Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar


QISHLOQ XО‘JALIGI MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA KLASTER



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/179
Sana27.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#708222
TuriСборник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179
Bog'liq
Анжуман Клатер-2021

QISHLOQ XО‘JALIGI MAHSULOTLARINI ISHLAB CHIQARISHDA KLASTER 
MODELI VA UNING IQTISODIYOTDA TUTGAN О‘RNI 
 Normamatov I.B 
katta o‘qituvchi, 
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Pardayeva M.U 
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti 
 
Qishloq xо‘jaligini rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakat 
aholisining 60 foizidan ortiq qismi yashayotgan qishloqlarning farovonlik darajasini 
yuksaltirishda muhim omil bо‘lmoqda. 
Shu munosabat bilan sо‘nggi yillarda qishloq xо‘jaligini boshqarish tizimida institusional 
islohotlar amalga oshirildi, paxta xomashyosi va boshoqli don mahsulotlarini davlat tomonidan 
kafolatlangan xarid narxlarini sezilarli darajada kо‘paytirish hisobiga qishloq xо‘jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligi oshirildi.Qishloq xо‘jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishning klaster modeli keng joriy etilmoqda, natijada 
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi “Buxoro viloyatida zamonaviy paxta-to`qimachilik klasterini 
yaratish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2978-son qaror. 


110 
oxirgi yillarda paxta-tо‘qimachilik klasterlariga ajratilgan yer maydonlari hajmi mazkur ekin turi 
uchun ajratilgan qishloq xо‘jaligi yerlarining 52 foizini tashkil etdi. 
Shu bilan birga, qishloq xо‘jaligini davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlashda samarali bozor 
mexanizmlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkonini 
bermayapti.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-aprel, “Qishloq xо‘jaligi sohasida 
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi
 
PF-5708- sonli qarori 
chiqqan edi. Shunga muvofiq qishloq xо‘jaligini davlat tomonidan boshqarishning yaxlit tizimini 
shakllantirish, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilishning bozor 
mexanizmlarini joriy etish maqsadga muvofiqligi qayd etib о‘tildi. 
Davlatimiz rahbari bu haqda joriy yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida aytgan edi. “Paxta 
va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari 
asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich о‘tamiz. Agar bu yо‘ldan bormasak, fermer va 
dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin bо‘lmaydi, ular о‘zlari kutganlaridek manfaat 
kо‘rmaydi, hokimlarning esa ish uslubi о‘zgarmaydi”, degan edi Shavkat Mirziyoyev.
1
Klasterlar orqali О‘zbekiston qishloq xо‘jaligining eng yangi texnika-texnologiyalari kirib 
kelmoqda, bu yerda katta manfaat bor. Qishloq xо‘jaligi katta daromadli sohaga aylanadi 
.Tizimga yomon degan ta’rifni ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak. Qolaversa, tо‘qimachilikda 
bizga nisbatan yillar davomida majburiy mehnat borasida e’tiroz bо‘lib keldi. Klaster tizimi 
majburiy mehnat borasida e’tirozlarni olib tashlaydi. 
Yurtimizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xо‘jaligi mahsulotlari 66 ta 
mamlakatga eksport qilinmoqda.Davlatimiz rahbarining 2019-yil 23-oktabrdagi farmoni bilan 
О‘zbekiston 
Respublikasi 
Qishloq 
xо‘jaligini 
rivojlantirishning 
2020-2030-yillarga 
mо‘ljallangan strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qо‘shilgan qiymatli mahsulotlar 
ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. 2019-yil 11-dekabrda bu 
borada Prezident qarori qabul qilinib, barcha tashkiliy-huquqiy asoslar yaratib berildi. О‘tgan 
qisqa vaqtda hokimliklar tomonidan 86 ta shunday klaster tashkil etish bо‘yicha takliflar 
shakllantirildi. 
Qayd etilganidek, klasterlar tomonidan qayta ishlash, saqlash va quritish bо‘yicha 430 
ming tonna qо‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish yuzasidan 96 ta loyiha rejalashtirilgan. 
Shuningdek, 6 ming gektarda intensiv bog‘ va 8 ming gektarga yaqin maydonda uzumzor barpo 
qilish bо‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Joriy yilda 410 million dollarlik mahsulotlar eksporti 
mо‘ljallangan. 
Prezidentimiz Qishloq xо‘jaligi vazirligiga klasterlar faoliyatini tashkil qilish, xorijiy 
ekspertlar xulosasi asosida ekinlarni samarali joylashtirish, zarur urug‘lik va kо‘chatlarni 
hozirdan tayyorlash, Moliya vazirligiga klasterlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash 
bо‘yicha topshiriqlar berdi. 
“О‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi klasterlarga yangi bozorlar topish va eksport 
qilishda doimiy ravishda amaliy yordam berib borishi kerakligi kо‘rsatib о‘tildi. 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish