kimyoviy reaksiyalar ro ‘y beradi. Tirik hujayra izotermik ximiyaviy
mashina hisoblanadi, bu mashina normal - to‘xtovsiz
ishlab turishi
uchun fermentlar deb ataluvchi biologik katalizatorlar bo‘lishi kerak.
Fermentlar tabiatan oqsil molekulalari bo‘lib, har bir ferment m a’lum
bir tipdagi ximiyaviy reaksiyani katalizlaydi. Ular genlar ta ’sirini
ro'yobga chiqaradigan hujayraning ishchi apparatidir. Hujayradagi
biologik jarayonlar uchun
fermentlar
katta ahamiyat kasb etadi (9-
rasm). Ular ko‘pincha yuqori darajada ixtisoslashgan bo'lib, faqat
9-rasm. Ferment.
bitta reaksiyaga ta ’sir etishi mumkin.
Ularning ish prinsipi
shundaki, boshqa modda molekulalari ferment molekulasining faol
qismlariga bog‘lanib olishga intiladi. Shu tufayli ularning to ‘qnashish
ehtimoli va demakki kimyoviy reaksiyalar tezligi ham oshadi.
Oqsilning sintezi — hujayra sitoplazmasida amalga oshadi. Inson
hujayrasining kattaligi mikrometrdan boshlab toki 1
m va undan or-
tiq bo'ladi. Hujayra differensiallashgan bo'lishi mumkin (nervniki,
muskulniki va h.k.) Ulardan ko'plari qayta tiklanish xususiyatiga ega
bo'lishadi, lekin ba’zilari, masalan nerv hujayralari tiklanmaydi yoki
deyarli tiklanmaydi.
Yadrosiz lekin DNK iplariga ega bo'lgan hujayralar hozirgi bak-
teriyalarni eslatadi. Shunday qadimiy organizmlarning yoshi taxminan
3 mlrd yilni tashkil etadi. Ular rang-barang xususiyatlarga ega:
hara-
katchanlik, ovqatlanish. ovqat va energiyani zaxirada yig‘ ib qo'yish, no-
72
maqbul ta’sirlardan himoyalanish, ko'payish, ta’sirlanish, o'zgaruvchan
tashqi muhitga moslashish, o'sish qobiliyatiga ega bo'lish.
Keyingi bosqichda (taxminan 2 mlrd yil ilgari) hujayrada yadro
paydo bo'lgan. Yadroli, bir hujayrali o rg an izm lar- oddiy organizmlar
deyiladi. Ularning turi 25-30 mingdan iborat.
Ularning eng oddiysiga
amyobalar
misol bo'la oladi.
Taxminan 1 mlrd yil ilgari dastlabki ko'p hujayrali organizm
lar paydo bo'lishgan. Shunda o'sim lik va hayvon turmush tarzlari
bo'yicha ajralish paydo bo'lgan. O 'sim liklar uchun vujudga kelgan
faoliyatning muhim natijasi fotosintez bo'ldi.
Xlorofill donachalari quyosh energiyasini
yutishi oqibatida
uglerodli kislotalar va suvdan organik moddalar yaratildi. Fotosintez
kislorod ishlab chiqib, atmosferani boyitdi.
Kislorod esa nafaqat faol
kimyoviy agent, balki azonning manbasi ham hisoblanadi. Azon o 'z
navbatida Yer sirtiga tushuvchi qisqa to'lqinli ultrabinafsha nurlar-
ning yo'lida ishonchli to'siq vazifasini o'tay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: