Tovar-moddiy zahiralar hisobi reja tovar-moddiy zahiralar hisobini tashkil etish


Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi



Download 471,95 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana24.06.2022
Hajmi471,95 Kb.
#699820
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
13-14 мавзу маъруза

 
6. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi 
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish sof qiymatini 
tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti 
bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash o‘tkaziladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash 19-son O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya 
hisobi milliy standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” bilan belgilangan tartibda 
o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya o’tkazilishi tartibiga ko’ra, rejali va rejasiz bo’lishi mumkin. 
Nazorat 
organining 
nazorat-taftish 
ishlari rejasiga asosan o’tkaziladigan 
inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi korxonalar va 
xo’jaliklararo tashkilotlar taftish komisiyalari ish faoliyatida keng tarqalgan bo’lib, ko’p 
hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilarning tekshirish o’tkazish rejalariga ham kiritiladi. 
Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob tizimida muhim o’rin tutadi. Maxsus qarorga ko’ra, 
har bir xo’jalik mablag’lari va moddiy boyliklari turi bo’yicha ma’lum bir vaqt ichida 
inventarizatsiya o’tkazib turilishi kerak. 
Korxonalarning buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’g’riligi ularning 
ishlab chiqarish zaxiralari inventarizasiya qilish bilan tasdiqlanadi. Ishlab chiqarish 
zaxiralarini inventarizasiya qilish «Inventarizasiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19 -son 
BHMS va «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMSlar bilan tartibga solinadi. 
Inventarizasiyadan ko’zlangan asosiy maqsad - ishlab chiqarish zaxiralarining natura 
va qiymat ko’rinishida amalda mavjud ekanligina aniqlashdan iborat. Inventarizasiya qilish 
natijasida boyliklarning to’g’ri saqlanishi va berilishi, tarozi va o’lchov asboblarinng, hisob 


yuritish tartibi va boshqalar tekshiriladi. 
Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart: 

Korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat korxonasini 
aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog’ida; 

Tovar-moddiy boylliklar qayta baholanganda; 

Moddiy javobgar shaxs o’zgarganida; 

Talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan 
bog’liq faktlar aniqlanganda; 

Yong’in yoki tabiiy ofatlar sodir bo’lganda; 

Korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda. 
Tekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizasiya yoppasiga yoki tanlab o’tkaziladigan, 
o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan yoki to’satdan o’tkaziladigan inventarizasiyalarga 
bo’linishi mumkin. 
Inventarlash natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun 
hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasida, shuningdek 
kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish 
imkoniyati bo‘lmagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish 
to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi. 
Ishlab chiqarish zahiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir marta moliyaviy 
hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan keyin amalga oshiriladi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadi haqiqiy 
(balans) qiymati bo’yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» schyoti; 
kredit «Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar» (1000-2900). 
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar 
baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undiriladigan 
summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo’lsa, 
daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti – aybdor shaxs 
yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy 
zaxiralarining bozor qiymatiga; 
kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» schyoti 
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga; kredit 
9320 
«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar 
shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiyzaxir larining bozor qiymati va kam 
chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o’rtasidagi farqiga. 
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar 
baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati (undirladigan summa) 
kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatidan past bo’lsa, ko’rilgan zarar 
summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti - aybdor shaxs 
yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy 
zaxiralarining bozor qiymatiga; 
debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schyoti - aybdor shaxs yoki moddiy javobgar 
shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va 
kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymati o’rtasidagi farqiga; 
kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» schyoti - kam 
chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga. 
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirib olish 
imkoni bo’lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining kamomadidan ko’rilgan 
zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet 9430 «Boshqa operasion xarajatlar» schyoti; 


kredit 5910 «Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar» schyoti. 
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-moddiy 
zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o’xshash tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati 
bo’yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet «Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar»; 
kredit 9390 «Boshqa operasion daromadlar» schyoti. 
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning undirib olinishi 
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: 
debet «Pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar» (5000, 5200, 5600,5700) yoki 
«Mehnat haqi bo’yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar» (6700), yoki boshqa 
aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar; 
kredit 4730 «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi» 

Download 471,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish