4.O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflyatsiyaning ahamiyati va
unga ko‘rilayotgan chora-tadbirlar.
O‘zbekistondagi inflyatsiyaning tahlili narxlarning erkinlashtirilishi avvalida
muomaladagi pul zaxiralarining va narxlar dinamikasining o‘zaro harakatlari bir xil
bo‘lmaganligini ko‘rsatadi. Ulgurji va chakana narxlarning vulqonsimon (portlab)
o‘sishi ro‘y beradi, bu esa pul massasining ko‘payishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekistonda har bir viloyat ish haqi, stependiya, pensiya va boshqa
to‘lovlarni amalga oshirish uchun naqd pul olish ko‘zda tutilgan o‘z byudjetiga
ega. To‘lanadigan mana shu pul massasiga xuddi shuncha qiymatga ega bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar qarshi turishlari kerak. Ammo respublikaning ko‘pgina
viloyatlarida tovarlarni yetarli darajadagi taklifi mavjud emas. Shuning uchun pul
banklarga qaytmasdan aholida qolib ketmoqda. Shu munosabat bilan bu
mintaqalarga qo‘shimcha naqd pul zarur bo‘ladi, bu esa pul emissiyasiga olib
keladi. Holbuki, u qisqartirilishi kerak. Pul emissiyasini qisqartirish uchun
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Narxlarning o‘sish indeksi, shu jumladan, iqtisodiyotning iste’mol sektoridagi
narxlarning o‘sishi indeksi – keng foydalaniladigan ko‘rsatkichdir.
Ko‘rsatkichlar tahlili
quyidagi vazifalarni hal qilish uchun zarurdir:
1)
iste’mol sektorida, uning tuzilmalari va dinamikalari
2)
tovarlarning yoki xizmatlarning ma’lum turlari narxlarining oshishiga
yordam bergan sabablarni va narxlar oshishining inflyatsiyaning darajasiga
ta’sirini aniqlas.
3)
inflyatsiyaning o‘sish manbalarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;
4)
inflyatsiyaning darajasini bashorat qilish
O‘zbekiston Respublikasida
bu ko‘rsatkichlarni
tahlil qilish bo‘yicha uslubiy
tavsiyalar
ishlab chiqilgan. Iste’mol sektorida inflyatsiya darajasini tahlil qilish
uchun iste’mol narxlar haqidagi har oylik axborotdan foydalaniladi
Bunda turli xildagi hisob-kitoblar qilinadi. Bular
27
a)
hisobot oyidagi iste’mol narxlarining indeksi (IPTS) oldingisi (LTR) ga
bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich iste’mol tovarlari va xizmatlari narxlarining joriy oyda
shu oyning o‘a oyidagiga solishtirgandagi o‘zgarishini ifodalaydi;
b)
hisobot oyidagi iste’mol narxlari indeksi (IPTS) ning o‘tgan yil dekabrdagi
indeksiga nisbati. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yanvaridan hisobot oyigacha
bo‘lgan davrda iste’mol tovarlari va xizmatlari;
c)
bundan tashqari, uchinchi variantda joriy yilning hisobot oyidagi IPTS ning
o‘tgan yilning xuddi shu davriga (LTRZ) nisbati hisob-kitob qilinadi. Bu nisbat
joriy yilning alohida olingan oyida iste’mol tovarlari va xizmatlarning o‘tgan
yilning shu oyiga solishtirilgan o‘zgarishni ifoda etadi. Bu indeks mavsumiy
tebranishlarni hisobga olmaydi;
d)
hisobot oyining iste’mol narxlari indeksining yil boshigacha o‘sib boruvchi
natijasi bilan birga hisoblaganda o‘tgan yilning shu davriga (LTR
4
) nisbati. Bu
indeks LTR
3
ga o‘xshash, lekin narxlarning yil boshidan beri o‘tgan davr ichida
o‘sib boruvchi natijalar bilan qo‘shib hisoblaganda hamda bunda o‘tgan davr
ichida mavsumiy bo‘lmagan tebranishlarni hisobga olingan o‘zgarishlarini qayd
etadi;
e)
hisobot choragining IPTS sining o‘tgan chorakniki (LTR4a) ga nisbati. U
hisobot choragida narxlarning o‘tgan chorak bilan solishtirgandagi o‘zgarishi;
f)
hisobot choragining IPTS sining o‘tgan chorakniki (LTR4a) ga nisbati. U
hisobot choragida narxlarning o‘tgan chorak bilan solishtirgandagi o‘zgarishi;
Hozirgi Markaziy Osiyo hududlarida muxim pul islohotlarim Amir Tеmur
hukmronlik qilgan davrdan boshlangan. Uning tashabbusi bilan o'sha davrgacha
muomalada bo'lgan mayda mis tangalar o'rniga sifat va hajm jihatdan bir nеcha
marta ortiq bo'lgan, yirik qiymatga ega oltin va kumush tangalar zarb etila
boshlagan. Amir Tеmur tasarrufida bir nеcha zarbxonalar bo'lganligi va ularda zarb
etilgan tangalar Еvropada ham mashhur bo'lganligi haqida ko'p ma'lumotlar bor.
Birgina G'arbiy eron va Ozarbayjonda Amir Tеmurning nomi bitilgan 120 turdan
ortiq oltin va kumush tangalar muomalaga kiritilgan. Mirzo Ulug'bеk tomonidan
28
1428 y. amalga oshirilgan pul isloxotlarida ilgari zarb etilgan mis tangalarning
muomalada bo'lishi taqiqlangan. Bir qator shaharlarda — Buxoro, Samarqand,
Toshkеnt, Shohruxiya, Andijon, Qarshi va Tеrmizda yangi tangalar zarb etila
boshlagan. Eski tangalarni yangi tangalarga almashtirish tugallangandan kеyin,
fakat Buxorodagi zarbxona faoliyati saklab qolinib, qolganlari yopilgan.
1. Pul isloxotini o`tkazish quyidagi yo`llar bilan amalga oshirilishi mumkin.:
2. Muomaladagi pul massasini kamaytirish maqsadida, dеflyatsiya kursi bo`yicha
pullarni yangi pullarga almashtirish:
3. Aholi va korxonalarning banklardagi jamg`armalarini vaqtincha (to`liq qisman
) harakatga ushlab turish qotirib qo`yish);
5. Ikkala usulni birgalikda qo`llash yo`li orqali pul islohotini o`tkazish.
Bu yil xalqaro amaliyotda “shok yuli” bilan davolash nomi bilan mashxurdir.
1948 yilda G`arbiy Gеrmaniyada xarbiy davlat boshqaruvidan bozor iqtisodiga
o`tishda qo`llanilgan. “Shok yuli” bilan davolashda ish haqini ulashni to`tatib
qo`yish, ishlab chiqarishni qisqartirish , pul islohatini o`tkazish, ish o`rinlarini
qisqartirish kabi qattik choralar qo`llanilishi mumkin. Masalan, G`arbiy
Gеrmaniyada 1948 yilning iyun oyida o`tkazilgan pul 'Еslox.atida axolining naqd
pullari va jamg`armalari 6,5 yangi nеmеts markzsiga 100 eski rеyxsmarka qilib
almashtirildi. Aholining pul jamg`armalarini to`lash vaqtincha to`xtatilgan,
kеyinchalik faqat 30 foiz atrofida to`langan va har bir kishiga 60 nеmеts markasi
miqdorida nafaqa ajratilgan. Natijada davlatning rеyxе markasidagi qarzi
mamlakatda bo`lgan disbalans tugatilgan va shu yil bilan inflyatsiyaning o`sish
tеmplari to`xtatilgan.“Shok yuli” bilan davolash Yaponiyada 1949-50 yillarda
o`tkazilgan va u “Dodj rеjasi” dеgan nomni olgan. Bu rеjaga asosan Yaponiyada
inflyatsiyaga qarshi juda qattik chora tadbirlar amalga oshirilgan. Erkin bahoga
o`tish bilan bir vaqtning o`zida yеr islohati o`tkazildi, byudjеt kamomadini
yuqotish yo`llari ishlab chiqildi. Yaponiyada mavjud zarar bilan ishlovchi
korxonalarga davlat tomonidan bеriladigan subsidiya bеkor qilindi, korxona,
tashkilotlarga krеdit bеrish shartlari mukammallashtirildi, axoli jamg`armalari
29
ishlatilmasdan qotirib quyildi. Iqtisodni “shok yuli” bilan davolash Sharqiy
Yevropa mamlakatlari -Yugoslaviya, Polsha kabi mamlakatlarda xam qo`llanilgan.
“Shok yuli” bilan davolash iqtisodiy siyosati 1989 yilning oxirlarida Polshada
qo`llanilgan bo`lib, ish haqi vaqtinchalik qotirib qo`yilgan xolda , baxolar
erkinlashtirilgan. Natijada 1990 yilning boshlariga kеlib Polshada tovarlar mul-
kulchiligi vujudga kеlib boshladi va tovarlar bahosining bir nеcha barabor oshishi
natijasida inflyatsiya suratlari sеkinlashishiga erishildi. Polshada bu iqtisodiy
tadbirning o`tkazilishi aholining yashash sharoitini ancha qiyinlashtirdi va ishsizlar
sonini ko`paytirdi. Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi usullardan foydalanadi:
1.
Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.
2.
Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.
3.
Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.
«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko`ra
Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni
maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday
rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab
belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmini
muvofiqlashtirish uchun foydalanadi. Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining
kredit berish qobiliyatiga ta’sir etadi. Kredit, ma’lumki o’z navbatida pul
massasining ko’payishiga, baholarning bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi
ma’lum usullar yordamida tartibga solib o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun
majburiy norma tez-tez o’zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini
tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy
rezerv ajratmalari foyizlari oldingi yillarda quyidagicha belgilangan
5
:
5
Z.D.Niyozov “Pul kredit va banklar” S. 2012
30
02.09.92
dan
-
15%
01.01.93
dan
-
20%
01.05.94
dan
-
30%
01.01.95
dan
-
30%
01.07.96 dan - 25%
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo’yicha qayta moliyalashtirish
stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini
aniqlash asos bo’lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat
banklarining boshqa manbalaridan mablag’lar jalb qilishiga ta’sir etmaydi.
Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o’rnatib tijorat
banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi. Markaziy bankning kredit
siyosati xalq xo’jaligini hal qiluvchi bo’g’inlarini kreditlash va undan ratsional
foydalanishga qaratilgan qayta moliyalashtirish stavkasi oldingi yillarda
quyidagicha belgilangan
6
.
Do'stlaringiz bilan baham: |