Klasterlarni shakllantirish: tajribalar, natijalar va innovatsion yondashuvlar


BUDJET TAQCHILIGINI BARTARAF ETISH YO’LLARI



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/179
Sana27.06.2022
Hajmi3,82 Mb.
#708222
TuriСборник
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179
Bog'liq
Анжуман Клатер-2021

 BUDJET TAQCHILIGINI BARTARAF ETISH YO’LLARI 
 Boltaeva Mohichehra Sharipovna, BuxDU 
 
«Qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz 
shart», — Shavkat Mirziyoyev. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan 
kunning 28 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni 
qat’iy davom ettirishini ma’lum qildi. 
«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan 
mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin 
va murakkab 
bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona 
yo‘limiz shu.Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni 
qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat 
Mirziyoyev. 
Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga 
javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga 
intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar 
bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida 
bo‘lishini qayd etdi. 
«Chunki bilimli avlod — buyuk kelajakning, tadbirkor xalq — farovon hayotning, 
do‘stona hamkorlik esa — taraqqiyotning kafolatidir!» — dedi davlat rahbari. 
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.Karimovning 
bevosita tashabbusi va rahbarligida har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan taraqqiyotning 
“0 ‘zbek modeli”ni izchil amalga oshirish orqali iqtisodiyotimiz misli ko‘rilmagan katta 
muvaffaqiyat va natijalarga erishdi. Jumladan, mustaqillik yillarida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy 
jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lib qolgan bir tomonlama 
xomashyo ishlab chiqarish bo‘yicha rivojlanish, paxta yakkahokimligi va inqiroz holatidan 
chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik 
mustahkamlandi, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik va 
mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning 
infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Soliq, byudjet va tashqi iqtisodiy faoliyat 
sohalarida, bank tizimi faoliyatida mustahkam barqarorlik, davlat qarzini nisbatan past darajada 
ushlab turish ta’minlanib mamlakatimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuqori darajaga 
ko'tarishga erishilmoqda. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan modemizatsiya, tarkibiy o‘zgarish 
va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quw atlari 
ishga tushirilmoqda. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida 
yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlarining ko‘payib, sifati tubdan 
yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ulaming ertangi 
kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda. Ma’naviy jabhada ham tub 
o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolari ongida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllantirildi. 
Albatta O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun jadal tezlikda odimlamoqda. Bu 
o’sish jahon mamlakatlari etirofiga sazavor bo’lib kelmoqda va o’zining realligini real hayotda 


220 
ko’rsatib bormoqda. Buning uchun hurmatli birinchi prizedentimiz I.A Karimovdan va hozirgi 
prezidentimiz SH.M Mirziyoyev olib borgan va olib borayotgan siyosatlari tahsinga loyiq. 
Tashqi qarz hajmining muntazam o‘sib borishi natijasida ushbu qarzlar bo‘yicha 
mamlakatlar joriy to‘lovlarini to‘lay olmasligi mumkin. Davlatning tashqi qarzi va to ‘lov 
qobiliyatini tahlil qilish uchun quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: - tashqi qarzda 
qisqa muddatli qarzlaming ulushi; - tashqi qarzning eksportga va YalMga nisbati; - tashqi 
qarzga xizmat ko‘rsatishning eksportga nisbati; - rasmiy zaxiralaming tashqi qarzga nisbati. 
Jahon banki m a’lumotlari ko‘rsatishicha 1997—2007-yillarda rivojlanayotgan va o‘tish 
iqtisodiyoti mamlakatlari tashqi qarz yuki yengillashgan. Tahlillar ko‘rsatishicha qisqa muddatli 
qarzlaming tashqi qarzdagi ulushi deyarli kamaymagan va 2007-yilda ushbu ko‘rsatkich 24 %ni 
tashkil qildi. Davlat tashqi qarzining o‘zgarishi uning to‘lov qobiliyati, iqtisodiy va moliyaviy 
barqarorligi bilan bevosita bogiiq. Tashqi qarz va uni to ‘lash qobiliyati mamlakatning xalqaro 
kapital bozori dastaklaridan foydalanish imkoniyatini belgilaydi. Bu borada nufuzli 204 xalqaro 
reyting agentliklari mamlakatning tashqi qarz ko‘rsatkichlari bilan birgalikda hukumat 
tomonidan xalqaro iqtisodiy, valuta, kredit munosabatlari sohasida qabul qiladigan qarorlarini 
ham kuzatib borishadi va mamlakatlar reytingiga tegishli o‘zgarishlar kiritishadi. Shu sababli 
hukumatlar iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun tashqi qarz ko'rsatkichlarini 
belgilangan me’yorlardan oshib ketmasligini ta’minlashga harakat qilishadi. 
Taraqqiy etgan mamlakatlar, jumladan, AQSh uchun davlat qarzining oshishi va bu qarzni 
moliyalashtirishda norezidentlar ulushining o ‘sishi mamlakat milliy valutasining xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘miga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi qarzni davlat yoki 
xususiy sektor hisobidan o‘sib borishi va belgilangan me’yorlardan oshib ketishi aksariyat 
mamlakatlarda tashqi qarzga xizmat ko‘rsatish jarayonining murakkablashishiga olib 
keladi.Toiovlam ing kechiktirilishi esa yangi qarzlami olish imkoniyatini kamaytiradi.Xorijiy 
kreditorlar xalqaro sudga murojaat etish orqali davlatning iqtisodiy hududidan tashqarida 
bo'lgan mulkini musodara qilishlari mumkin.Tashqi qarzlar bo'yicha to‘lovlaming kechiktirilishi 
qarzdor mamlakatlami kreditorlar bilan muzokara olib borishga majbur qiladi. Ayrim hollarda 
kreditor qarz bo‘yicha to‘lovlami kechiktirishi mumkin va ushbu operatsiya prolongatsiya, deb 
nomlanadi. Rasmiy tashqi qarzlaming katta qismi Parij klubiga a’zo mamlakatlarda 
mujassamlashgan.Xususiy sektor tashqi qarzlari katta bo'lgan mamlakatlar esa London klubiga 
a’zo bo'lishadii. Rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi qarzini keng miqyosda tartibga solish 
birinchi marta 1980-yillarda amalga oshirilgan. Tashqi qarz muammosini tartibga solish 
davlatlaming, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning siyosati obyektiga aylandi. 0 ‘z 
maqsadlaridan kelib chiqqan holda kreditorlar tashqi qarz muammosini xalqaro forumlarga olib 
chiqishni boshlashgan. Bunday forumlar Parij va London klublari faoliyati doirasida tashkil 
qilinadi. Parij va London klublarining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyoti 
mamlakatlari tomonidan kechiktirilgan tashqi qarzlar bo'yicha kreditorlarning umumiy 
strategiyasini ishlab chiqish va kreditorlar faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Mamlakatlaming ushbu klublar bilan kelishuvlari quyidagilami o‘z ichiga oladi: - tashqi 
qarzlami restrukturizatsiyasi; - qarzning bir qismini obligatsiyalarga almashtirish; - qarzning bir 
qismidan voz kechish. Parij klubiga a ’zo bo'lmagan mamlakatlaming kredit munosabatlari ikki 
tomonlama muzokaralar orqali tartibga solinadi. Parij va London klublarining tashkil qilinishi 
rivojlanayotgan 
va 
o'tish 
iqtisodiyoti 
mamlakatlarining 
tashqi 
qarz 
muammosini 
yengillashishiga olib keldi. Chunki tashqi qarz muammosini hal etish jarayoni tartibli, tizimli 
ko'rinishga keltirildi va qarzdor mamlakatlar o'zlarining tashqi kredit munosabatlarini 
barqarorlashtirish imkoniga ega bo'lishdi. Parij klubi va boshqa xalqaro moliya institutlari 
tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyoti mamlakatlari 
tashqi qarzining kamayishiga olib keldi. 


221 

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish