cheklaydi, ikkinchisida iqtisodiyotning ko'plab sohalarida o'z faoliyatini rivojlantirishga ta'sir
qiladi.
Blokcheynda moliyaviy hizmatlar sektori
Аvvalambor, dastur xususiyatlari toʼgʼrisida gapirishdan oldin blokcheyn tushunchasi
haqida toʼxtalsak.
Blokcheyn
— texnologiyasi foydalanuvchilarga vositachisiz
bir-biriga aktivlarini
ishonchli tarzda uzatish imkonini yaratadi. Blokcheynda pul koʼchirmalari haqidagi yozuvlar
xotirada saqlanadi. Kriptovalyutalarda aynan blokcheyndan kim,
kimga va qancha virtual pul
oʼtkazganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Shuningdek,
blokcheynda boshqa aktivlarni ham saqlash imkoniyati mavjud. Umuman olganda,
nimani
qogʼozda yozishning imkoni boʼlsa, xuddi shu funksiyani blokcheynda ham amalga oshirish
mumkin boʼladi, faqat birgina farq – blockcheynda yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning
imkoni yoʼq.
Blockcheyn gʼoyasining yorqin namunasi - bu
Ethereum
texnologiyasi bo’lib, platforma
blockcheynda ilovalar yaratish uchun moʼljallangan.
Efir
(Ethereum) - bu blokcheyn asosida
qurilgan Bitkoin singari raqamli valyuta bo'lib, unda pul operatsiyalari to'g'risidagi ma'lumotlar
yozib qo'yiladi. Ko'pincha, efir bitkoinga raqobatchi sifatida qaraladi, ammo uning farqli jihatlari
ko’p. Ethereum texnologiyasi noyob imkoniyatga ega. Bu sizga har
qanday aktivlar bilan har
qanday operatsiyalarni an'anaviy huquqiy jarayonlarga murojaat qilmasdan blokcheyn turidagi
shartnomalarning taqsimlangan bazasi asosida ro'yxatdan o'tkazishga imkon beradi. Bu
“aqlli
shartnoma”
deb nomlanuvchi texnologiya sanaladi.
Dastur asosiy darajadagi Ethereum blokcheynining erkin ommalashgan Geth mijoziga
qoʼshimcha hisoblanadi. Dastur arxitekturasi mikroservislar deb nomlangan zaif bogʼlangan
modullar
prinsipiga asoslanadi, ularning har biri oʼz mantiqiy va servislararo aloqalar uchun
interfeyslarga ega. Xizmatlar blokcheyn bilan oʼzi ishlab chiqqan maxsus smart shartnomalar
orqali oʼzaro aloqa qiladi. Dastur blokcheynga tranzaksiyalarni yozish tezligini 1000
martaga
oshirish, blokcheyn tarmoqlarini boshqarish uchun qulay interfeysni taʼminlash uchun ishlab
chiqilgan. Dastur yangi modullarni, smart shartnomalarni va yordamchi mantiqlarni qoʼshish
orqali kengaymoqda va shu bilan blokcheyn dasturlarining ekotizimini shakllantirmoqda.
Platformaning asosiy mikroservislari quyidagilardan:
avtorizatsiya qilish, P2P-VPN
yashirin tunnel tarmogʼi, tizim konfiguratsiyasini boshqarish, hisob-kitob holati monitoringi,
boshqaruv va
foydalanuvchilarni boshqarish, tashqi IM integratsiya interfeysi, Internet/intranet
shlyuzdan iborat.
Dastur muallifi
Do'stlaringiz bilan baham: