214
tamoyillarini, balki koinotga muayyan bog‗liqlikni ham o‗z ichiga oladi.
Insoniyatning tabiat bilan bog‗liqlik mexanizmlari rang-barangdir.
Ular faqat
biologik, texnik yoki ijtimoiy mexanizmlardan iborat emas. Bu mexanizmlar o‗zaro
ta‘sir jarayonida shunday murakkab tizim kasb etadiki, bunda bir qatlam ikkinchi
qatlam ustidan o‗rin olib, o‗z ta‘siri bilan uchinchi qatlamni o‗zgartiradi.
«Noosfera» tushunchasida inson faoliyatining olamshumul salbiy oqibatlari
haqidagi ko‗p sonli ma‘lumotlarga qarshi e‘tirozlar majmui ham mujassamlashgan.
G.Marshning 1866 yilda nashr etilgan «Inson va tabiat yoki tabiatning fizik-
geografik shart-sharoitlari o‗zgarishiga insonning ta‘siri haqida» kitobida yashash
muhitiga insonning salbiy ta‘siri to‗g‗risida ko‗plab dalillar keltirilgan. Bu salbiy
ta‘sir tuproq qatlamining buzilishi, o‗rmonlar
maydonining qisqarishi, hayvonlar
turlarining qirilishi va hokazolarda namoyon bo‗lmoqda. Tabiatdan bunday
nooqilona foydalanish insonning o‗zini ham halokatga duchor etishi mumkin.
SHu munosabat bilan noosfera jarayonlari rivojlanishiga ikki xil qarash
yuzaga keldi. Birinchi qarashga ko„ra, apokalipsis ro„y berishi mumkin, ya‟ni
bunda aql-idrok sohasi sifatidagi noosfera o„z nomini oqlamaydi, u o„zini o„zi
vayron qiladi. Ikkinchi qarashga ko„ra esa, moddiy tizimlar barcha turlarining
uyg„un konvergensiyasi, inson va tabiat ahil yashashining yangi bosqichi sifatidagi
holati yuzaga kelishi mumkin.
Biosfera va jamiyat koevolyusiyasini ularning birgalikda rivojlanish tamoyili
sifatida ta‘minlash muqarrar tarzda inson faoliyatiga muayyan taqiqlar belgilash va
uni tartibga solishni nazarda tutadi. Bu erda odamlarning birgalikdagi faoliyati va
xulq-atvoriga muayyan cheklashlarning chegaralarini belgilovchi «ekologik
imperativ»ga zarurat tug‗iladi. Aql-idrok sohasi sifatidagi noosfera yangi, oqilona
axloqni ham, ziddiyatlarsiz koevolyusion rivojlanish
ideallari asosida butun
borliqni qayta qurishni ham nazarda tutadi.
Noosferaning mazkur kam o‗rganilgan hodisasining insonparvarligi bizning
texnokratik asrimizda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu shunda yanada kattaroq
kuch bilan namoyon bo‗ladiki, insoniyat aql-idrok qadriyatlariga suyanib, o‗zini
yangilash zarurligini anglab etadi. Insoniyat kelajagi haqida qayg‗urish, fan
yutuqlaridan uning zarariga emas, balki faqat jamiyat ravnaqi yo‗lida
foydalanishga intilish texnika va sanoat tomirlariga yangi «qon quyadi»,
dunyo
hamda insonning yagona hayotda yangidan uyg‗unlashuviga imkoniyat yaratadi.
Noosfera g‗oyasi katta tarixiy-falsafiy an‘anaga ega. Ingliz materializmi
asoschisi F.Bekon (1561-1626)ning «Bilim – kuchdir», degan mashhur iborasi
noosfera g‗oyasining falsafiy analogi hisoblanadi. Mazkur ibora mazmunida
dunyoni o‗zgartirishga qodir bo‗lgan bilim va aql-idrok kuchiga ulkan ishonch
yashiringan. Aql-idrok qudratiga bo‗lgan ishonchning
eng qadimgi namunasiga
dunyoni bilish va uni o‗zgartirish bir narsa deb qaraluvchi gnostiklar falsafasida,
keyingi davrda P.A.Florenskiyning «duxosfera» yoki «pnevmatosfera» haqidagi
tasavvurida duch kelish mumkin.
Noosfera g‗oyasining asoschilari o‗z ijodida SHarq falsafasi an‘analaridan
ta‘sirlangani hozir hech kimga sir emas. Masalan, V.Vernadskiy «Ilmiy tafakkur -
umumbashariy hodisa sifatida» deb nomlangan tugallanmagan asarida fanni
falsafadan ajratib bo‗lmaydi, falsafasiz fan rivojlana olmaydi, deb ta‘kidlaydi.
215
1932-1933 yillarda V.Vernadskiyni idealizmda ayblagan A.Deborin
bilan bahs
olimni sobiq ittifoqda katta mavqega ega bo‗lgan dialektik materializm ta‘limotiga
shubha bilan qarash va unga salbiy yondashishga olib keldi. Ilmiy faoliyat
falsafaga ta‘sir ko‗rsatishi, yirik ilmiy umumlashtirishlardan keyin falsafaning
yangi oqimlari paydo bo‗lishini kutish mumkinligiga olimning ishonchi komil edi.
O‗sha davrda hukm surgan rasmiy doktrina asosiy qoidalarining daxlsiz deb e‘lon
qilinishi uni «mamlakatda erkin ilmiy va falsafiy izlanishlar uchun imkoniyat
yo‗qligi» haqida afsus bilan gapirishga majbur qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: