75
Bundan tashqari uzluksizlikning buzilishi tog’aylarda yoki asablarda bo`lishi
mumkin. Agar bu buzilishi eniga tushgan bo`lsa,
kesilish deyiladi, uzunasiga
tushgan bo`lib, chuqur bo`lmasa, yoriq deyiladi, chuqur bo`lsa teshik deyiladi.
Agar uzluksizlikning buzilishi arteriya va vena tomirlarida paydo bo`lsa, u
yorilish deyiladi. Agar ular tomirlarning ko`ndalangiga to`g’ri kelsa, uzilish yoki
ajralish deyiladi. Uzunasiga kelgan bo`lsa, darz deyiladi, ularning og’izlari ochilgan
bo`lsa, yorilish deb ataladi.
Murakkab kasalliklar
Bir qancha kasalliklar yig’indisidan bir kasallik paydo bo`ladi. Misol qilib,
shishni aytish mumkin. Shishda shakl va tarkib (tuzilish)
kasalligi ham topiladi,
chunki shakl va miqdorni buzmaydigan shish yo`qdir. Shish yumshoq a`zolarda
paydo bo`ladi, ba`zan suyaklarda ham shishga o`xshash narsa paydo bo`lib, uning
(suyakning) hajmi kattalashadi. Har qanday shishda ko`rinarli sabab yo`q, uning
jismoniy sababi moddaning biror a`zodan pastki a`zoga o`tishidadir, bu nazla deb
ataladi.
Ba`zan shish va toshmalarni tug’diradigan moddiy sabab kayfiyatlarida
zarar
bermaydigan boshqa xiltlar qolib ketadi.
Shishga sabab bo`ladigan moddalar 6 tadir. 4 xil xilt, suv va yel. Shish issiq
bo`lishi yoki issiq bo`lmasligi mumkin. Issiq shish yolg’iz g’ayritabiiy qondan yoki
g’ayritabiiy safrodan paydo bo`ladi deb o`ylab bo`lmaydi, u o`z javhari issiq
bo`lgan yoki chirish natijasida issiqlik paydo bo`lgan har bir moddadan hosil
bo`ladi.
Shishlarning yolg’iz qondan bo`lganlari flegmona deb, yolg’iz safrodan
bo`lgani otashak deb ataladi. Qon va safrodan bo`lganini
ikkovining ismlaridan
murakkab bir ism bilan atashdir, yana qaysi biri ustun bo`lsa, o`shaning ismini
oldinga qo`yib aytish odatlari
bor. Masalan, ularning biri "flegmonali otashak" yoki "otashakli flegmona" deb
76
ataladi. Yiring yiqqanda chiqiq (xuroj) deyiladi. Agar chiqiq yumshoq go`shtlarda,
bezlarda, qo`ltiq tagida, quloq orqalarida va gavdada bo`lgan
yomon sifatlilar
jinsiga kirsa, toun deb ataladi.
Issiq shishlarga kelsak, ularning boshlanish davrlari bor, bunda xilt yig’ilib,
hajm kattalashadi, so`ngra xilt miqdori ortadi va shuning bilan yanada hajm ortib,
oxiriga yetib to`xtaydi, so`ng hajm pasaya boshlaydi,
keyin pishib tarqaladi, yoki
yiringlanadi. Shish tarqalib - yo`qolish, yiring yig’ish yoki qattiqlanish bilan tugaydi.
Issiq bo`lmagan shishlarga kelsak, ular yoki g’ayritabiiy savdo moddasidan,
yoki g’ayritabiiy balg’am moddasidan, yoki suvli moddadan, yohud yel moddasidan
paydo bo`ladi. G’ayritabiiy savdo moddasidan bo`lgan shish uch jinsdan iborat:
1.Qattiqlik (sirroz) jinsi.
2.Saraton (rak)
jinsi
3.Bezlar jinsi, tepki va o`smalar kabi shishlar shu jinsga kiradi.
Bez jinslari bilan boshqa ikki jins orasidagi farq shuki, bez jinslari sof bezlar
kabi o`zlarini o`ragan a`zodan ayri o`sadilar, yoki tepki kabi, u a`zolarga
tashqaridan yopishgan bo`ladilar. Boshqa jinsdagi shishlar esa o`zlari o`sgan
a`zoning moddasiga aralashib, bir - birlariga kirishib ketgan bo`ladilar.
Saraton bilan qattiqlik jinslari o`rtasida farq shuki,
qattiqlik harakatsiz va
sezgini yo`qotuvchi shish bo`lib, unda alam beruvchi og’riq bo`lmaydi. Saraton esa
harakat qiluvchi, ortuvchi va aziyat yetkazuvchi shishdir.
Toshmalar - ba`zilari chechak kasalligi kabi g’ayritabiiy qon xiltidan,
ba`zilari eshakemi kabi g’ayritabiiy safro xiltidan, ba`zilari qizamiq, uchuq, qo`tir,
so`gal kabi g’ayritabiiy qon va safro xiltidan hosil bo`ladi. Ba`zilari qavarchiqqa
o`xshash suvli bo`lib, ba`zilari pufakka o`xshash havodan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: