Jami summasi
Topshirdi
Qabul qildi
Rahbar
Bosh buxgalter
HISOBVARAQ - FAKTURA
№ « » 201 yil
№ tovar-yuklash hujjatlari uchun «__» ______ ____ yil
Etkazib beruvchi: __________________________
Manzil: ___________________________________
Telefon: __________________________________
H/r: ______________________________________
Bank _____________________________________
Bank kodi _________________________________
STIR: __________________________________
XXTUT bo‘yicha kod: _______________________
Xaridor: ____________________________
Manzil: ____________________________________
Telefon: ___________________________________
H/r: ________________________________________
Bank _______________________________________
Bank kodi __________________________________
STIR: _____________________________________
XXTUT bo‘yicha kod: _________________________
Tovar
(ish,
xizmat)lar
nomi
O‘lchov
birligi
Miqdori
Narxi
Etkazib
berish
qiymati
Aktsiz solig‘i
QQS
Etkazib
berishning
QQS
hisobga
olingan
qiymati
Stavkasi
Summasi
Stavkasi
Summasi
1
2
3
4
5
6
7
6
7
8
Jami to‘lashga:
Rahbar ________________________
Bosh buxgalter ________________
M. O‘.
Tovarni berdim ______________________
(etkazib beruvchining mas’ul shaxsi imzosi)
Oldim _____________________________
(xaridor vakilning imzosi)
201___ yil "___"________________ dagi
____
-
sonli ishonchnoma bo‘yicha
____________________________________
(tovar oluvchining F.I.Sh.)
4. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
Materiallar ichida o‘ziga xos xusisiyatlarga ega bo‘lgan inventar va xo‘jalik anjomlari
to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Mol-mulk inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga kiritilishi
uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
-
xizmat muddati bir yildan oshmagan;
-
xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida
belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda qiymatga
ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida
hisobga olish uchun buyumlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga
qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin
tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar
(nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy
hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar
bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish
paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq
bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarining
qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni
kamaytirish, ya’ni ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali
amalga oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda
hisobdan chiqarish;
b) teng me’yorli tarzda.
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda
hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida
ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan va inventar
hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali
ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning
taxmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik anjomlarining
tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatish muddatini hisobga
olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan
chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli
tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibiga
quyidagilar kiritiladi:
-
maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy
ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli asbob
va moslamalar);
-
maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
-
ko‘rpa-to‘shaklar;
-
yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va
hokazolar);
-
oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
-
barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik
(titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
-
foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar;
-
ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq holda inventar,
asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga
ega. Topshirish paytida inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish
yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya hisobida inventar va
xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar summasi
(haqiqiy tannarx bo‘yicha) xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi
yozuvlar amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: