9
Bu yerda kompyuter grafikasining eng muhim rivojlanish bosqichlari yoritib o’tilgan.
Kompyuter grafikasi turlari va ularning imkoniyatlari
Kompyuter grafikasi ma'lumotlarni kompyuterda grafik holda tasvirlashning
eng qulay vositasidir. Uning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin: tijoratga oid,
namoyishlarga oid, muxandislikka oid , ilmiy, ko'rgazmaviy , animatsion.
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar
EHM ekranida grafik
shaklida, gistogramma, diagramma va hoxlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi
mumkin, kerakli grafiklar matn izoxlari va ma'lum joylarda belgili izoxlar bilan
ta'minlanadi. Tijorat grafikasiga tegishli bo'lgan amaliy
dasturlar paketi tasvirni
ekranda tezda va kerakli servislar bilan ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining
asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o'zgarishlarni tezda
muhokama qilib, tegishli o'zgartirishlar kiritishdan iborat.
Tasvirni yaqqolligini
yanada oshirish uchun ushbu paketlarga tasvirni ekranda bir necha xil grafika shaklida
tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o'z navbatida tasvirlarni ekranda birgalikda
ko'rib, muloxazalash imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarni eng ahamiyatli tomoni
shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni
analiz qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik
analiz
usullari, shu jumladan statistik analiz, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy
jarayonlar bashorati
kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to'plamini analiz
qilish imkonini beradi.
Hamoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashina tasvirini
hosil qilib uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa -
yuqori sifatli va chiroyli ko'rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Shu tipdagi
grafikalarni eng afzal tomoni shundaki, bunday tasvirlarni to'plami va ko'rinishini tezda
o'zgartirish mumkin.
Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, proektlash
va konstruktorlik
ishlarini avtomatlashtirishda keng qo'llaniladi. Injenerlik grafikasi analiz, sintez,
10
modellashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish
va shu kabi proektlashni
avtomatlashtirish ishlarini hamma bosqichlarini o'z ichiga oladi.
Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik
va boshqa japayonlarni tadqiq qilishda qo'llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy
maqsadi ilmiy izlanishlarda hocil bo'ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko'zga
ko'rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo'nalish atom energiyasi manbalarini
tadqiq qilishda, kosmonavtika va samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada -
xullas qampovi katta bo'lgan, tez kechadigan jarayonlarni o'rganishda juda qo'l keladi.
Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini
kerakli shaklda diagrammalar, kartalar,
jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashda keng qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: