120
Marketing
maqsadlarida
yashash
davrining
jami
to„rtta
turi
o„rganiladi, firma doirasida ikkinchi va uchinchi turlariga ko„proq e‟tibor
qaratiladi. Birinchisi shu sinfga mansub mahsulotga
talab pasayadigan
davrda, to„rtinchisi esa raqobatchi firmaning mavqeini aniqlash zarurati
paydo bo„lganda qo„llaniladi.
Tovarning an‟anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib
turadi:
ishlab chiqarish;
kirib kelish;
o„sish;
yetuklik;
to„yinish;
inqiroz (kasodlik).
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim
tovarlar bozorga kirib kelishning uzoq davrini boshidan kecharadi,
boshqasi
tezda kirib keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib
turadi.
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni
mahsulot sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir.
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni utun hayotiy
davrida muhim bosqich bo„lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish
qancha
samarali amalga oshirilsa, ya‟ni loyihalashtirilayotgan tovar
bo„yicha bozor talabi va xaridor ehtiyojini firma vaqt bo„yicha tezroq
hisobga olsa, ushbu bosqichda xarajatlar shuncha kam bo„ladi. Firma
yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va zarur foyda oladi.
Kirib kelish bosqichi sotish hajmining g„oyat keskin o„sishi bilan
ajralib turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan
yuqori bo„ladi. Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo„ljallanadi.
Raqobatchilar juda ozchilikni tashkil etadi.
Shunday qilib, bu davr kapital
sarflar davri hisoblanadi, sarflar
keyinchalik foyda keltirishi mumkin yoki mahsulot ishlab chiqarishdan
voz kechiladigan bo„lsa, ular to„liq xarajatlar hisobiga o„tkaziladi, ya‟ni
hisobdan chiqariladi.
O„sish davrida tovar sotish hajmi o„sib boradi - iste‟molchilar
mahsulotni qabul qilgan va unga bo„lgan talab ta‟minlangan bo„ladi. Har
qanday mahsulot bu bosqichga yetib kelmaydi: ba‟zilari bozorga kirib
kelish davridayoq kasodga uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi
mahsulot bilan to„lib ketadi. Narxlar tobora arzonlashib boradi.
121
Yetuklik bosqichi tovar aylanmasi ortishi,
bozorning kengayishi
davom etishi va mutlaq o„sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda
intensiv raqobat hukm suradi. Yangi modifikatsiyali tovarlarni kiritish
ularning assortiment guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi
xizmat ko„rsatish uslublarini kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari
vositalari orqali amalga oshiriladi.
Mahsulotni yetuklik bosqichida marketingni
asosiy strategiyalari
bozorni modifikatsiyalash, tovarni modifikatsiyalash va marketing-miksni
modifikatsiyalash hisoblanadi.
To„yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh berolmaydigan mahsulotlar bozordan
siqib chiqariladi. Tovar sotish sur‟atlari tobora pasayadi. To„yinish davrida
firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo„yicha to„liq
sotishni tobora oshirib borishni ta‟minlashga qaratiladi.
Inqiroz davrida mahsulotning o„tishi
qiyinlashadi, foyda kamayadi,
raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi
«mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo„ladi, mahsulotni
bozorga yetkazib berishni to„xtatish haqida qat‟iy qarorga kelgunga qadar
undan olish mumkin bo„lgan jami foydani undirib olish uchun shunday
yo„l
tutiladi.
Tovarning
yashash
davri
konsepsiyasi
mahsulot
assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: