1 – amaliy mash ǵ ulot mavzu: Óquvshilarda jismoniy rivojlanishni gigiyenik baholash. Orqa miya reflekslarini órganish. Faol diqqat, ixtiyoriy harakat tezligini, aqliy ishchanlik qobiliyatini aniqlash



Download 489,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana25.06.2022
Hajmi489,75 Kb.
#701898
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy (2)

Somatoskopiya 
Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va kórsatkich barmoqlar bilan teri 
yuqoriga tortib qóyib yuboriladi. 
Muskullar. Muskullarni ushlab kórib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish 
mumkin. 
Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab kórib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak. 


Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bóladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, 
tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga tóg‘ri kelmaydi. X- 
shaklida tizza ichkariga bukilgan bóladi. 
Kókrak qafasi shakli. Uch xil kókrak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-silindrik, 3-yassi.
Konussimon kókrak qafasi muskullari rivojlangan odamda bóladi. Yassi kókrak qafasi 
muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik kókrak qafasi normal 
xisoblanadi. 
6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, kókrak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, 
qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bóladi. 
Normal qaddi-qomatda bosh tóg‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal 
egriliklarga ega, kókrak qafasi silindr yoki konus shaklida bóladi. 
FIZIOMETRIYA 
Yelka oldi muskullari kuchini ólchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi.Dinamometr 
oldin óng qólga olinib bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,sóng chap qól bilan xam bor kuch 
bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 2-jadval bilan solishtiriladi. 
2.Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash. 
Ishdan maqsad: ópkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va ópkaning 
tiriklik sig‘imini ólchash usulini órganishdan iborat. 
Odam normal nafas olganda, ópkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga 
chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml. 
havo olish mumkin. Bu qóshimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan 
keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur 
nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda ópkaga kirgan havo miqdori ópkaning tiriklik 
sig‘imi deyiladi. 
Ópkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qóshimcha va rezerv havo yig‘indisi 
(500+1500+1500)dan iborat bólib, u órtacha 3500 ml. ga teng. Ópkaning tiriklik sig‘imi 
kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab ózgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas 
chiqarilmasin, ópkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi ópkada 
qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bóladi. 
Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita 
silindrdan tuzilgan bólib, uning kattasiga suv tóldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga 
kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk 
tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining órtasiga temir naycha 
órnatilgan bólib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz kótarilib turadi, ikkinchi uchi esa 
silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha 
orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga kótariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan 
raqamlardan bilish mumkin. 
Ishni bajarish tartibi. Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun spirometr strelkasini nolga 
tóg‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina 


naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha 
marta takrorlab, ópkadan chiqarilgan havoning órtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 
marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni kórsatsa, u vaqtda órtacha nafas chiqarish 
havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bóladi. 
Qóshimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga kótarib, uning strelkasi 
málum raqamga tóg‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr 
naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga 
tushib, málum bir raqam róparasida tóxtaydi. Shu yól bilan ópkaga qancha qóshimcha havo 
kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan 
keyin 1500 ml ni kórsatsa, bu vaqtda ópkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng 
bóladi. 
Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qóyib, oddiy nafas havosi 
tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas 
chiqariladi. Bu vaqtda strelka kórsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qóshimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, ópkaning tiriklik sig‘imi 
topiladi. 
Ópkaning tiriklik sig‘imini ólchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas 
chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi tóxtagan joydagi raqam ópkaning tiriklik sig‘imini 
ifodalaydi. 
Ópkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, sóngra 
málum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta 
ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi ópkaga ótadi, shu 
vodorod miqdori ópkadagi qoldiq havo miqdorini kórsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod 
bólsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi ózgarmaydi, chunki qancha 
vodorod olinsa, shuncha havo ópkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning 
tarkibi ózgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va ópkadan kirgan 1000 ml havo bólsa, u vaqtda 
1000 ml vodorodga 330 ml ópka havosi tóg‘ri keladi. Bunday vaqtda ópkaga ótgan 1000 ml 
vodorodga 330 ml havo tóg‘ri keladi. Shunday qilib, ópkadagi qoldiq havo miqdori: 
1000+330=1330 ml bóladi.


YEMK ÓTS 
Bóy 
Bosh aylanasi
Vazn Kókrak qafasi
aylanasi 
YEMK 
Yog‘ 
qatlami
Kókrak qafasi Tashqi qoplam
shakli Qaddi-qomat
A N T R O P O M YE T R I YA 
S O M A T O M YE T R I YA 
F I Z I O M YE T R I YA 
S O M A T O S K O P I YA


Mushaklarning
rivojlanganligi
Yassioyoqlik
Oyoqlar shakli
Suyaklarning rivojlanganligi 
1 jadval 1 – 7 yoshdagi bolalarning órtacha kórsatkichlari 
Bolalar yoshi 
Bóyi sm 
Og‘irligi 
(g) vazni 
Qizlar 
Óg‘il bolalar 
Qizlar 
Óg‘il bolalar 
1 – yosh 
72 – 77 
73 – 79 
9,1 – 10,3 
10,0 – 11,5 
2 – yosh 
82 – 90 
85 – 92 
11,7 – 14,1 
12,4 – 13,7 
3 – yosh 
91 – 99 
92 – 99 
13,1 – 16,7 
13,7 – 16,1 
4 – yosh 
95 – 106 
98 – 107 
14,4 – 17,9 
15,5 – 18,9 
5 – yosh 
104 – 114 
105 – 116 
16,5 – 20,4 
17,4 – 22,1 
6 – yosh 
111 – 121 
111 – 121 
19,0 – 23,5 
19,7 – 24,1 
7 – yosh 
118 – 129 
118 – 129 
21,5 – 27,5 
21,6 – 27,9 
2-jadval. Yelka muskullarining kuchi 
Yosh 
Óng qól 
Chap qól 
Óg‘il 
Qiz 
Óg‘il 
Qiz 

9.2 
8.4 
8.5 
7.7 

10.7 
9.9 
10.1 
9.2 

13.4 
11.2 
11.7 
10.5 

14.3 
13.8 
13.5 
12 
10 
16.5 
14.6 
15.6 
13.7 
11 
18.8 
16.5 
17.7 
15.5 
12 
21.2 
18.9 
19.7 
17.8 


13 
24.4 
21.8 
22.5 
20.4 
14 
28.4 
24.8 
20.2 
22.9 
15 
23.4 
27 
30.9 
24.9 
Kattalar 
49.3 
29.7 
45 
27.7 

Download 489,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish