Ikki qavatli ekstraktor
(69-rasm) silindrsimon korpus va alohida o’qlarda
mahkamlangan ikkita: 4 ustki va 10 ostki aylanadigan rotorlardan iborat. Rotorlar
tishli uzatma yordamida bitta elektrodvigatel orqali harakatga keltiriladi.
Rotorlarning 22, 27 tashqi va 23,26 ichki silindrsimon devorlari mavjud.
Devorlar orasidagi joy 20, 5 vertikal radial to’siqlar bilan 18 ta kameralarga
bo’lingan.
147
Rotorlarning tagida ikkitadan quzg’almas tubi joylashgan, 2, 9 ustki tubi
tirqishli, zeyerli va 7, 28 pastki - yaxlit bo’lib tashqi devorga tomon 12
0
qiyalik bilan
qilingan.
Ekstraktorning pastki qismi vertikal radial to’siqlar bilan mistsellani yig’ish
kameralarga bo’lingan.
Ekstraktsiyalanadigan material birinchi qavatning tegishli kamerasiga bunker 15
orqali yuklanadi. Bunker ichida uzunligi har xil bo’lgan ikkita 13 shnekdan iborat
ta’minlagich joylashgan. Ular yordamida xom ashyo bir me’yorda ikkita 12
tarnovdan ekstraktor kamerasiga tushadi.
Ekstraktorning birinchi qavatida xom ashyo ketma-ket sakkiizta bosqichlardan
o’tadi va 19, 23 sachratgichlar orqali beriladigan mistsella bilan sug’oriladi.
Ekstraktsiyalanadigan material ekstraktorning birinchi qavatidan ikkinchi
qavatiga 24 shaxta orqali tushiriladi, ketma-ket sakkiizta bosqichlardan o’tib
mistsella bilan sug’oriladi. Mistsella kontsentratsiyasi bosqichdan-bosqichga
pasayadi va oxirgi bosqichda ekstraktsiyalanadigan material toza erituvchi bilan
yuviladi. Erituvchini oqizish zonasidan o’tib moysizlantirilgan material 34 tushurish
shnek orqali ekstraktordan chiqariladi. Erituvchi, havo va suv bug’lari ekstraktorning
ustki qismidan maxsus 14 patrubka orqali chiqarib yuboriladi.
Ekstraktor 18 nazorat oynalari va 29 lyuk bilan jihozlangan. Mistsella mistsella
yig’gichlardan 30 patrubkalar orqali retsirkulyatsiya qilinadi.
Ekstraktorning ostki qismidan mistsella patrubka va nasos orqali birinchi
qavatning sug’orish quvurlarga o’zatiladi. Oxirgi kontsentrlangan mistsella patrubka
orqali ekstraktordan chiqariladi va nasos yordamida filtrlashga yuboriladi.
148
..
69-rasm. Ikki qavatli rotor karuselli ekstraktori:
a- umumiy ko’rinishi, b- qo’shimcha moslamalarning ko’rinishi.
1-mistsellani ikkinchi qavatdan chiqarish uchun patrubka, 2, 9-tirqishsimon (zeyerli) tubi, 3-korpus,
4-ustki rotor, 5, 20-vertikal radial to’siqlar, 6, 11-tishli uzatma, 7, 28-yaxlit tubi, 8-elektrodvigatel,
9-rotor, 10-ostki rotor, 12-xom ashyo uchun tarnov, 13-shneklar, 14-erituvchi, havo va suv
bug’larni chiqarish uchun patrubka, 15-bunker, 16-shnekli uzatma, 17-ilgaklar, 18-nazorat oynalari,
19, 32-sachratgichlar, 21, 25-o’qlar, 22, 27-tashqi silindrsimon devorlari , 23, 26-ichki silindrsimon
devorlari, 24-shaxta, 29, lyuklar, 30-kontsentrlangan mistsellani chiqarish uchun patrubka, 31-
mistsellani birinchi qavatdan chiqarish uchun patrubka, 33-mistsellani retsirkulyatsiya uchun berish
patrubka, 34-tushurish shneki.
Ikki qavatli rotor karuselli ekstraktorlarning texnik tavsifi
1-rusumi 2- rusumi
Ekstraktorning o’lchamlari.........................2/5000/1800 2/6000/1800
Unumdorligi (urug’ning turi
va materialni tayyorlash uslubiga
bog’liq holda), t/sut.....................................280...500 350...600
Korpusning ichki diametri, mm...................5400 6500
149
Rotor diametri, mm.....................................5000 6000
Rotorda material qatlamining
balandligi, mm..............................................1800 1800
Qavatda rotor kameralarning soni..................18 18
Uzatma quvvati, kVt:
yuklash shnekning......................................4,6 4,6
rotorning....................................................4,6 4,6
tushurish shnekning....................................6,7 9,0
Shnekning aylanish tezligi, min
-1:
yuklash.....................................................10...60 15...67
tushurish...................................................10...44 0...125
Rotorning bir marta aylanish vaqti, min........29...173 34,5...208
Gabarit o’lchamlari, mm........................9340x6640x1180 9610x 7260x1910
Do'stlaringiz bilan baham: |