43
beqiyosdir. Bundan tashqari mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan
hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar
amalga oshirilmoqda. Ushbu strategiya alohida bosqichlarga bo’linib jamiyat,
jumladan
iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda hayotga tadbiq qilinmoqda. Uning har bir bosqichi uchun alohida
maqsadli Davlat dasturi ishlab chiqarildi. Harakatlar strategiyasida mamlakatning zamonaviy
iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiyaning faolligi sur’atlariga, bu esa investitsion muhitga
bog’liq. Investitsion muhit iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyani yanada kengroq jalb etish uchun,
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish jarayonlarida, jahon bozorida raqobat qila oladigan mahsulot ishlab chiqarishni
tashkil etishda xorijiy investorlar yanada faol ishtirok etishi
uchun yaratilgan huquqiy va
iqtisodiy shart-sharoitlarni takomillashtirishni taqozo etadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti
sharoitida har bir korхona, jumladan, qishloq xojaligi sohasidagi subektlar to`la iqtisodiy va
huquqiy mustaqillikka ega bo`lganligi uchun asosiy maqsadi o`ziga biriktirilgan rеsurslardan
to`la va samarali foydalanish bo`lib, shu rеsurslar birligiga qancha ko`p daromad va foyda olsa,
raqobat kurashida shuncha ustunlikka ega bo`ladi. O‘sish mamlakatning o‘zini-o‘zi ta’minlash
iqtisodiy
strategiyasi, shuningdek davlat tomonidan nazorat qilinadigan rejali iqtisodiyot
hisobiga erishilardi.
Har qanday agrar хo`jalik muayyan bir ijtimoiy- iqtisodiy tizimda vujudga kеlishi va
rivojlanishining asosiy shartlaridan biri uning samaradorligi darajasi bilan bеlgilanadi. Samarali
хo`jalik yuritish raqobatli bozor muhitida хo`jalikning yashovchanligi va taraqqiyotini bеlgilab
beruvchi eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarish jarayonida
foydalaniladigan iqtisodiy rеsurslar (yer, kapital, mеhnat va boshqalar) chеklangan xarakterga
ega bo`lib, bu holat
ulardan imkoni boricha unumli, samarali foydalanishni talab etadi.
O'zbekistonda islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon,
davlatning investitsion siyosati, uning ustuvor yo'nalishlari va mamlakatdagi korxonalar
investitsion faolligiga bog'liq.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotning liberallashuvi investitsiyalarni
moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatdi. Shuning uchun
YETTBning mahalliy rasmiylar bilan muvofiqlashtirilgan islohotlar yo'nalishlari
tarkibiga
moliyaviy institutlarning kreditlash imkoniyatlarini kuchaytirish ham ko’zda tutilgan.
Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim
omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi
davlat investitsiya va iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak.
“Iqtisodiyotni
yanada
rivojlantirish
va
liberallashtirish”
deb
nomlangan
yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va
narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor
mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning
daromad bazasini
kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish ifodalangan. Mazkur yo’nalishda eksportga
mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar
uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini
takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish muhim chora-tadbir sifatida
ko’rsatilgan.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi. Shuning uchun harakatlar
strategiyasida barcha investorlar va iqtisodiy sub’ektlat uchun
qulay investitsion muhit
yaratishga alohida e’tibor berilgan.
Yuqorida nombar qilingan chora-tadbirlar asosidaquyidagi asosiy vazifalarni ajratish
mumkin:
44
➢
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish;
➢
liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash;
➢
yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish;
➢
milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish;
➢
qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish;
➢
iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy
islohotlarni davom ettirish;
➢
xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish;
➢
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish;
➢
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib
holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish;
➢
investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va
hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.
Albatta, iqtisodiyotni harakatlar strategiyasi rivojlantirish sharoitida investitsiya faoliyati
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya'ni iqtisodiyotning
rivojlanishi va iqtisodiy o'sishi ko'p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga bog'liq.
Mamlakatning baraqaror iqtisodiy rivojlanishiga erishish uchin investitsiyalar muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash
mumkinki, yangi O’zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal
etuvchi muhim va yangi davr davrini ifodalovchi milliy dasturamal sifatida namoyon
bo’lmoqda.Unda itisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan investitsiyalarni jalb qilishning asosiy
ustuvor yo’nalaishlari aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: