qima va hujayralarga kislorodni etkazadi, qon
tarkibidagi gemoglabinning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Organizmda murakkab
oksidlanish va moddalar almashinuvi jarayoni temir ishtirokida sodir bo`ladi,
shuningdek, fermentlar sintezida ishtirok etadi. Temir moddasi hamda S va V
guruhi darmondorilari etishmasligi kamqonlikka, mo`shaklar susayishiga, tez-tez
kasallanishga, shuningdek, bola organizmi aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada
qolishiga olib keladi.
Hamshiraning lavozim yo`riqnomasi
1. Umumiy qoidalar
1.1. Hamshira kichik tibbiyot xodimi hisoblanadi, uning lavozimiga tayinlanishi va
bo`shatilishi muassasa rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
1.2. Hamshira lavozimiga o`rta tibbiy ma`lumotga ega bo`lgan hamda uch yildan
ortiq tibbiy ish stajiga ega bulgan shaxs saylanadi.
1.3. Hamshira muassasa rahbariga bo`ysunadi. '
1.4. Hamshira xizmat vazifasiga ko`ra, maktabgacha ta`lim muassasasida
ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan qonun va me`yoriy
hujjatlarga, asosan, ish yuritadi.
Hamshira quyidagilarni bilishi shart:
-bolalarning hayot xavfsizligini muhofaza qilish bo`yicha qo`llanma va yo`l-
yo`riqlarni;
-muassasaning
ishi
yuzasidan
sanitariya
va
sanitariya-epidiomiologiya
me`yorlarini;
-ovqatlantirishni tashkil etishga qo`yilgan talablarni;
41
-bolalarning rivojlanish fiziologiyasi, sanitariya va gigiena talablarini;
-ichki mehnat tartib-qoidalarini.
Do'stlaringiz bilan baham: |