O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INTITUTI
“IQTISODIYOT’’ FAKULTETI
“INNOVATSION IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“MAKROIQTISODIYOT” FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflatsiya tahlili
Bajardi: Jo’rayev Farrux
Iqtisodiyot yo’nalishi
162-19-guruh talabasi
Ilmiy Rahbar: Xusainov Oybek
Qmii “Innovatsion iqtisodiyot”
kafedrasi katta o’qituvchisi
Qarshi-2021
2
Mavzu: O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi inflatsiya tahlili
Mundarija
Kirish
Asosiy qism
1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha.
2. Inflyatsiyaning turlari va kelib chiqishi.
3. Inflyatsiya davrida pul muomalasini barqarorlashtirish usullari.
4. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida inflatsiyaning ahamiyati va unga
ko`rilayotgan chora tadbirlar.
5.
Xorijiy mamlakatlarda inflatsiyaga qarshi kurashish siyosati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
3
Kirish
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy
jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat
inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari
ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga
qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi. Oldingi markazlashgan, rejali
boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida
boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan
muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga
tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar
davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z
vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul
muomalasini tartibga solib kelgan.
Hozirgi zamon inflyatsiyasi nafaqat tovarlar va xizmatlarga bo`lgan baholarni
muntazam o`sishi natijasida pulning sotib olish qobiliyatini pasayishi bilan bir
qatorda ishlab chiqarish jarayonidagi nomutanosiblik, pul muomalasi, moliya
hamda kredit sohasidagi salbiy omillar bilan tasniflanadi.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot
tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va
xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi
mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu
ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga
turlicha ta`sir etishi mumkin.
Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga
integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan
bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir
ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak,
deb o`ylayman.
4
Avvalo,
inflyasiyani
jilovlamasdan
turib,
makroiqtisodiy
barqarorlikka erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan
holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini
ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
1
Tarix xaqiqatda ham bu so`zning har tomonlama xavfli ekanligini kursatdi.
Chunki inflyatsiya qandaydir aloxida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar
narxining o`sishidangina iborat bulmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli
hodisadir. Inflyatsiya so`zining iqtisodiy manosi - muomalada mavjud bulgan
tovarlar va ularning bahosiga nisbatan kup pul chikarish dеgan ma'noni anglatadi
Oxirgi yillarda inflyatsiya tеz-tеz uchrab turadigan jarayon bulib sifati ham
uzgarib bormokda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya:
birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan pul muomalasi
konunining buzilishi natijasida umumxujalik mеxanizmining ishdan chikishiga
olib kеladi
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalk xujaligining turli sohalari urtasida
vujudga kеlgan nomutanosiblikdir. Bu avvalam bor jamgarma va istе'mol
urtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromaddari va xarajatlari urtasidagi
muomaladagi pul massasi va
xujaliklarning nakd pulga bulgan
talabi
urtasidagi
nomutannosibliklardan iboratdir.
Inflyatsiyani yuzaga kеltiruvchi
omillarga
karab
uning
sabablarini
ichki
va
tashki
sabablarga
bulish
mumkin.
Inflyatsiyaning ichki omillari
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasini o`rganish va keng
jamoatchilik o`rtasida targ`ib etishga bag`ishlangan ilmiy-ommabop qo`llanma
[Matn]. – Т.: «Ma`naviyat», 2019. –
312 bet
5
monеtar-pul siyosati bilan va xujalkk faoliyati bilan boglik turlariga bulinadi.
Inflyatsiyaning tashki omillariga jahon iktisodida bulgan krizislar, (xom-ashyo,
yokilgi, valyuta buyicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshka davlatlar
bilan tashki iktisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaqiralari bilan buladigan
nokonuniy opеratsiyalar va boshkalar bulishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |