Somatoskopiya
Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va kórsatkich barmoqlar bilan teri
yuqoriga tortib qóyib yuboriladi.
Muskullar. Muskullarni ushlab kórib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish
mumkin.
Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab kórib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak.
Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bóladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar,
tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga tóg‘ri kelmaydi. X-
shaklida tizza ichkariga bukilgan bóladi.
Kókrak qafasi shakli. Uch xil kókrak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-silindrik, 3-yassi.
Konussimon kókrak qafasi muskullari rivojlangan odamda bóladi. Yassi kókrak qafasi
muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik kókrak qafasi normal
xisoblanadi.
6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, kókrak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi,
qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bóladi.
Normal qaddi-qomatda bosh tóg‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal
egriliklarga ega, kókrak qafasi silindr yoki konus shaklida bóladi.
FIZIOMETRIYA
Yelka oldi muskullari kuchini ólchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi.Dinamometr
oldin óng qólga olinib bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,sóng chap qól bilan xam bor kuch
bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 2-jadval bilan solishtiriladi.
2.Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash.
Ishdan maqsad: ópkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va ópkaning
tiriklik sig‘imini ólchash usulini órganishdan iborat.
Odam normal nafas olganda, ópkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga
chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml.
havo olish mumkin. Bu qóshimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan
keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur
nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda ópkaga kirgan havo miqdori ópkaning tiriklik
sig‘imi deyiladi.
Ópkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qóshimcha va rezerv havo yig‘indisi
(500+1500+1500)dan iborat bólib, u órtacha 3500 ml. ga teng. Ópkaning tiriklik sig‘imi
kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab ózgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas
chiqarilmasin, ópkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi ópkada
qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bóladi.
Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita
silindrdan tuzilgan bólib, uning kattasiga suv tóldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga
kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk
tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining órtasiga temir naycha
órnatilgan bólib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz kótarilib turadi, ikkinchi uchi esa
silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha
orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga kótariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan
raqamlardan bilish mumkin.
Ishni bajarish tartibi. Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun spirometr strelkasini nolga
tóg‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina
naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha
marta takrorlab, ópkadan chiqarilgan havoning órtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6
marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni kórsatsa, u vaqtda órtacha nafas chiqarish
havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bóladi.
Qóshimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga kótarib, uning strelkasi
málum raqamga tóg‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr
naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga
tushib, málum bir raqam róparasida tóxtaydi. Shu yól bilan ópkaga qancha qóshimcha havo
kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan
keyin 1500 ml ni kórsatsa, bu vaqtda ópkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng
bóladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qóyib, oddiy nafas havosi
tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas
chiqariladi. Bu vaqtda strelka kórsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qóshimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, ópkaning tiriklik sig‘imi
topiladi.
Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas
chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi tóxtagan joydagi raqam ópkaning tiriklik sig‘imini
ifodalaydi.
Ópkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, sóngra
málum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta
ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi ópkaga ótadi, shu
vodorod miqdori ópkadagi qoldiq havo miqdorini kórsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod
bólsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi ózgarmaydi, chunki qancha
vodorod olinsa, shuncha havo ópkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning
tarkibi ózgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va ópkadan kirgan 1000 ml havo bólsa, u vaqtda
1000 ml vodorodga 330 ml ópka havosi tóg‘ri keladi. Bunday vaqtda ópkaga ótgan 1000 ml
vodorodga 330 ml havo tóg‘ri keladi. Shunday qilib, ópkadagi qoldiq havo miqdori:
1000+330=1330 ml bóladi.
YEMK ÓTS
Bóy
Bosh aylanasi
Vazn Kókrak qafasi
aylanasi
YEMK
Yog‘
qatlami
Kókrak qafasi Tashqi qoplam
shakli Qaddi-qomat
A N T R O P O M YE T R I YA
S O M A T O M YE T R I YA
F I Z I O M YE T R I YA
S O M A T O S K O P I YA
Mushaklarning
rivojlanganligi
Yassioyoqlik
Oyoqlar shakli
Suyaklarning rivojlanganligi
1 jadval 1 – 7 yoshdagi bolalarning órtacha kórsatkichlari
Bolalar yoshi
Bóyi sm
Og‘irligi
(g) vazni
Qizlar
Óg‘il bolalar
Qizlar
Óg‘il bolalar
1 – yosh
72 – 77
73 – 79
9,1 – 10,3
10,0 – 11,5
2 – yosh
82 – 90
85 – 92
11,7 – 14,1
12,4 – 13,7
3 – yosh
91 – 99
92 – 99
13,1 – 16,7
13,7 – 16,1
4 – yosh
95 – 106
98 – 107
14,4 – 17,9
15,5 – 18,9
5 – yosh
104 – 114
105 – 116
16,5 – 20,4
17,4 – 22,1
6 – yosh
111 – 121
111 – 121
19,0 – 23,5
19,7 – 24,1
7 – yosh
118 – 129
118 – 129
21,5 – 27,5
21,6 – 27,9
2-jadval. Yelka muskullarining kuchi
Yosh
Óng qól
Chap qól
Óg‘il
Qiz
Óg‘il
Qiz
6
9.2
8.4
8.5
7.7
7
10.7
9.9
10.1
9.2
8
13.4
11.2
11.7
10.5
9
14.3
13.8
13.5
12
10
16.5
14.6
15.6
13.7
11
18.8
16.5
17.7
15.5
12
21.2
18.9
19.7
17.8
13
24.4
21.8
22.5
20.4
14
28.4
24.8
20.2
22.9
15
23.4
27
30.9
24.9
Kattalar
49.3
29.7
45
27.7
Do'stlaringiz bilan baham: |