BURUNNIG HID BILISH FAOLIYATINI TEKSHIRISH USULI.
Barcha burunning hid bilish faoliyatini tekshirish usullari miqdoriy va sifatiy
tekshirish usullariga bo’linadi. Hid bilishni sifatiy tekshirish usullari (odorimetri-
ya) bilan har xil hidlarni ajrata olish va qabul qilishni ajratish mumkin. Miqdoriy
usullar bilan hid bilish bo’sag’asi, adaptatsiya va hid bilishni tiklanishi vaqtini
aniqlash mumkin.
Hid bilishni sifatiy tekshirish usullaridan biri bo’lib- hidli moddalar bilan
tekshirishdir. Bu moddalar har xil reseptorlarni qitiqlash Xususiyatiga ega.
Reseptorlar 3 guruhga bo’linadi. 1) sof olfaktor; 2) olfaktotrigeminal;
3)olfaktoglossofarengial
Sof olfaktor reseptorlarni qitiqlovchi moddalarga: oddiy valerianka nasto-
ykasi, atshchiq bodom suvi, dolchin, vanil, yanchilgan kofe, duxi (atir), naftalin va
boshqalar.
Olfaktotrigeminal reseptorlarni qitiqlovchi moddalarga: 2% li ammiak erit-
masi, qizil qalampir, aseton, etil spirit
Olfaktoglossofarengial reseptorlarni qitiqlovchi moddalarga: 5-7 % li sirka,
yodoform, xloroform.
Har bir modda 3 ml li birxil flakonlarga joylangan bo’ladi, usti qopqoq bilan
berkitilgan bo’ladi. Tekshirish har bir burunda ketma-ket olib boriladi, ikkinchi bu-
run esa burun to’sig’iga bosib turiladi. Bemorga burun kattaklariga 1 sm
uzoqlikdan flakon ochib birin-ketin hidlantiriladi. Bunda har bir flakonning og’zi
kaft bilan yopib turiladi, tana haroratigatsha isitiladi hamda bemorning ko’ziga
ko’rsatilmay hidlantiradi. Bemordan burun orqali nafas olish buyuriladi, bemor
hidli moddani bug’ini hidlaydi. Shundan so’ng bemordan hidni sezaoldimi va un-
54
dan nimani anglaganligini so’raladi. Tekshiruv o’tkazilganligidan so’ng, ikkinchi
burunni tekshirishga o’tiladi. Har xil moddalar bilan tekshirilayotganda, ular
orasida 1-2 min tanaffus bilan tekshirish amalga oshiriladi.
Hid bilishni miqdoriy tekshirish olfaktometr orqali amalga oshiriladi. Bu tek-
shirishda, bemorni hidli moddalarga hid bilish bo’sag’asi aniqlanadi. Hozirda tek-
shirish uchun olfaktiv ta’sirga bo’lgan spirtli eritmalar ( rasmiy balerian nasto-
ykasi) va aralash tipdagi suvli moddalar (muzkangan sirka kislotasi) tayyor-
lanmoqda. Tayyorlanayotgan moddalarni birlikda qabul qilib, bular quyidagicha
tayyorlanadi: valerinaga- 0,8; 0,4; 0,2; 0,1; 0,05; 0,025; 0,0125; 0,0062, sirka
kislotaga- 0,8; 0,4; 0,2; 0,1; 0,05; 0,025; 0,0125; 0,0062; 0,0031. Barcha eritmalar
flakonga solinadi.
Hid bilishni tekshirishda, eng kichik konsentrasiyadan boshlanadi. Flakon b u-
run kattaklsri oldiga olib kelinib, bemorga bir marta nafas olish buyuriladi va be-
mor hidni sezganligi, eritmani nomini aytishi kerak. Agar bemor hidni sezsa- hid
bilish bo’sag’asi bo’ladi. Agar hidni aniqlay olsa- hidni aniqlay olish bo’sag’asi
bo’ladi. Normada olfaktiv moddalarga hid bilish bo’sag’asi- 0,0125, hid aniqlay
olish bo’sag’asi- 0,025 ga teng. Aralash tipdagi moddalar uchun 0,025 va 0,05 ga
teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |