96
Xom ashyoni presslash usulida moy olishga tayyorlashda
qovurish jarayonida
pressda siqib moy olish uchun mezgaga optimal plastiklik xususiyat hosil qilinadi va
bu orqali mezgani briketlanib kunjara hosil qilishini ta’minlaydi, moyni
qovushqoqligini kamaytirib uni siqganda oquvchanligi oshiriladi. Xom ashyoni
to’g’ridan-to’g’ri ekstraktsiya usulida moy olishga tayyorlashda namlik - issiqlik
bilan ishlov berish orqali plastiklik
xususiyatini hosil qilib, yupqa, chidamli va
g’ovak yassi tuzilish hosil qilish va bu orqali yaxshi ekstraktsiyalanadigan va
ekstraktsiya vaqtida buzilmaydigan turg’un moddani hosil qilishdir.
Qovurish vaqtida moyning tabiiy xususiyatlarini saqlab qoladigan,
xom ashyo
tarkibidagi oqsil va boshqa fiziologik ahamiyatga ega bo’lgan moddalarni kam
miqdorda denaturatsiyalanadigan va ba‘zi bir moddalarni (paxta chigiti, raps, soya va
boshqalar tarkibidagi) aktivligini pasaytirish uchun kerakli sharoit hosil qilinadi.
Namlab qovurilgan mahsulotga mezga deb aytiladi. Namlab qovurish vaqtida
moyni bog’lab turgan bog’lanishlar uziladi, molekulyar tortishish kuchlari kamayadi,
yanchilma plastik bo’ladi, ba‘zi bir moddalar biologik aktiv holatidan passiv holatiga
o’tadi.
Yanchilmaga namlik-issiqlik bilan ishlov berish jarayoni ikki bosqichda amalga
oshiriladi. Birinchi bosqichda yanchilma suv yoki suv bug’i yordamida kerakli
miqdorda namlanib isitiladi. Ikkinchi bosqichda namlangan
material qovurish orqali
quritilib pishiriladi va mezga hosil qilinadi.
Yanchilmani namlash xom ashyoni turi, boshlang’ich namligi va naviga ko’ra
quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
-issiq yoki iliq suv bilan;
-bug’ aralash suv bilan;
-to’yingan bug’ bilan namlash.
Yanchilmaga namlik-issiqlik bilan ishlov berish jarayoni maxsus qurilmalarda
o’tkaziladi. Birinchi bosqichda yanchilma namlanadi, bunda moyning mag’iz
tarkibidagi molekulalar bilan bog’lanish kuchlarining
kamayishi natijasida moylar
nisbatan erkin holatga o’tadi. Qovurish jarayonida yanchilma isitiladi va quritiladi.
Namlik va issiqlik ta’sirida yanchilmaning fizik-mexanik xususiyatlari o’zgaradi va
97
yangi struktura hosil bo’ladi. Yanchilmaning moy bo’lmagan qismi bilan moyning
o’zaro bog’liqligi o’zgaradi, zarrachalari o’zaro bir-biri bilan birikadi va to’ppa hosil
bo’ladi.
Yanchilmani namlaganda uning moy bo’lmagan qismi suvni yutishi natijasida
bo’kadi, uning plastikligi va hajmi oshadi. Buning natijasida mikroskopik va
ultramikroskopik
kanallar qisiladi, ularning hajmi kamayadi, ichidagi moylar
zarrachalarning sirtiga siqilib chiqadi.
Harorati oshishi bilan yanchilma tarkibidagi moyning qovushqoqligi kamayadi,
oquvchanligi ortadi, natijada presslash jarayoni ancha osonlashadi.
Namlik va harorat ta’sirida moyning tarkibida chuqur kimyoviy o’zgarishlar
sodir etmaydi, ammo qovurish va moyni presslash jarayonida oksidlanishning
ikkilamchi mahsulotlarning to’planishi ro’y beradi.
Shu sababdan ham qovurish
vaqtida mezganing haroratini 105
0
C dan oshirmaslik, mezga bilan havoning o’zaro
ta’sir qilish vaqtini kamaytirish va olingan moyning haroratini tezlik bilan 50…60
0
C
cha pasaytirish tavsiya etiladi.
Kungaboqar urug’larining yanchilmasiga namlik-issiqlik bilan ishlov berish
jarayonida harorati 100…105
0
C, namligi 5…6 % cha pasaytiriladi.
Paxta chigiti mezgasining harorati 105…110
0
C, namligi 4,5…5,5% I-III- navlar
va 5…6% IV-nav uchun bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: