Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


A. Siydikning solishtirma og‘irligini aniqlash



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

A. Siydikning solishtirma og‘irligini aniqlash. Siydikning
solishtirma og‘irligi buyraklarning siydikni konsentrlay olish yoki
suyultira olish xossasini ko‘rsatadigan mezondir. Siydik tahlillari


31
natijalarini klinik jihatdan izohlash uchun solishtirma og‘irlik
ko‘rsatgichi deyarli hamisha zarur bo‘ladi.
Siydikning solishtirma og‘irligini o‘lchashning umuman rasm
bo‘lgan usullarida, odatda, quyidagilardan foydalaniladi:
— urometr;
refraktometr;
— maxsus reaktivli test-tilimchalar.
Quyida siydikning solishtirma og‘irligini refraktometr yordamida
aniqlashdek arzon va ishonchli usul bayon etiladi.
B. Siydik reaksiyasini (pH) aniqlash. pH ko‘rsatgichi
organizmdagi kislota-ishqor muvozanatini ta’riflab beradi. pH
darajasi 0 dan 14 gacha o‘zgarishi mumkin. Siydikdagi pH ni
aniqlash kristallar tabiatini bilib olishga yordam beradi. Silindrlar
faqat kislotali muhitda shakllanishini ham unutmaslik kerak.
Siydikdagi pH ni aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish
mumkin: indikatorli qog‘oz (lakmus qog‘ozi), test-tilimchalar (pH
5,0–8,5), pH-metr.
pH ni aniqlashning eski usullaridan, masalan, metilen ko‘kidan
foydalaniladigan usullardan imkoni boricha voz kechib, ularning
o‘rniga zamonaviy usullarni qo‘llash kerak. Quyida indikatorli
qog‘ozdan foydalanib o‘tkaziladigan test bayon etiladi.
D. Oqsilni aniqlash. Plazma oqsillaridan ko‘pchiligining
molekulalari haddan tashqari yirik bo‘lib, buyrak koptokchalari
membranasidan o‘ta olmaydi. Shu membrana orqali o‘tadigan mayda
molekulalar normada qayta so‘rilib ketadi. Normal siydikda faqat
oqsil yuqlari (24 soat davomida 0,15 g dan kam) bo‘lishi mumkin,
shunga ko‘ra oqsilni tekshirish uchun qo‘yiladigan standart
sinamalar bunday miqdorlarni aniqlab bera olmaydi. Proteinuriya,
ya’ni siydikda normadan ko‘proq miqdorda oqsil bo‘lishi, buyrak
kasalliklaridan darak beradigan muhim ko‘rsatkichdir. Oqsilni
quyidagi usullar yordamida aniqlanadi:
— qaynatish yo‘li bilan qo‘yiladigan sinama;
— oqsilga ta’sir qiladigan reaktivli test-tilimchalar;
— sulfosalitsil kislotasi bilan o‘tkaziladigan sinama.
Siydikni qaynatish yo‘li bilan qo‘yiladigan sinamadan
foydalanish tavsiya etilmaydi, chunki bu ancha xavfli. Imkoni bo‘lsa,
siydikni qaynatish usuli o‘rniga bexatar usullardan foydalangan
ma’qul.


32
Oqsilga ta’sir qiladigan reaktivli test-tilimchalar oqsil, asosan,
albuminni yarimmiqdoriy tahlil qilish uchun ishlatiladi. Bu test
juda sezgir, shunga ko‘ra 0,1 g/l (10 mg %) gacha miqdordagi
oqsilni aniqlashga imkon beradi. Agar imkoniyat bo‘lsa, an’anaviy
sulfosalitsil sinamasi o‘rniga test-tilimchalardan foydalanish tavsiya
etiladi. Sulfosalitsil kislotasi bilan qo‘yiladigan sinama oqsilni
(asosan, albuminni) sulfosalitsil kislotasi bilan cho‘ktirish reak-
siyasiga asoslangan sifat tahlilidir.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish