174
O‘zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlarning ijtimoiy-demografik holatini tahlili
ularning 32,1 foizi – umumiy o‘rta, 61,1 foizi – o‘rta–maxsus va 6,8 foizini – oliy ma’lumotli
shaxslar tashkil qilishi aholining ma’lumot va malaka darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat
bozorida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi mos holda kam bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
1
COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, iqtisodiyotning
barqaror faoliyat yuritishi, aholining daromad manbai bo‘lgan ish bilan bandligini saqlab turish,
ommaviy ishdan bo‘shatilishlarni oldini olish, xodimlarni masofaviy ish usulida bandligini
ta’minlash va boshqa keng chora-tadbirlar asosida ishsizlik darajasining oshib ketmasligiga
erishildi
XXI asrda iqtisodiy taraqqiyot uchun inson kapitali muhim omil bo‘lib, uni rivojlantirish,
oliy va professional ta’limning sifatini oshirish har qanday mamlakat oldida turgan dolzarb
vazifa hisoblanadi. Barcha yetakchi, ilg‘or davlatlar tajribasi faqat inson kapitalini to‘laqonli
rivojlantirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli,
2020 yilda mehnat bozorini yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar bilan ta’minlash,
professional standartlar, tarmoq malakalar ramkalari va malaka talablarining ishlab chiqilishi
hamda yangilab borilishi, malaka va bilimlarni baholash milliy tizimining xalqaro miqyosda tan
olinishini ta’minlash maqsadida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va
hududiy kengashlar tashkil etildi. Aholini kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashning uch
bosqichli tizimi:
1) band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy «Ishga marhamat»
monomarkazlari;
2) mamlakatning barcha hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
tasarrufida tuman va shahar kasb-hunarga o‘qitish markazlari;
3) mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etildi. Mehnat bozori,
bandlik, demografiya, mehnat migratsiyasi, malaka tizimi va kasbiy standartlarni
takomillashtirish va mehnatni muhofaza qilish yo‘nalishlarida ilmiy-amaliy ishlar, tadqiqotlarni
amalga oshirish hamda erishilgan ilmiy natijalarni amaliyotga keng joriy etish va sohada ilmiy
salohiyatni oshirish maqsadida, Respublika bandlik va mehnat muhofazasi ilmiy markazi Mehnat
bozori tadqiqotlari instituti etib qayta tashkil etildi. Jahondagi globallashuv, mamlakatlarning
o‘zaro integratsiyalashuvi mehnat bozorida ishchi kuchining erkin harakatlanishi va ularning o‘z
mehnat potensialidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratdi. 2000 yildan boshlab,
O‘zbekistondan chet elga mehnat faoliyati yuritish uchun chiqish doimiy xususiyatga aylandi va
bu jarayonga ancha vaqt yetarli e’tibor qaratilmadi. Mamlakatimizda ishchi kuchining profitsiti
mehnat bozoridagi vaziyatni yumshatish, iqtisodiy rivojlanishning dastlabki davrida tashqi
mehnat migratsiyasining muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu jarayonlarni tartibga solish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyulda “O‘zbekiston
Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada PQ-3839-son va 2020 yil 15
sentyabrda takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi “Xavfsiz, tartibli
va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4829-son
qarorlari qabul qilindi. Natijada, xorijda ishlayotgan mamlakatmiz fuqarolariga nisbatan
munosabat tubdan o‘zgardi, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda huquq va manfaatlarini himoya
qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 2020 yilda COVID-19 pandemiyasiga
qaramay, mehnat migrantlari tomonidan O‘zbekistonga 6 mlrd. AQSh dollardan ortiq pul
jo‘natmalari o‘tkazildi va shundan 4,3 mlrd. AQSh dollar Rossiya Federatsiyasi hissasiga to‘g‘ri
keldi. Bundan tashqari mehnat migrantlari Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi,
Koreya Respublikasi va Yevropa mamlakatlarida mehnat faoliyatlarini amalga oshirib, ularni
mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun potensial investor, malakali mutaxassis, yangi ish joylari
yaratuvchi tadbirkor sifatida qabul qilish lozim. So‘rovlarga ko‘ra, mehnat migrantlarining
Do'stlaringiz bilan baham: