12
mezonlarining yig‘indisi
hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq
vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari
yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi,
maqsadga eng yaqin va
oson
yo‘l
bilan
yetishishga
yordam
beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini
boshqaruvdan iborat
. Biroq:
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri
baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur
mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z
navbatida,
metod mazmuni kengayib boradi, ya'ni bilimning chuqurlashishi va
kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini
anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya'ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim.
Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas.
Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va
yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon
bo‘lmasa-da, ma'lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar
yangidan shakllanadi.
Metod bilish predmeti va harakatni sun'iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning
xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor
dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma'lum
materialning
harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi.
Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob'ekt) predmetining
mazmuni bilan bog‘liq.
Metod sub'ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, "inson
umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y
yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi.
Metod sub'ekt va ob'ektning murakkab dialektikasi acosida
rivojlanadi va bunda
oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma'noda, har qanday metod, eng
avvalo, ob'ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub'ektiv hamdir.
Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob'ektiv ilmiylikning davomi
sifatida namoyon bo‘ladi.
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir
. U metodologik tamoyillardan farq qilsada,
ularga asoslanadi.
Metodlar
xilma-xilligiga qarab
, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng
avvalo, ma'naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat
metodlarini ajratmoq lozim.
Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik
yaratish san'ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada
shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan
13
nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Metod va nazariyaning
uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday
fanga oid qonun insonni voqyeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub
sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir
vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik
nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi.
Hyech kim hyech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim
izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba'zi hollarda bir narsani izlash
jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi.
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta'minlay olmaydi,
chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy
bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y
yoki bu ob'ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish
metodi olamning ijtimoiy
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga
bo‘linadi. Ular:
fan metodlari xususiy ilmiy metodlar umumilmiy tadqiqot
metodlari Fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, Ijtimoiy-gumanitar
fanlar metodlari kabilardir
Do'stlaringiz bilan baham: