Нигинахон шермухамедова


Makonning uch o‗lchovliligi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Makonning uch o‗lchovliligi
. Makon va vaqtning umumiyligi, ular 
universumning barcha strukturalarini qamrab olgan holda, mavjudligini anglatadi. 
SHu munosabat bilan makon va vaqtning nafaqat makro-, mikro- va megadunyoda, 
balki jonli va ijtimoiy materiyada ham namoyon bo‗lish shakllarini qayd etib o‗tish 
lozim. Biologik vaqt, psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil 
qilinadi. Makon va vaqtning ob‘ektivligi ular o‗zini idrok etish mumkinligi yoki 
mumkin emasligidan qat‘iy nazar, olamning barcha strukturalarini qamrab olgan 
holda mavjudligini anglatadi. L.Feyerbax makon va vaqtni borliqning asosiy 
shartlari - Wesenbedingung deb hisoblaganida ayni shuni nazarda tutgan edi. 
Ammo bu makon va vaqt moddiy jismlar vujudga kelishiga sabab bo‗lganini 
anglatmaydi, balki materiya makon va vaqtdan tashqarida mavjud bo‗lishi mumkin 
emasligini ta‘kidlaydi. Makonning uch o‗lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy 
jihatdan aniq isbotlanmagan. 
Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi

makonning uch o„lchovliligi, vaqtning bir yo„nalishliligi, orqaga qaytmasligi 
makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim.
Biz makroskopik 
tajribada ko‗radigan ob‘ektlar uch o‗lchovli ko‗lamlilikka – uch o‗lchovdagi 
o‗lchamlilikka ega. Makonning har qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. 
Ammo makonning uch o‗lchovliligi faylasuflar uchun amalda jumboq bo‗lib 
qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik 


120 
postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o‗lchovliligini ta‘riflab bergan 
Aristotel pifagorchilarning g‗oyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U 
uch o‗lchov eng mukammal va tugallangan bo‗lib, aynan 3 soni shunday 
xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.
Sxolastlar Pifagor va Aristotel g‗oyalariga tayanib, uch o‗lchovlilikni 
dunyoning mukammalligi nuqtai nazaridan tushuntirganlar. Bunda uzunlik 
chizig‗iga kenglik tutashadi va yuza hosil bo‗ladi, so‗ngra balandlik tutashadi va 
jism dunyoga keladi. Bundan boshqa o‗lchovlarga o‗tishni aniq tasavvur qilish 
mumkin emas. Uch o‗lchovlilik dunyoning mukammalligidan dalolat beradi.
G.Galiley uch o‗lchovlilikni asoslashga nisbatan mazkur yondashuvni tanqid 
qilgan. 
G.Galiley 
dialoglarining 
amalda 
muallif 
fikrini 
ifodalovchi 
qahramonlaridan biri shunday deydi: «3 soni mukammal ekanligi va uch o‗lchovli 
hamma narsaning mukammalligidan darak berishga qodirligini tan olishga hech bir 
asos ko‗rmayapman»
1
.
Nemis faylasufi I.Kant o‗z faoliyatining tanqidiy bosqichidan oldingi davrda 
makonning uch o‗lchovliligini tabiat kuchlarining o‗ziga xos xususiyatlari bilan 
tushuntirishga harakat qilgan. U makonning uch o‗lchovliligini fizik dalil sifatida 
tushunishga uringan. Ammo keyinchalik I.Kant makon va vaqtning aprioristik 
tabiati haqidagi xulosaga kelib uni hissiy kuzatish shakllari sifatida tavsiflagan.
SHunday qilib, makonning uch o„lchovliligi empirik postulatdir, u haqdagi 
xulosa bizning intuitsiyamizga asoslanadi, fikrlashning qulayligi, maqsadga 
muvofiqligi, 
tejamliligiga 
intilish, 
estetik 
moyilliklar 
yoki 
dunyoning 
mukammalligiga ishonchdan kelib chiqadi, degan ma‟noni anglatmaydi. 
Makonning uch o„lchovliligi moddiy o„zaro ta‟sirlar bilan belgilanadi.
Biz yashaydigan makon uch o‗lchovlidir. Bu boshqa makon mavjud bo‗lishi 
mumkin emas, degan ma‘noni anglatmaydi, lekin boshqa makonda atomlar ham
molekulalar ham, Quyosh sistemasi ham bo‗lmasligi mumkin. Agar makon uch 
o‗lchovli bo‗lmaganida, amaldagi barcha fizik qonuniyatlar buzilgan bo‗lar edi; 
narsalar biron-bir sababsiz paydo bo‗lishi va yo‗q bo‗lishi mumkin edi (ularning 
sabablari boshqa o‗lchovlarda bo‗lar edi); atomlar mavjud bo‗lishi mumkin emas 
edi, chunki elektronlar darhol yadrolar ustiga tushar edi. Butun dunyo boshqacha 
bo‗lishi lozim bo‗lar edi. Demak, bizning dunyomizda har qanday voqea to‗rt son: 
makonning voqea yuz bergan joyni qayd etuvchi uch koordinati va uning vaqt 
ko‗rsatkichi bilan belgilanadi. 
SHunday qilib, moddiy dunyo ob‟ektlarining «3 

 1» 
ko„rinishidagi makon va vaqt tuzilishiga mansubligi ularning universal xossasi 
hisoblanadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish