111
Misol uchun: Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanidagi iqtisodiy mustahkam fermerlar
hozir kooperatsiya shaklida ishlayapti. Ular paxtani tolaga aylantirish orqali foyda kо‘rishyapti.
Kelgusida ular tо‘qimachilik sanoatiga ham о‘tishi mumkin.YA’ni tо‘qimachilik sanoati paxta
yetishtirishda monopoliya bо‘lib qoladi, degan fikrdan yiroq bо‘lish kerak.
Shu bilan bir qatorda О‘zbekiston qishloq xо‘jaligidagi eng katta muammolardan biri bu
– suv muammosi. klasterlar orqali bu muammo bir oz bо‘lsada о‘z yechimini topib
kelmoqda.
Klasterlarni bitta yutuq tarafi bor: ular moliyaviy tomondan barqaror. Ular dunyoda
bor yangiliklarni juda tez qabul qila oladi.
О‘zbekistonda bor suv imkoniyatlari bilan ikki hosil miqdorida mahsulot olish sharoiti bor.
Masalan, Avstraliyada ham suv tanqisligi bor, lekin ular har gektar yerdan о‘rtacha 80 sentner
hosil olishyapti.
Biz bor suv imkoniyatimiz bilan ham yetarli hosil ololmayapmiz.
Sug‘orishning yangi usullari bо‘yicha hozirda 20-30 foiz suv tejalib boshlandi, hosildorlik
ham oshyapti. Albatta, davlat subsidiyalari bо‘lmaganda buni klasterlarning о‘zi
ham qila
olmasdi.
Yaqin yillarda bizda suvni tejash borasida katta о‘zgarishlar bо‘ladi.
Paxtachilikda davlat rejasi bekor bо‘ldi. Endilikda fermerlar klasterlar bilan erkin
shartnoma tuzishi mumkinligi aytilyapti.
Ammo qо‘limizdagi faktlarga kо‘ra, ayrim joylarda,
masalan. Farg‘onada fermerlar hamon paxta zavodlar bilan shartnoma tuzishga majbur
qilinyapti.
YA’ni,
biz aytdik, klaster – shakllanayotgan tizim. Endilikda fermer va klaster
orasidagi munosabatlarni tо‘g‘ri va shaffof jarayonga olib kelishimiz kerak.
Bu yerda klaster joriy etilmagan tumanlar haqida gap ketayotgan bо‘lishi mumkin.
Farg‘ona viloyatida hozirda 6ta ilg‘or klaster faoliyat yuritmoqda va ularda faoliyatni yanada
kengaytirish imkoniyati bor.
Tо‘g‘ri, ularning hammasi ham teng ishlayotgani yо‘q. Bu yerda yomon, о‘rta va
yaxshi
ishlayotgan klasterlar ham bor.Bizda hattoki klasterlarni almashtirish talabi ham yuzaga keldi va
barcha mahalliy hokimliklar shu tizimdan manfaat kо‘rayotgan fermerlarni qо‘llab-
quvvatlashsin. YA’ni, fermer shu klaster bilan ishlashdan manfaat kо‘ryapman, desa, hokimlik
unga sharoit yaratib berishi kerak.
Ma’lumotlarga kо‘ra, 90 foiz fermerlar klaster tizimidan rozi va manfaatdor. Bu – taxminiy
raqamlar. Bundan ham katta bо‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda Qishloq xо‘jaligini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash maqsadida
Prezidentning 27 martdagi PQ-5041-son qarori 5-bandida Moliya vazirligiga mazkur qaror 4-
bandiga asosida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln sо‘m kredit
resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida respublika byudjeti hisobidan
2026 yilda qoplanishini ta’minlash topshirildi. Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga
qoplanmagan mablag‘lar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi
foydasiga qayta rasmiylashtiriladi.
Bu esa sohasini har tomonlama rivojlantirishda muhim huquqiy va iqtisodiy xujjatlardan
biri bо‘lib hizmat qiladi. Bundan kо‘rinib turidiki, agar mingta
fermerdan bittasi ham men
pulimni ololmadim desa, biz shu holatga e’tibor qaratishimiz kerak. Sababi – biz ham, butun
dunyoda ham yongan, kuygan narsaga e’tibor kuchli bо‘ladi.Bu tizimni
bir holatga qiyoslasak
,birinchi marta kosmosga raketa uchirilganda bu katta revolyusion tadbir bо‘lgan. Tо‘g‘ri, klaster
bu kosmosga raketa uchirish emas, lekin bu ham katta bir islohot.
Hozirda Klasterlar mustaqil MCHJ shaklida tashkil qilinyapti. Lekin Vazirlar
Mahkamasining tegishli qarori bilan 7ta klaster faoliyati bir yilni о‘zida tugatilgan.
Davlat
tomonidan tugatilyapti, degan sо‘z unchalik tо‘g‘ri bо‘lmasa kerak. Nima uchun? Bizda boshida
1ta
klaster ishladi, keyingi 15ta bо‘ldi va о‘tgan yili 75ta.
Klaster biror joyda 40-50 yil ishlash uchun ishonchni, kelajakni kо‘rsa, unda ishlashga
ishtiyoq boshqacha bо‘ladi. Nafaqat klaster, balki fermerning
ham munosabati boshqacha
bо‘ladi. Mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, unga bozor mexanizmlari va zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster
usuli yо‘lga qо‘yildi, ekin turlari zamon talabidan kelib chiqib о‘zgartirildi.
112
Bundan kо‘rinib turibdiki, qishloq xо‘jaligini riqojlantirishda klasterlarning о‘rni
ahamiyatlidir.Natijada hosildorlik ham, daromad ham oshmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: