63
Shprisda tortib olinadigan shira sarg‘ish rangga bo‘yalgan bo‘lsa,
me’dada erkin xlorid kislota yo‘q va uning bezlari xlorid kislota
bilan menoin chiqarish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan. Bu sinamani
chap axiliyani funksional axiliyadan ajratish uchun qo‘yiladi.
Gistamin me’da shirasi sekretsiyasini qo‘zg‘aydigan kuchli
stimulator. Gistamin teri ostiga yuborilgach, pepsin va xlorid kislota
ajralib chiqmasa, me’da shilliq pardasining atrofiyasi haqida o‘ylash
kerak. Me’da saratoni, Addison-Birmer anemiyasi kabi kasalliklarda
me’da shilliq pardasining atrofiyasi kuzatiladi.
Bemor nahorda keladi. Unga zond yuttiriladi. (Zond yuborish
texnikasi yuqorida yozilgan.) Nahordagi me’da shirasi shpris orqali
tortib olinadi. Alohida probirkaga solinadi. So‘ng
sinov no-
nushtalaridan biri shpris orqali yuboriladi, zondning tashqi uchi
boylanadi yoki Mor qisqichi bilan berkitiladi. 15 daqiqa o‘tgach
shira olinadi va har 15 daqiqada 8 marta alohida probirkalarga olinadi,
alohida-alohida tekshiriladi. So‘ng zond ehtiyotlik bilan olinib,
bemorga ruxsat beriladi. Yo‘g‘on zond bilan ham, ingichka zond
bilan ham shira olinganda shirani fizikaviy, kimyoviy va mikroskopik
tekshiriladi. Mikroskopik tekshirishda me’da suyuqligining miqdori,
turi, hidi, aralashmalari reaksiyasi va hazm qobiliyati tekshiriladi.
M i q d o r i . Nahorda me’daga zond kiritilib, 20–30 ml suyuqlik
olish mumkin bo‘lsa, sinov nonushtasidan keyin 40–70 ml gacha
suyuqlik olinadi.
K o n s i s t e n s i y a s i. Boas-Evald nonushtasidan keyin olingan
me’da suyuqligi odatda 2–3 qavatga bo‘linadi. Yuqori qavati shilimshiq
va ovqat qoldiqlari, o‘rta qavati picha loyqa suyuqlik, pastki qavati
zich cho‘kmadan iborat. Suyultirilgan manniy bo‘tqasiga o‘xshab
ketuvchi mayda donali cho‘kma zo‘r berib shira ajralganda va normada
kuzatiladi, yaxshi hazm bo‘lmagan yirik ovqat parchalari esa me’da
sekretsiyasi susayganda ko‘proq uchraydi. Me’da suyuqligi qavatlarga
mutlaqo bo‘linmagan bo‘lsa, bu sekretsiya
yetarli emasligini
ko‘rsatadi, me’da suyuqligi yaxshi chaynalmay shilimshiq aralashib
ketgan nonga o‘xshaydi. Suyuq va quyuq qism nisbati 1:2 bo‘ladi.
H i d i . Normada achimsiq, turib qolganda esa o‘tkir bo‘ladi.
Uchuvchan kislotalar bo‘lganda esa, me’da suyuqligidan sirka va
taxir moy hidi keladi, shilimshiq aralashgan bo‘lsa,
chuchmal
sassiq hid anqib turadi. Uremiyada ammiak hidi keladi.
Rang i . Normada oqimtir, tovlanuvchan o‘t suyuqligi aralashgan
bo‘lsa – yashil, qon aralashgan bo‘lsa qizil, qo‘ng‘irrang bo‘ladi.
64
S h i l i m s h i q . Suyuqlik tarkibiga burun-halqum yo‘lidan
aralashib kelgan bo‘lishi mumkin, bunda shilimshiq suyuqlik yuzida
suzib yuradi. Ovqatga aralashgan yopishqoq, cho‘ziluvchan
shilimshiq me’da yallig‘langanidan darak beradi.
R e a k s i y a s i . Normada kislotali.
Buni kimyoviy usullarda
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: