162
molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar, metagallaktikani o‗z ichiga
oladi.
Materiya harakatining kompleks shakllariga astronomik (metagalaktika –
galaktika – yulduzlar – sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya
harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan iborat), geografik (litosfera, gidrosfera
va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, kimyoviy, biologik va
ijtimoiy shakllarini o„z ichiga oladi) shakllar kiradi.
Materiya harakati kompleks shakllarining muhim xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiyaning quyi shakli –
fizik
materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi,
gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi. Geografik qonunlar fizik va
kimyoviy shartlar hamda Er yuqori qatlamlarining o‗zaro
nisbatlari bilan
belgilanadi.
Hozirgi zamon olimlari materiya harakatining texnik, kibernetik va
informatsion shakllari to‗g‗risida so‗z yuritmoqdalar. Bu masalalar ko‗p jihatdan
bahslidir. Ammo shu narsa shubhasizki, ob‘ektiv
borliqni yanada chuqurroq
o‗rganish nafaqat mavjud tasniflarning takomillashuviga, balki materiya
harakatining yangi shakllari to‗g‗risidagi g‗oyalar va nazariyalar paydo bo‗lishiga
ham olib keladi. Zero, har bir shakl butun olam universal rivojlanish jarayonining
imkoniyatlaridan birini ro‗yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Hozirgi zamon metodologiyasi nuqtai nazaridan materiya harakat
shakllarining oddiy chiziqli joylashuvi to„g„ri emas. U har bir bo„g„inda hech
bo„lmasa ikkiga – rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali tarmoqlariga
bo„linishi zarur.
Birinchi – asosiy tarmoq rivojlanish jarayonini kelajakda mazkur
sifat bosqichi doirasidan tashqariga olib chiquvchi
shakllar vujudga kelishidan
dalolat beradi. Ikkinchi tarmoq mavjud harakat shaklining rivojlanish
imkoniyatlarini ko‗rsatadi. Masalan, kimyoviy birikmalar organik va noorganik
birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur divergensiyada (ikkiga bo‗linishda) birinchi
– organik shakl imkoniyatli shakl sifatida rivojlanish jarayonini materiya
harakatining yangi shakli – biologik shaklga olib keladi,
imkoniyatsiz tarmoq
hisoblangan ikkinchi shakl biz yashayotgan zamin, uning qobig‗ va yuzasini
tavsiflaydi. Materiya harakatining biologik shakli darajasida o‗simliklarning
quyidan oliyga rivojlanishi imkoniyatsiz tarmoq sifatida qaralishi mumkin, chunki
bu rivojlanish jarayoni o‗z tabiati chegaralaridan chetga chiqishigacha olib
kelmaydi. Hayvonlarning rivojlanishi sifat jihatidan yangi ob‘ekt – inson paydo
bo‗lgungacha davom etadi. Bu materiya harakatining sifat jihatidan boshqa shakli
vujudga kelganidan dalolat beradi. Materiya harakatining har bir shaklida makro va
mikrodarajalarni
farqlash, shuningdek, umumiy hamda xususiy qonuniyatlarni
bilib olish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: