105
4.
Avtomobil yollarini qurish va ta’mirlash ishlarining tannarxini pasaytirishning
asosiy yonalishlarini aytib bering.
Mavzu-8. Yol xojaligini moliyalashtirish va kreditlash.
Reja:
8.1. Avtomobil yollarini qurish, ta’mirlash va yaroqli holda tutishni
moliyalashtirishning vazifalari va tashkillashtirish.
8.2. Moliyalashtirishni rasmiylashtirish tartibi.
8.3. Yol tashkilotlarini kreditlash.
Asosiy iboralar va tushunchalar:
Pul muomalalari, moliyaviy resurslar, banklar,
S+B, kreditorlar,
foiz stavkalari, tolov qobiliyati, immobilizatsiya, aksent, tolov
talabnomasi, akkreditov, maxsus schyotlar, subschyotlar, qisqa muddatli
va uzoq
muddatli kreditlar, moliyaviy operatsiyalar, ragbatlantirishlar va sanksiyalar.
Korxona moliyaviy tizimining asosiy vazifasi, joriy ishlab chiqarish faoliyati,
ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning yanada osib borishi uchun zarur bolgan
moliya resurslarini tashkil toptirishdan iborat.
Korxonaning ishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, mahalliy
byudjetga va yuqori tashkilotlarni ta’minlashga ajratmalarni kozda tutuvchi, byudjet bilan
ozaro moliyaviy munosabatlari iqtisodiy normativlari orqali tartibga solinadi.
Moliya –tegishli resurslar orqali, barqaror normativlar va moliyaviy me’yorlar
asosida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalarining pul bilan ta’minlanishining
balanslanishiga imkon yaratish uchun xizmat qiladi.
Kapital qurilishni moliyalashtirishga yonaltirilgan
pul mablaglarining miqdori,
iqtisodiyotning erishilgan rivojlanish darajasi va uning yanada osishi uchun kapital
mablaglar sarfining ahamiyatiga kora aniqlanadi.
Kapital mablaglarning moliyalashtirish manbaalari quyidagilardan iborat: Davlat
byudjetdan ajratiladigan mablaglar, amortizatsiya ajratmalari, korxona oladigan
foydaning
bir qismi, bank krediti, asosiy fondlarni qayta tiklash uchun maxsus
yonaltiriladigan jamoa xojaliklari va kooperativ tashkilotlarning ozlarining mablaglari,
hamda ichki rezervlarni safarbar etish hisobiga ajratiladigan mablaglar.
106
Undan tashqari yol qurilishini moliyalashtirishga quyidagi qoshimcha manbaalar
ham jalb etiladi: avtotransport korxonalarining yuklarining tashishdan oladigan
daromadlaridan 2 %
li ajratma; hukumat qabul qilgan qarorlarga asosan ajratiladigan
mablaglar.
+oidaga
kora
loyiha
smeta
hujjatlari
bilan
ta’minlangan
ishlar
moliyalashtirilmaydi. Kapital qurilish rejasiga kiritilmagan ob’ektlarga xarajat qilish
taqiqlanadi. Тexnologik uskunalarni yetkazib berishga shartnomalar tuzishga bu
maqsadlar uchun kapital mablaglarni moliyalashtirish rejasida va smetalarda kozda
tutilgan mablaglar miqyosida ruxsat etiladi.
Buyurtmachi tashkilotlar va pudratchilar ortasidagi ozaro munosabatlarni tartibga
soluvchi asosiy hujjat bolib pudrat shartnomasi xizmat qiladi.
Bank tomonidan qabul qilingan pudrat shartnomasi bolmaganda
ishlarni bajarish
qat’iyan man etiladi. Bunday holatlarda pudratchi tashkilot tomonidan qilingan xarajatlar
(tolanmaydi) qoplanmaydi. Buyurtmachining bu ishlarni moliyalashtirishga moljallangan
mablaglari boshqa ehtiyojlarga yonaltiriladi.
Bajarilgan ishlar uchun tolovlar buyurmachi tomonidan har oyda tugallangan
texnologik bosqich ishlab chiqarish va ishlar kompleksining qiymatiga muvofiq ravishda
amalga oshiriladi. Тolovlarning umumiy summasi ob’ekt boyicha ishlar smeta
qiymatining 95 % atrofida bolishi kerak. Тoliq hisob - kitob davlat qabul komissiyasining
dalolatnomasi tasdiqlanib, ob’ekt ishga tushirilgandan song amalga oshiriladi.
+qurilish dasturi bajarilishi uchun ma’suliyatni oshirish maqsadida pudrat
shartnomasidagi ishlar hajmini yillar boyicha taqsimlanish jadvali ilova qilinadi. Undan
tashqari, har yili titul royxatiga muvofiq ravishda ishlar hajmi va turlari kvartal boyicha
taqsimlangan yillik topshiriq tuziladi.
Ishlarni bajarishning kvartal rejasi bajarilmay qolgan holatlarda (yil boshidan osib
boruvchi jami hajmi),
shu davrda bajarilgan ishlarga, jadvaldan orqada qolish
tugatilmaguncha, buyurtmachi haq tolamaydi va bajarilgan pudrat ishlari hisobotiga bu
ishlar kiritilmaydi.
Bunday holatlarda qurilish tashkiloti tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini
qoplash uchun zarur bolgan vaqtinchalik ehtiyoj tufayli, yol qoyilgan orqada qolishni
tugatish majburiyatini
taqdim etgan holda, kredit olish uchun bankka murojaat qilishga
majbur boladi.
107
Kvartal rejasi buyurtmachining aybi bilan bajarilmay qolsa (texnik hujjatlar,
uskunalar, materiallar oz vaqtida yetkazib berilmasa), buyurtmachi pudratchining barcha
xarajatlarini, bank krediti uchun foiz tolovlari bilan qoshib kompensatsiya qiladi.
Ob’ektning ishga tushirilish muddati izdan chiqqan holatlarda shartnoma tuzuvchi
har ikkala tomon birdek mulkiy javobgar boladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: