Nazorat funksiyasi
rahbarning eng muxim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan
qarorlarning tashabbuskori bo‘lganligi sababli, u shu qarorlarning bajarilishi ustidan
nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo‘lishi kerak. Qarorlarning ijro
etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o‘zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki
boshqa korxonalarga ham zarar etkazishi, ya’ni ularning ishida kechikishlar,
uzilishlar paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
YAxshi yo‘lga qo‘yilgan nazorat ishonchli qaytma (javob) aloqadir. Bunday
aloqa bo‘lmasa, boshqarish tizimi normal ishlay olmaydi, boshqarish qarorlarining
amalga oshirilishiga zarur bo‘lgan hollarda tuzatishlar kiritib bo‘lmaydi.
Qarorning bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o‘z ichiga oladi.
Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, , shuningdek,,
qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
Nazorat savollari
1. Qaror nima?
2. Boshqaruv qarorlari qanday talablarga javob berishi kerak?
3. Boshqaruv qarorlari qanday unsurlarni o‘z ichiga oladi?
4. Boshqaruv qarorlari qanday tavsiflanadi?
5. Strategik va taktik qarorlar umumiy va maxsus qarorlardan nimasi bilan farq
qiladi?
6. Stereotip va tashabbusli qarorlar qanday hollarda qabul qilinadi?
7. An’anaviy va tavsiyali qarorlar aniq va noaniq qarorlardan nimasi bilan farq
qiladi?
8. Amal qilish xususiyatiga ko‘ra boshqaruv qarorlari qanday turlarga bo‘linadi?
9. YAkkaboshchilik va yakdillik asosida qaror qabul qilish mumkinmi?
10. Qaror qabul qilishning kollegial va konsensus tamoyillari to‘g‘risida nimalar
deya olasiz?
11. Qaror qabul qilishda “Ringi” usulining mohiyati nimada?
12. Boshqaruvchining shaxsiy fazilatlari ta’sirida qanday qarorlar qabul qilinishi
mumkin?
13. Qarorni ishlab chiqish qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
14. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?
15. Mezonlarni tanlash, qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni tanlash
qay tarzda amalga oshiriladi?
16. Qarorni ishlab chiqish va uni uzil-kesil qabul qilish kim tomonidan amalga
oshiriladi?
17. Qarorni bajarish va uning bajarilishini nazorat qilish deganda, nimani
tushunasiz?
18. Qarorning bajarilishini nazorat qilishda qanday me’yoriy hujjatlarga
tayaniladi?
19. Qarorning bajarilishi qanday nazorat qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |