274
2 BO‗LIM. INSON BORLIG‗I
JON INSON MAVJUDLIGINING ASOSI
Jon haqidagi falsafa
. Ong qaerdan paydo bo‗lgan, degan savolga javobni
inson qadim zamonlardayoq izlay boshlagan. Insoniyatning eng buyuk
mutafakkirlari ko‗p asrlar mobaynida ong tabiatini aniqlashga harakat qilganlar.
Ammo fikrlash, his qilish, baholash qobiliyati uzoq vaqt «jon» deb atalgan. Burjua
jamiyatining shakllanish davridagina Evropa falsafasida jon tushunchasidan ong
kategoriyasiga o‗tish amalga oshgan.
«Jon»ni antik yunonlar kashf etganlar degan fikr mavjud. Biroq ma‘rifat
davrida fransuz faylasufi Volter o‗zining «Jon haqida»
deb nomlangan risolasida
jon tushunchasi qadimgi hind braxmanlarining tafakkuri mahsuli bo‗lsa kerak,
degan farazni ilgari suradi. Uning fikricha, braxmanlar inson joni uning o‗limidan
keyin tanadan ajralib chiqishi va o‗z hayoti bilan yashashiga ishonganlar. Jonning
bir tanadan boshqa tanaga o‗tishi – «metempsixoz»ni ham ular o‗ylab topganlar.
Ilk yunon donishmandlari, shu jumladan Pifagorning Hindistonga sayohatlari
natijasida jon haqidagi ta‘limot va uning bir tanadan boshqa tanaga ko‗chishi
haqidagi mif Evropaga kirib kelgan. Evropada ma‘lum bo‗lgan eng qadimgi
muallif – Gomer o‗z davriga xos bo‗lgan jon haqidagi tasavvurni aks ettirgan. Jon
ko‗zga ko‗rinmaydigan va qo‗l bilan ushlab bo‗lmaydigan havodek engil narsa deb
hisoblangan. Tana halok bo‗lganda jon uni tark etgan
1
.
Ong va jonning tenglashtirilishi
.
Atrof muhitda, o‗z ichki dunyosida yuz
berayotgan o‗zgarishlarga odamlar qadim zamonlardayoq e‘tibor berganlar. Bu jon
va ruh haqidagi mulohazalar paydo bo‗lishiga olib kelgan. SHu tariqa bashariyat
tarixida animizm - odamlar, hayvonlar hayoti, narsalar va hodisalarga jon va ruhlar
ta‘sir ko‗rsatishiga bo‗lgan e‘tiqod paydo bo‗ldi, shu asnoda shakllangan dunyo
haqidagi tasavvurlar keyinchalik u yoki bu tarzda turli dinlar negizini tashkil etdi.
Jon haqidagi ilk falsafiy tasavvurlar odatda muayyan birinchi asoslar (havo,
olov, atomlar harakati va sh.k.) bilan bog‗langan va shaxssiz bo‗lgan, ya‘ni inson
tabiatining betakrorligi, uning individualligi bilan tenglashtirilmagan.
Suqrotdan
oldingi falsafa to‗laligicha shunday xususiyatga ega bo‗lib, bu erda ideallik
tushunchasini deyarli uchratmaymiz. Masalan, olovni oqil va olijanob, suvni –
tuban asos deb hisoblagan Geraklit jon (psixeya) olov yoki suvdan iborat bo‗ladi,
degan g‗oyani ilgari suradi. Olov ko‗proq bo‗lgan «quruq» jonni - eng oqil va
maqbul deb hisoblaydi. Jon namlangach, o‗z kuchini yo‗qotadi, ho‗llangach esa –
halok bo‗ladi. SHu sababli jon olovi kuchliroq yonishi uchun faol ma‘naviy va
aqliy hayot kechirishga harakat qilish lozim. O‗z navbatida ayrim kishilarning
jonlari butun dunyoning birinchi sababi hisoblanadigan
va uni boshqaradigan
dunyoviy aql olovi – «logos» bilan bog‗liq.
Suqrot va Platon moddiy va ideal hodisalarni farqlagan. SHuningdek, Platon
Evropa falsafiy an‘anasida ideal asosni qayd etibgina qolmasdan, balki undan
1
Қаранг: Вольтер. Философские сочинения. – М., 1989. – 542-б.
275
moddiy asosni ham keltirib chiqargan birinchi faylasuf hisoblanadi. Ayrim inson
ongi esa, Platon fikriga ko‗ra, uning joni bilan bevosita bog‗lanadi. Bu o‗lmas jon
u yoki bu tanaga, tana tug‗ilgunga qadar o‗z «zindoni»ga
tushgandek kirib
joylashadi va u o‗lganidan keyin esa boqiy g‗oyalar dunyosida mushohada yuritadi
va shu tariqa ularni o‗rganib yashaydi. Platon ruhiy hodisalarni tuyg‗ular dunyosi
(sezish va idrok etish) va intellektga ajratadi. Intellektda u aql va idrokni farqlaydi.
Bunda sof g‗oyalar bilan ish ko‗ruvchi aql fikrlashning formal usullari bilan
bog‗liq (masalan, matematikada) idrokka qaraganda yuksakroq hodisadir. SHuni
alohida ta‘kidlash lozimki, keyinchalik falsafada ideal narsalar va hodisalarni
tushunishga nisbatan ko‗p sonli har xil yondashuvlar paydo bo‗ldi, ammo ularning
barchasi ideallikni moddiylik va ko‗lamlilikka qarshi qo‗yadi.
Aristotelning «Jon haqida» risolasini qadimgi yunon faylasuflarining ong
haqidagi falsafiy mulohazalarining muayyan yakuni deb hisoblash mumkin. Bu
erda
jon tananing mohiyati, uning uyushtiruvchi tamoyili sanalsa-da, lekin aql
ichki faolligining in‘ikosiga emas, balki kosmos hayotining umumiy qonunlariga
bo‗ysunadi.
O‗rta asrlar Evropa falsafasi «din cho‗risi»ga aylanib, ong haqidagi
masalaga butunlay o‗zgacha nuqtai nazar bilan yondashdi –
uni abadiy mavjud
bo‗lgan dunyoni, shu jumladan inson va uning jonini yo‗qlikdan yaratgan
Xudoning yagona dunyoviy asos sifatidagi talqini bilan bog‗ladi. Bu ta‘limotga
binoan inson aqli ilohiy aqlning bir zarrasi sifatida muayyan darajada o‗zini o‗zi
bilish, o‗zini o‗zi tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‗lsa-da, ongning bu faoliyati
Tangrini bilish va u bilan muloqot qilishga qaratilgandir. Ongning mazkur
ob‘ektiv-idealistik talqini bilan bir qatorda o‗rta asrlarda ongni «fikrlovchi
materiya»dan keltirib chiqargan materialistik an‘anada ham uzilish yuz bergani
yo‗q. Bunday qarashlarga SHarq falsafasi (Ibn Sino, Ibn Rushd) o‗z ta‘sirini
ko‗rsatgan evropalik
ayrim faylasuflar Duns Skot, brabanlik Sigerning asarlarida
duch kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: